Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillaridan boshlandi. Bu paytda mamlakatda parokandalik boshlangan, u o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan edi. Chag’atoy ulusining sharqiy qismi - Ettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu erda o’z hokimiyatlarini o’rnatishga harakat qildilar. Ammo Amir Temurning sarkardalik qobiliyati va qiyin vaziyatlarda to’g’ri yo’lni topa bilishi o’z samarasini berdi. Hokimiyatparast chingiziy beklarga qarshi janglar yakunida - 1370 yilning 11 aprelida u Movarounnahr amiri bo’ldi. Garchi an’anaga ko’ra chingiziylardan Suyurg’atmishxon mamlakat hukmdori deb e’lon qilingan bo’lsa-da, amalda butun hokimiyat Amir Temur qo’lida edi. U katta g’ayrat bilan mamlakat iqtisodiy va harbiy qudratini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirdi. Bu esa Temuriylar saltanatini dunyodagi eng kuchli davlatlardan biriga aylantirdi. Ulug’bek ko’p qirrali iste’dod sohibi edi. U ayniqsa adabiyot, tarix, matematika, astronomiya sohalariga qiziqqan. Uning eng buyuk ishlaridan biri - Samarqand shahrida o’ziga xos Akademiya tashkil etganidir. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olim Ulug’bek rahbarligida fanning turli sohalari bo’yicha izlanishlar olib borgan. Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad), G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Samarqandiy), Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiy, Mavlono Xavofiy kabi olimlarning aniq fanlar sohasidagi tadqiqotlari va ilmiy xulosalari salmoqli bo’lgan. Ular Xorazm Ma’mun akademiyasi an’analarini muvaffaqiyatli davom ettirganlar
|
XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi Dashti Qipchoq, Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy voqealar to’g’risida yozilgan muallifi noma’lum «Tarixi guzidai Nusratnoma» Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Boburning «Boburnoma» asarlari muxim manbalar hisoblanadi.
Temuriyzodalar o’rtasidagi o’zaro urushlar, birodarkushliklar nafaqat quyi tabaqa ahlining, balki yirik zodagonlarning ham norozliklariga sabab bo’ldi. Natijada Amir Temur asos solgan ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi. Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan shayboniylar sulolasi davrida ham markaziy hokimiyat unchalik mustahkam emas edi (bu o’rinda Abdullaxon II hukmronligi davri (1583-1598) birmuncha diqqatga sazovordir). Bu holat o’sha davr Vatanimiz hududlarining parchalanib, alohida davlatlarga bo’linib ketishi va zaiflashuvi uchun zamin yaratdi.
|
Dashti Qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Hisor (1504), Urganch (1505), Hirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg’oniston hududlarigacha cho’zilgan yerlarda markazlashgan shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlat yemirilishiga olib kelgan bo’lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo’yib mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.
Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to’xtatildi. 1510 yil Marv atroflarda bo’lgan jangda dasht qo’shinlari tor-mor etildi va Shayboniyxon halok bo’ldi. Eroniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Ko’lob, Qunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo 1512 yilda shayboniylardan bo’lgan Ubaydulla Sulton qo’shinlari G’ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini mag’lubiyatga uchratdi. Shundan so’ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Hindistonda hokimiyatini o’rnatdi. Dashti qipchoq qabilalari esa Movarounnahrda o’rnashib qoldilar.
|
1469 y. bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng , Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469 yilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada T. mulki yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi.
Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulpogʻ Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi.
Sulton [[Husayn Boyqaro idora qilgan davlat Sharqiy va Shim. Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U T.ning qariyb 40 yil hukm surgan soʻnggi yirik saltanati boʻlib, unda siyosiy vaziyat osoyishta emas edi. Xurosonda betoʻxtov davom etgan oʻzaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi.
Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora taʼsiri ortib borayotgan Dashtiqipchoklik oʻzbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga olishini hamda T. sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi.
|