Abu Abdulloh al-Xorazmiy
(vafoti 997 y.) ham
o‘zining “Mafotih-ul-ulum (Ilmlar kaliti) asarida o‘sha davr notiqligining ba’zi bir
masalalari, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida, shuningdek,
devonxona ish qog‘ozlari va ularning shakllari, ishlatiladigan terminlar (atamalar)
haqida ma’lumot beradi. Asarning beshinchi bobida aruz va qofiya ilmi hamda
she’riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari ustida
so‘z boradi.
Tilshunoslik tarixida
Mahmud Koshg‘ariy
salmoqli o‘rin egallaydi. U
tilshunoslikning juda ko‘p sohalari bo‘yicha asarlar yozdi. Qiyosiy tarixiy
tilshunoslikning otasi, fonetist, leksikolog, leksikograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining
asoschisi sanaladi.
Bizgacha Mahmud Koshg‘ariyning hayoti haqida juda oz ma’lumot etib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uning tug‘ilgan yili aniq emas. Lekin lug‘at yozilganda
muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr boshlarida tug‘ilgan deb
hisoblash mumkin. M.Koshg‘ariyning turkiy tillarga bag‘ishlangan ikkita asar
yozganligi ma’lum. Ulardan bir “Javohirun nahv fil lug‘atit turk” (“Turkiy tillarning
sintaksisi javohirlari”, ikkinchisi esa “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar to‘plami)
deb ataladi.
Uning semasiologiya sohasidagi fikrlari ham juda qimmatli. Olim so‘zlarning
ma’nolarini izohlabgina qolmay, ma’no o‘zgarishlari yuzasidan ham nozik kuzatishlar
olib borganligini ta’kidlaydi. Ma’noning kengayishi, torayishi va ma’no ko‘chish
usullari bilan birga so‘zlardagi omonimiya va sinonimiya hodisalari ham asarda tilga
olinadi. Mahmud Koshg‘ariyning boshqa tillardan so‘z olish haqidagi fikrlari ham
mavjud. Olim o‘z ona tilimizda mavjud bo‘lgan so‘zlarni boshqa chet tillardagi so‘zlar
o‘rnida ishlatilish holatlariga salbiy munosabat bildiradi. Masalan, o‘g‘uzlarning
qumg‘on
so‘zi o‘rnida
oftoba
so‘zini qo‘llashlariga tanqidiy munosabatda bo‘lib, bunday
holatning til uchun zararli ekanligini qayd etadi.
“Devonu lug‘atit turk”ning adabiy qimmati benihoya kattadir. Unda uch yuzga
yaqin she’riy parcha va ko‘plab maqol hamda hikmatli so‘zlar bo‘lib, shoir bunday
she’riy parchalarga qisqa-qisqa sharhlar beradi, xalq maqollarining mohiyatini yoritib,
ularning ishlatilish o‘rnini ham ko‘rsatadi. Asarda ham til, til odobi, nutq, muomala,
yaxshi va yomon so‘z, yoqimli va mayin so‘z, ezmalik va chaqimchilik, to‘g‘ri va
yolg‘on so‘z haqida aytilgan fikrlar uchraydi. Masalan:
Ardam boshi til- adab va
fazilatning boshi til,
deb ta’kidlaydi. SHuningdek, Mahmud Koshg‘ariy o‘zi o‘rgangan
har bir lahja, shevalardagi farqli hodisalar – qattiq va yumshoq talaffuz, dag‘al va mayin
ohang, yumshoq va dag‘al (qo‘pol) muomala haqida ham fikrlar bildirgan. Bular
bevosita qadimdan ota-bobolarimizning nutq odobi va madaniyatiga alohida e’tibor
bilan qaraganliklarini ko‘rsatadi.
O‘rta asr sharqining buyuk allomalari orasida mashhur tabib, faylasuf, shoir
Do'stlaringiz bilan baham: |