319
Bu yerda biz uchta turdagi boshqaruv operatsiyasi
va protsedurasini ajratib
ko’rsatishimiz mumkin.
a)
qo’lda bajariluvchi, tashkiliy texnika vositasini ishlatmaydigan;
b)
mexanizatsiyalashgan;
c)
avtomatlashtirilgan, turli hisoblash texnikasi vositalari bilan bajariluvchi.
Oltinchi turkumlanish belgisi - boshqaruv operatsiyalarni bir xil vaqt bo’yicha
birlashtirish va taqsimlash. Bu yerda biz uch xil boshqaruv operatsiya va
protsedurasini ajratib ko’rsatamiz.
a)
biridan keyin biri bajariluvchi (ketma-ket);
b)
parallel (yondosh) bajariluvchi;
c)
ketma-ket yondosh bajariluvchi.
Ketma-ket turdagi boshqaruv operatsiyalari birlashmasida har bir so’nggi
operatsiya oldingisi tugagandan keyin bajariladi.
Bu kabi ketma-ket texnologiyada masalan, bosh buxgalter farmoni o’z ko’li
ostidagilarigа uzatiladi.
Parallel (yondosh) tur bir vaqning o’zida bir nechta
turdagi operatsiyalarni
boshqarish bilan tavsiflanadi. U jarayonlarni tezlashtirish maqsadida ishlatiladi.
Masalan, uchta korxona bo’limlarining zarur buxgalterlik hisoboti ustida olib
boradigan ishlari.
Ketma-ket yondosh operatsiyalarni vaqt va fazo bo’yicha qisman bajarilishini
ko’zda tutadi.
320
Keltirilgan chizmani aniq, misolda ko’rib chiqamiz; 1 - raqami, korxona
rahbari ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish masalasini joriy yilga belgilaydi.
Ushbu
masala bir necha masalalarga taqsimlanadi, ular uchta bo’limlarda bir vaqtda
bajariladi; 2-raqami, reja-iqtisod bo’limi, 4 - raqami, mehnat va maosh bo’limi, 6-
raqami, moddiy texnika ta`minoti bo’limi.
Bu bo’limlar o’z operatsiyalari va protseduralarini bajarib bo’lganlaridan
keyin ular o’z natijalarini boshqa ish olib boruvchilarga beradilar (raqamlar 3, 5, 7)
so’ngra axborot to’la to’kis reja-iqtisod bo’limi boshlig’iga uni yanada maromiga
yetkazilishi uchun kelib tushadi. (8-raqam) undan keyin iqtisod bo’yicha
o’rinbosarga (9-raqam) yuboriladi. Shunday qilib boshqaruvni ketma-ket yondosh
jarayoni kelib chiqadi.
Endi jadvalning oxirgi yettinchi punktini ko’rib chiqamiz - bu boshqaruv
operatsiya va protseduralarning ishlab chiqarish tsikli uzunligiga qarab
bo’linishidir. Boshqaruv mehnatida boshqaruv jarayonini to’xtovsiz
va tsiklli
tavsifni, ya`ni uni amalga oshirishdagi vaqt va fazoni hisobga olish kerak. Vaqt
o’lchovlari bo’yicha boshqaruv tsikli (operatsiya, protsedura) birinchi minutdan bir
necha yilgachа uzunlikda o’lchanishi mumkin. Boshqaruv jarayonining uzunligi
quyidagi vaqtlardan tashkil topadi: yig’ish, axborotga ishlov berish va uzatish,
qarorni ishlab chiqish va qabul qilish, qaror qabul qilinishini tashkil qilish va
nazorat. Bundan ko’rinib turibdiki, boshkaruvda
vaqt omili muhim ahamiyatga
ega. Shuning uchun har bir operatsiya bajariladigan vaqtni kamaytirish, tashkiliy
va hujjat protseduralarini soddalashtirish, boshqaruv mehnatida komp'yuterlashti-
rish ishlariga keng yo’l ochib berish zarur.
Boshqaruv jarayonining oraliq tavsifi bu boshqaruv saviyasi, ya`ni eng quyi
saviyadan boshlab enг yuqori saviyasigacha boshqaruvdir. Masalan,
kichik
bo’limdagi boshqaruv bu bitta kichik oraliq boshqaruvi, so’ngra korxona
boshqaruvi, firma boshkaruvi va hokazolar.
Boshqaruv faoliyati o’zining texnologiyasiga ko’ra uchta asosiy tsiklga
bo’linadi, ular doirasiga turli operatsiyalar va protseduralar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: