Metofora yopiq qiyoslash ma’nosiga ega bo’lgan so`z birikmalaridir.
Metafora nutq jarayonida paydo bo’ladi. Metofora ma’nosida uch qism bo’ladi:
qiyoslash haqidagi xabar, nima bilan qiyoslanayotgani haqidagi xabar,
qiyoslanayotgan narsalar belgisi haqidagi xabar. Usmon Nosirning “Naxshon”
dostonidan olingan mana bu misralarni tahlil etaylik.
Shoti bo’lib
Ko’kka chirmashgan nola.
Shunday poyadorki,
Ko`rinmas tagi...
Tog’ boshida kunning
Qonli etagi,
Yig’lar o’ngirlarda
Mungli shalola.
Bundagi “kunning qonli etagi” birikmasini olib qaraylik. Kiyimning etagi
bo’ladi. U kiyimning pastki qismini anglatadi. Shunga asosan “tog’ning etagi”
metaforasi qadimdan ma’lum. Kiyimning etagi ham, tog’ning
etagi ham eni va
bo’yiga ega bo’lgan aniq narsalar. Shoir “etak” so`zidagi “quyi” ma’nosiga
asoslanib, yangi metafora yaratadi. Botib borayotgan quyoshning qizil shu’lalari
shoir nazarida kishining qonga botirilgan etagini eslatadi. Bu esa ajoyib
metaforaning paydo bo’lishiga olib keladi. She’rda ifodalilik kuchi ortadi. “Shoti
bo’lib ko’kka chirmashgan nola shunday poyadorki, ko`rinmas tagi”. Nima
poyador? Daraxt, shoti poyador bo’ladi, lekin nola, ohu zor-chi?! Nola shotiga,
uning kuchi, og’irligi shotining yo’g’on
va uzun poyasiga mengzalib, odatdan
tashqari bir manzara yaratilgan. Ana shu odatdan tashqarilik ifodalilikning xuddi
o`zidir.
Metafora nutqning ifodaliligiga juda katta ta’sir etadi. Metafora qanchalik
yangi bo’lsa, u shunchalik ifodali bo’ladi. Ammo bunda ham me’yor bosh mezon
hisoblanadi. Nihoyatda murakkab metaforani o’quvchi tushunmasligi mumkin. Bu
muallif fikri o’quvchiga yetib bormadi, degan gap.
Sinekdoxa ham nutqning ifodaliligini ta’minlaydi:
Biz ham yo’lda ...
Quyosh tuproq vaslidan
Qiziydi orqada, oldimizda yo’l.
Go`zal bo’lib ketmish tuproq aslidan
Urug’ sochib o’tgach mehnat nomli qo’l.
Parchaning keyingi ikki misrasida inson mehnati ulug’langan. Yerni aslidan
go`zal qilib yuborgan qo’l orqali mehnatkash inson anglashiladi, ya’ni qism orqali
butunni ifodalash bilan go`zal ifodalilik yaratilgan.
Metonimiya narsalarning zamon va makonda o`zaro bog’lanishlariga
asoslanadi.
Faqat chust do’ppisi ostidan toshgan
Kumush halqalardan oqib tushar ter.
“Kumush halqalar”ning chust do’ppisi ostidan
toshib turishi ularning
qo’ng’iroq soch o’rnida ishlatilganligini anglashga imkon beradi. “Kumush
halqalar” ustida fikr yuritgan o’quvchining xayoliga birdan oqargan jingalak soch,
ulardan oqib tushayotgan qaynoq ter keladi va misralarda shoir ko`zda tutgan fikrni
osonlikcha anglab oladi.
6.Nutqning boyligi (rang-barangligi) deyilganda unda ishlatilgan til
vositalarining ko`pligi, kam takrorlanganligi, tinglovchiga ko'rsatilgan ta'siri
tushuniladi. Nutqning boyligini aniqlash ancha mushkul bo'lib, ikki nutqni bir-biri
bilan solishtirganda, qiyoslaganda, ulardagi til vositalarining so`zlovchi ko`zda
tutgan axborotni yuzaga chiqarishda bajargan vazifasi
ustida mulohaza qilganda
namoyon bo'ladi.
Olaylik o'rta ma'lumotli birgadirning nutqidan ma'lumotli o`qituvchining
nutqi, albatta boydir. Bunga biz o`z taassurotlarimiz asosida ishonch hosil qilamiz.
Til qurilish xususiyatlari bilan bizda taassurot uyg'otgan nutq boy, shunday
taassurot kam bo'lgan nutq qashshoqdir.
Ko`pgina kishilarning og`zaki nutqida (ba'zan yozma nutqida ham) so`zlar
ko`p martalab takrorlanadi, nutqda fikrni yorqinlashtirish uchun zarur bo'lgan til
vositalari ishlatilmaydi. Bunday nutqni eshitish kishiga malol keladi. Nutq
so`zlovchi o`z oldiga qo'ygan maqsadni tinglovchiga to`la etkaza olmaydi. Albatta
bunday nutq so`zlovchining tilni yaxshi egallamaganligini, o`z
nutqi uchun qunt
bilan mehnat qilmaganligini qo'rsatadi.
Xullas, notiqning nutq o'rganiladigan mavzuga bog'liq holda boy va rang-
barang bo'lishi lozim. Buni beglilashda frazeologik birikmalarning alohida o'rn
bor.
Do'stlaringiz bilan baham: