"iqtisodiyot va menejment "


Navbatlar nazariyasi modeli yoki optimal xizmat ko`rsatish modeli



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Navbatlar nazariyasi modeli yoki optimal xizmat ko`rsatish modeli.
Bu 
model iste`molga nisbatan optimal xizmat ko`rsatish kanallari sonini aniqlash 
uchun qo`llaniladi. Masalan, odamlarning aviakompaniyaga samolyot uchun chipta 
buyurishi va axborot olish to`g’risidagi qo`nqiroqlari, omborda yukni tushirishni 
kutib turgan yuk mashinalari, bekatda navbat kutib turgan yo`lovchilar buning 
yorqin misolidir. Agar mijoz ko`p kutib turishiga to`g’ri kelsa, unda ular boshqa 
kompaniyaga murojaat qilishlari mumkin. Shunday qilib, printsipial muammo 
shundan iboratki, qo`shimcha xizmat qilish kanallari xarajatlarni va mijozlar 
boshqa kompaniyaga o`tib ketganda olinadigan zararlarni tenglashtirish. 
Zaxiralarni boshqarish modeli.
Bu model resurslarga buyurtmalarni 
joylashtirish vaqti va ularning miqdorini aniqlash uchun hamda ombordagi tayyor 
mahsulot hajmini optimallashtirish uchun qo`llaniladi. Har qanday tashkilot ishlab 
chiqarishni uzluksiz ta`minlashi uchun ma`lum miqdorda resurslar zaxirasini 
saqlashi kerak.
Bu modelning 
maqsadi
–jamlanib qolgan zaxiralarning xarajatlarda 


307 
ifodalanadigan salbiy oqibatlarni kamaytirish.
Bu xarajatlar uch asosiy ko`rinishda bo`ladi: Buyurtmani joylashtirish.
1.
Saqlash.
2.
Zaxiralarning yetarli bo`lmagan darajasi bilan bog’liq bo`lgan xarajatlar.
Bu muammoni yechish bo`yicha bir qancha modellar ishlab chiqilgan. 
Chiziqli dasturlashtirilgan model.
 
Bu model raqobatchilik ehtiyojlari mavjud 
bo`lgan holda taqchil resurslarni taqsimlashda optimal usulni aniqlash uchun 
qo`llaniladi. Chiziqli dasturlashtirish odatda ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklarni 
yechish uchun shtabli bo`linmalardagi mutaxasssislar tomonidan qo`llaniladi. 
Masalan, bunday modellarga optimal ishlab chiqarish assortimentini aniqlash, 
texnologik jarayonni boshqarish, zaxiralarni boshqarish, ishchilarni taqsimlash, 
transport masalalari kabilar kiradi. 
Immitatsion model.
Yuqorida ko`rsatilgan hamma modellar immitatsion 
modellar hisoblanadi, chunki ularning hammasi reallikni aks ettiradi. Shunga 
qaramasdan, modellashtirishning uslubi sifatida, 
immitatsiya 
real holatning 
o`zgarishlarini aniqlash uchun model yaratish va uni eksperimental qo`llash 
jarayonini bildiradi. Masalan, ishlab chiqarish bo`yicha mutaxassislar va 
moliyachilar, ishlab chiqarish faoliyati o`sishi, yangi texnologiya yoki ishchilar 
tarkibini o`zgartirish natijasida qo`shimcha foyda olish immitatsioн modellarini 
tuzishi mumkin. Marketing bo`yicha mutaxassis narx o`zgarishi natijasida yoki 
reklama asosida maqsulot sotish hajmining o`sishini immitatsiya qilishi mumkin. 
Iqtisodiy tahlil modeli.
Bu model xarajatlarni va iqtisodiy foydani hamda 
korxonalar faoliyati rentabelligini baholashning hamma uslublarini o`z ichiga 
oladi. Oddiy iqtisodiy model zararsizlik nuqtasini aniqlashga asoslangan, ya`ni 
umumiy daromad jami xarajatlar bilan tenglashadigan, korxona foyda olishni 
boshlaydigan nuqtani aniqlashdagi qaror qabul qilish uslubi. 
Zararsizlik nuqtasi (break-even point-BEP) shunday holatni ko`rsatadiki, unda 
umumiy daromad (total revenue - TR) umumiy xarajatlarga (total costs - TC) teng 
bo`lib qoladi. Zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulot sotiladigan narxni, bir 
birlik mahsulot o`zgaruvchan va doimiy xarajatlarini hisobga olish kerak:


308 
VC
P
TFC
BEP


Bunda: TFC - doimiy xarajatlar; 
R - mahsulot birligi narxi; 
VC - o`zgaruvchan xarajatlar. 
Narx (price - P) firma har bir birlik tovar va xizmatlarni sotishdan qanchalik 
daromad olishini ko`rsatadi. Bir birlik mahsulot o`zgaruvchan xarajatlari (variable 
cost - VC) - bu har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga to`g’ri bog’liq bo`lgan 
amaldagi xarajatlar. Jami doimiy xarajatlar (total fixed cost - TFC) bu boshqaruv 
apparatiga ketgan xarajatlar, tsex xarajatlari va h.k.z. 
Zararsizlik nuqtasini tahlil qilish firma uchun ko`proq qulay bo`lgan muqobil 
yo`llarni tanlash imkonini beradi. 
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 

tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo`linadi, omillar aniqlanadi; 

tanlab olingan omillarning o`zaro aloqasi aniqlanadi va o`zaro ta`siri baholanadi, 
vazifani hal etish modeli belgilanadi; 

tadbirlar majmui ishlab chiqiladi; 

qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo`llari aniqlanadi. 
Modellashtirishni quyidagicha ifodalash mumkin: 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish