8-Mavzu: O`qituvchi nutqining ifodaliligi va boyligi
Maqsad:
Talabalarga o`qituvchi nutqining ifodaliligi va boyligi
to’g’risida
bilim berish
Reja:
1.
O`qituvchi nutqida ifodalilik.
2.
O`qituvchi nutqining boyligi va hozirjavoblilik.
Kalit so’zlar:
til, lug`at boyligi, tasviriy vositalar
O`qituvchi nutqning muhim fazilatlaridan biri ifodalilikdir.
Ifodalilikkina nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini ta'minlaydi.
Ifodalari sodda, ammo katta mazmunga ega bo'lgan
nutq tinglovchida qiziqish
uyg'otadi va uning ongiga tez etib boradi. Ifodalilik nuqtai nazaridan qaralganda
kishilarning nutqlari hilma-hildir. Hatto bir mavzuga bag'ishlangan nurli
kishilarning nutqi turlicha ifodalanishi mumkin.
Bunday nutqlarning biriga tinglovchi qiziqib qarasa,boshqasiga nisbatan
loqayd munosabatda bo'ladi. Nutqni ravon qilishda mavzu va habarning mantiqi,
dalillarning
yangiligi, muallifning ta'sir o'tkazish vositalari, nutqning struktura
xususiyatlari muhimdir.
Biz A.Qodiriy, Oybek H.Olimjon, A.Qahhor, A.Oripov, E.Vohidovlarning
ko`pgina asarlarini hayajon bilin o’qiymiz. Bunga sabab nima? Masalan,
O`zbekiston mavzusida juda ko`p she’rlar yozilgan. Lekin Oybek, H.Olimjon,
A.Oripov she’rlarini boshqalardan afzal ko`ramiz. O`z-o`zidan ravshan bo’ladiki,
nutqning tuzilishi xususiyati, fazilati, xossalari bizning fikr va tuyg’ularimizni,
diqqatimizni yorqinlashtiradi, aytilganlarga qiziqish uyg’otadi.
O`z
tuzilishi xususiyatlari, fazilati,xossalari bilan tinglovchining fikr va
tuyg'ularini, diqqatini yrqinlashtirgan aytganlarga qiziqish uyg'otgan nutq
ifodalidir.
Ifodali she’riy nutqqa misol qilib H.Olimjonning “O’lka” she’rini ko’rsatish
mumkin. Bu she’rning badiiy shaqli tashqi tomondan juda sodda. Leksikasi ham,
sintaksisi ham, ohangi ham hammabop, sodda. Ammo iste’dodli shoir ana shu
soddalik, hammaboplik orqali asarning badiiy ta’sirini ta’minlagan.
Unda lirik
qahramonning vatanga bo’lgan qaynoq hislari, fidoyiligi, sevgisi, ishonchi o`z
ifodasini topgan. She’rda nutqiy ifodaviylik ko`zga tashlanib turmasada, u
o’quvchini o`ziga band etadi, mulohaza yuritishga undaydi.
O’lka
Men dunyoga kelgan kundanoq
Vatanim deb seni, uyg’ondim.
Odam baxti birgina senda
Bo’luriga mukammal qondim.
Qulog’imga noming kirganda
Qumlik kabi tashna boqurman.
Sening jannat vodiylaringdan
Nahrlarday to’lib oqurman.
Bilsinlarkim, yo’ldoshim bo’lmas
Ko`zda yoshi bilan kulganlar.
Tilagi bor, o`zlari hayot,
Lekin yurak-bag’ri o’lganlar.
Har aytganing buyuk jangnoma,
Qayga desang qaytmay keturman.
Ko`zlarimni yummasman aslo –
Daryo kabi uyg’oq o’turman.
Nutqning nimaga qaratilganligi, qanday voqealar unda aks etganligiga qarab
ifodalilik hilma-hil ko`rinishlarda bo'ladi. Quvonch ifodasi, qo'rquv ifodasi,
hayajon
va chaqiriq ifodasi, jimlik va ajablanish ifodasi bor.Bularning har biri
o`ziga xos nutqiy sharoitlar uchun o`rinli hxisoblanadi.Chaqiriq ifodasini oshqning
ishq sarguzashtlari bayonida qo'llab bo'lmaganidek, quvonch ifodasini bemor
tepasida bayon qilish o`rinsizdir.
Ifodalilik, birinchidan, nutq vaziyati bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, tilning
tuzilishi bilan bog'liqdir.
Nutqning
ifodliligi talaffuz, urg`u, leksika, so`z yasalishi, morfologiya,
sintaksis,
uslub
bilan
mustahkam
aloqadordir.
Demak,
ifodalilik
til
imkoniyatlarining har-hil sohalari ishtirokida yuzaga chiqadi.
Nutqda ifodalilikka qanday erishish mumkin? Tilshunos B.N. Golovin buning
yettita shartini ko'rsatadi.
Birinchidan, nutq muallif tafakkurning erkin, mustaqil bo'lishi. Siyqasi
chiqqan gaplarga bog'lanib qolgan kishining nutqi yuksak ifodalilikka erisha
olmaydi. Chunki bunday notiq erkin tafakkur qilmaydi, nutqiga sharoitga munosib
ifodaviy vositalarni kirita olmaydi, ular ustida o'ylamaydi, o’ylay olmaydi.
Ikkinchidjan, nutq muallif nima haqida so`zlayotganini,
kimlarga
so`zlayotganini bilishi, shunga qiziqishi, beparvo bo'lmasligi lozim.
Uchinchidan, tilni, uning ifoda vositalarini, imkoniyatlarini yaxshi bilish
(bunga til fanini yaxshi bilish orqali erishiladi).
To'rtinchidan, til uslublari (badiiy, ilmiy, publitsistik, so`zlashuv kabi),
xususiyatlari, xossalarini bilish.
Beshinchidan, nutqiy masala ustida muntazam va ongli mashq qilish. Bunda
olingan bilimni malakaga aylantirish muhimdir. So`zlayotganda kishi uzoq o'ylab
nutqni ifodali qiladigan vositalarni topa olmaydi. Buni vaqt taqozo etmaydi. Bu
borada bizga malakamiz yordam beradi. U tezlik bilan bizga nutqni ifodali qiluvchi
vositalarni topib berishi, keraksiz vositalarni uzoqlashtirish lozim.
Ammo bunga
qanday erishish mumkin? O'qigan badiiy, ilmiy va boshqa asarlarning tiliga ongli
munosabatda bo'lish, til vositalarini tahlil etish, yodlash, ulardan foydalanib, nutq
so`zlash Mashqlari o'tkazish ifodali so`zlash yuzasidan malaka hosil qilishning
birdan-bir to`g`ri yo'lidir. Kishi doimo o`z nutqiy malakasini boyitishi, oshirib
borishi zarur.
Oltinchidan, so`zlovchining ifodali so`zlashga bo'lgan
ongli ishonchi, ruhan
tayyorgarligi. Kishi mening nutqim ifodasiz, nochor va qashshoq deb o’ylasa,
shunga ko`ra yorqinroq, ifodaliroq so`zlashish uchun kitoblar o'qishi, ulardan
tilning ifoda vositalarini, maqol, hikmatli so`zlarni, iboralarni o'rganishi zarur.
Yettinchidan, tilda nutqning ifodaliligini ta'minlovchi vositalarning bo'lishi.
Ular tilda borligi uchun ham biz o`z nutqimizda ifodalikka erishamiz. Tilning ifoda
vositalari deyilganda, odatda, troplar va tasviriy shakllar tushuniladi. Haqiqatda esa
ifodalilik vositalarining boshqa ko`rinishlari ham bor. Bu tushuncha oddiy
tovushlardan to uslubgacha bo'lgan hamma imkoniyatlarni o`zida qamraydi.
Hammaga ma'lumki, so`zlovchi biror tovushni noto`g`ri aytsa,
nutqni qabul qilish
ancha qiyinlashadi.
Ifodali so`zlashni ta'minlovchi asosiy manba so`zlar (leksika)dir. Tildagi
so`zlar, lug'aviy-ma'noviy vositalar tilning tasviriy vositalari deb yuritiladi.
O'xshatish (epitet) ham, metofara ham, metonimiya ham lug'aviy ma'noga
asoslanadi.
Ma'lumki, ifodalilikni ta'minlashda o'xshatish, metofora, metonimiya,
senikdoxa, mubolag'a kabilar katta ahamiyatga ega. Nutqda bu vositalardan o`rinli
foydalanish uning madaniyatini oshiradi.
O’xshatish
Do'stlaringiz bilan baham: