Glossariy
Sinegor –
qadimda ma’lum haq evaziga sudda tomonlarning manfaatini himoya
13
qilib nutq so‘zlovchi shaxs.
Logograf –
qadimda nutq matnini tuzib beruvchi shaxs
.
Epideyktik notiqlik
– tantanali notiqlik.
Dialogik muloqot -
o‘zaro suhbat vaqtida hal etilishi zarur bo‘lgan
masalani nihoyasiga etkazish jarayoni.
Uyg‘unlashgan muloqot -
suhbat, bahs-munozara jarayonida muloqot
qatnashchilarining umumiy maqsadga erishishi uchun birlashishlari.
Fikriy
muloqot –
muloqot jarayonida nutqning
maqsadi muhokama
mavzusida yashiringan, topish mumkin bo‘lgan haqiqatni, ma’noni izlash.
Adabiyotlar:
1.
Begmatov E. va boshqalar. Adabiy norma va nutq madaniyati. –Toshkent: Fan,
1973.
2.
Inomxo‘jaev S. Notiqlik san’ati asoslari. –Toshkent: O‘qituvchi, 1982.
3.
Begmatov E., Tursunqulov M. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari. -Toshkent:
O‘qituvchi, 1991.
14
7-MAVZU: O`QITUVCHI NUTQINING TO`G`RILIGI VA SOFLIG
I
Maqsad:
Talabalarga o`qituvchi nutqining to`g`riligi va sofligi, bu
fazilatlarning ahamiyati to’g’risida bilim berish
Reja:
1.
Nutqning to`g`riligi barcha kommunikativ sifatlarning poydevori.
2.
Nutqning sofligi va unga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi unsurlari.
Kalit so’zlar:
leksika, lug’aviy birliklar, me’yor, orfoepiya, morfologiya, sintaksis,
vulgarizm, varvarizm
1. Nutqning to`g`riligi
uning dabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til
normalari ko`p tarmoqli bo'lgan uchun nutqning to`g`riligshi ham bir qancha
shartlarni o`zida qamraydi. To'g'r, nutq o`zida adabiy tilning fonetik, talaffuz,
lug'ayviy so`z yasalishi, grammatik (morfologik, sintaktik), uslubiy normalarini
mujassamlashtirilgan bo'lishi lozim. Bularning birortasidan biroz chetlashgan nutq
ham to`g`ri bo'la olmaydi.
Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatlaridir. Nutq to`g`ri
bo'lmasa, boshqa kommunikativ fazilatlari ham vayron bo'ladi. Nutqning tuzilishi
to`g`ri bo'lmaganda, uning mantiiqiyligi, aniqligi, o`rinliligi haqida gapirib
bo'lmaydi.
To`g`ri utq tuzish uchun so`zlovchi adabiy til normalarini egallab olgan
bo'lmog’i lozim. Bu esa juda murakkab, sermashaqqat ishdir.
Talaffuz normalari. Kishilar yoshlikda o`zi mansub bo’lgan sheva normalari
asosida til o’rganadilar. Dialektal normalar juda qat’iy va qatiq amal qilgani uchun
ularni buzish, ulardan qutulish oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir
shaxsning o`zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shax tomonidan
bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning yonida boshqa
“shaxsiy” variantlar ham turadi. Agar so`zlovchi adabiy normalarni yaxshi
egallamagan bo’lsa yoki o`z shevasi bergan “shaxsiy” variantni afzal deb qarasa,
uning nutqi adabiy normadan chetlashuvi mumkin.
Adabiy normani buzish nutq so`zlanayotgan jarayonda to’siq hosil qilmagan
hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang:
Rais boradig’on bo’pti.
Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi – fonemalar, ularning sifatlari,
ma’lum fonetik sharoitlarda o`zgarishlari ko`zda tutiladi.
O`zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga teng bo’lgan
uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda so`zlayotgan kishilar nutqida
har qadamda o`zining borligini sezdirib turad. Notiq o`zi bilibmi, bilmaymi, o`z
lahjasi qonuniyatlari ta’siriga o’tib qoladi. Bu narsa ko`pincha so`z va so`z
shaqllarining talaffuzida, leksik tanlashlarda va boshqalarda ko`rinadi. Ma’lumki,
qipchoq va o’g’uz lahjalarida tanglay uyg’unligi (garmoniyasi) mavjud.
Tanglay uyg’unligi talabiga ko`ra unlilar ikki xil-yumshoq va qattiq talaffuz
etiladi. O`zak, negizlarning qattiq va yumshoq talaffuz etilishi turkiy tillarga xos
hodisa bo’lib, singarmonizm deb yuritiladi. (Tovushlar uyg’unligi ikki xil bo’ladi:
tanglay uyg’unligi va lab uyg’unligi (o’tqa, itka, ko`zum kabi). Lab uyg’unligi
o`zbek shevalari uchun deyarli xos emas. U boshqa – qozoq, qirg’iz kabi turkiy
tillarda uchraydi). So`z o`zak – negizlarini bunday ikki xil talaffuz etish lahjaning
har bir vakiliga bolalikdan singgan bo’ladi. Qattiq unlili negizlarga qattiq,
yumshoq unlili negizlarga yumshoq unlili qo’shimchalar qo’shiladi:
Adabiy talaffuz ba’zi bir uslubiy xususiyatlarga ham egadir. Ba’zan so`z,
so`z birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki kitobiy talaffuzi farq qilib
turadi. Bunday talaffuzda so`zlar uslubiy bo’yoqqa ega bo’ladi. So`zlashuv nutqida
esa ular uslubiy bo’yoqsiz aytila beradi. Shuni aytish kerakki, tildagi ba’zi bir
so`zlargina bunday uslubiy bo’yoqqa egadir. Siyosatga, fanga, san’atga, texnikaga
aloqador so`zlarning bir qismi uslubiy bo’yoqlidir, xolos. So`zlarning talaffuzi turli
shaxslarda turli nutq sharoitlariga ko`ra qandaydir darajada o`ziga xoslik kasb
etishi mumkin.
Kelishik normalari. Adabiy tilimizda “kuchli” va “kuchsiz” normalar bor.
Bu adabiy tilning morfologik qurilishida ham amal qiladi. “Kuchli” normalar
o`zbek tilini yaxshi bilgan kishilar tomonidan deyarli buzilmaydi. Unga amal qilish
juda qat’iy hisoblanadi. Ikkinchi xil normalar tezda tashqi ta’sirga uchraydi,
yomon o`zlashtiriladi; nutqda tez-tez buziladi.
“Kuchli” normalar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt
alabtta amalga oshiriladi. “Kuchsiz” normalar go’yo mazmunga uncha ta’sir
etmagandek tuyuladi. Shuning uchun og`zaki so`zlashuvda bu normalarga kam
e’tibor beriladi. O’rta maktabda yozma adabiy tilni yaxshi o’rganib olmagan yoki
mahalliy shevalarning kuchli ta’sirida bo’lgan shaxslarning yozma nutqida ham
normani buzish uchrab turadi. “Kuchsiz” morfologik normalarga misol tariqasida
ba’zi bir (qaratqich, o`rin-payt va boshqa) kelishiklarning buzilishini ko’rsatish
mumkin. Qaratqich kelishigi ma’nosini tushum kelishigi shaqli orqali ifodalash,
boshqacha aytganda, qaratqich va tushum kelishiklari ma’nosini ifodalashda faqat
– ni (fonetik variantlari bilan birga)dan foydalanish og`zaki nutq uchun keng
tarqalgan hodisadir.
Adabiy til uchun begona unsurlari bo’lmagan, axloq normalari tan
olmaydigan so`zlardan xoli bo’lgan nutq sof nutq deb yuritiladi. To`g`ri, ijtimoiy
normalar adabiy tilda axloqdan tashqri til unsurlarini ishlatishga yo’l bermaydi.
Ammo hamonki nutq shaxsga xos hodisa ekan, unda ijtimoiy axloq normalarini
buzuvchi til birliklari ham ishlatilib qolishi ehtimoldan uzoq emas. Aksar
holatlarda adabiy nutq sofligiga quyidagilar putur yetkazib turadi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek, grammatik
shaqllar, so`z va so`z birikmalarining talaffuzi, urg`usi.
2. O`rinsiz qo’llangan chet so`z va so`z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgraizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so`zlar.
6. Kanselyarizmlar.
Sanab o’tilgan unurlardan o`rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham, badiiy
nutqni ham xiralashtiradi. Har bir so`zlovchi o`z nutqining adabiy normalar
darajasida bo’lishi uchun harakat qilishi lozim. O`z shevasiga xos bo’lgan til
vositalarini nutqqa o`rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Biroq adabiy tilda varianti
bo’lmagan, ifodalanayotgan fikrni ravishlantirish uchun zarur so`z va grammatik
vositalarni, ularga izoh bergan holda, nutqqa olib kirish unga sayqal bag’ishlaydi.
Vulgarizmlarga axloq normalariga to`g`ri kelmaydigan: kishini so’kishda,
haroratlashda ishlatiladigan so`zlar kiradi. Ularni ishlatish so`zlovchining past
madaniyatli, qo’pol, johil kishi ekanligini ko’rsatadi. Badiiy adabiyotda ham
ulardan foydalaniladi:
-Sen bizga xiyonat qilding, it uvli!
(A.Qodiriy. “Mehrobdan chayon”.)
ba’zi so`zlovchilar nutqlarida ayrim so`zlarni o`rinli – o`rinsiz ko`p
takrorlaydilar. Bunday takrorlanadigan xo’p, xo’sh, demak, ya’ni olaylik, masalan,
haligi kabi so`zlar parazit so`zlar deb yuritiladi. to`g`risini aytganda, bu so`zlar
iste’molda bor, ular nutq uchun zarur. Ammo ulardan foydalanishda parazitlik
paydo bo’ladi. A.Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida buxorolik Sharifboy
nutqida “pala’nat” (“padar la’nati”)ni parazit so`z sifatida ishlatib, uning nutqini
individuallashtirgan. Sharifboy har gapida bu so`zni qo’shib gapiradi.
“Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga qaradi:
- Pala’nat, qachon kelgan ekan?”
“Konselyarizm”lar ish qog’ozlari uchun zarur bo’lgan, ma’lum bir shaklda
saqlanadigan so`z birikmalari, gaplardir. Ular o`z o’rnida juda zarur. Chunki ish
qog’ozlari qat’iy bo’lgan ma’lum shaqllarni talab qiladi. Bunday “qat’iy shaqllar”,
shablonlar so`zlashuv nutqiga, badiiy adabiyotga, publisistikaga o’tsa, nutqni
buzishi mumkin. O`rinsiz kanselyarizmlar majlislarda, kengashlarda, gazetalarda,
radio, televideniyedan so`zlangan nutqlarda ko`plab uchraydi.
“Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o`z hayotimizda qat’iy burilish
yasab, zo’r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo’ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak,
endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o`zingizga
ma’lum bo’lganligi uchun bunga keng ravishda to’xtab o’tirishni lozim
ko’rmayman...” (A.Qahhor). Ana shu ikkitagina gapda beshta kanselyarizm
ishlatilgan. Gaplardagi “365 kun muqaddam”, “qat’iy burilish yasab”, “zo’r
sinovlar sharoitga bevosita qadam qo’ydik”, “ham erkak, ham xotin boshchilik
qiladigan oila masalasi”, “bunga keng ravishda to’xtab o’tirish” trafaret (siyqasi
chiqqan) birikmalar bo’lib, ijtimoiy hodisalarni ifodalashga moslashgan, bu o`rinda
esa nobopdir. Bunday balandparvoz nutqdan tinglovchi keraqli narsalarni ajratib
olishga qiynaladi. tinglovchining anchagina vaqtini olgan 43 so`zdan iborat bu
parchadan quyidagilar anglashiladi, xolos: “Bundan bir yil oldin ikkalamiz
turmush qurdik. Hozir ro`zg’orni ikkalamiz boshqarayapmiz”. 43 so`z o’rnida 11
so`z. Buning ustiga fikr juda ravshan, ifodalar juda aniq!
Do'stlaringiz bilan baham: |