Badiiy nutq uslubi



Download 60,07 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi60,07 Kb.
#797884
  1   2


Badiiy nutq uslubi.
Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o‘zining obrazliligi va estetik ta'sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikasining barcha qatlamlari ishtirok etadi. Chunki ilmiy va publitsistik uslublar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini ifodalasa, badiiy uslub inson
faoliyatining turli qirralarini o‘zida aks ettiradi, barchaga taalluqli bo‘ladi.
Badiiy asar kishiga ma'lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta'sir ham ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda
qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Shuning
uchun badiiy uslub aralash uslub deb ham hisoblanadi, chunki bu uslubda so‘zlashuv va kitobiy
uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi. Unda turli kasb-hunar, fan-texnika, xalqning maishiy
hayotiga tegishli rang-barang so‘zlar qo‘llaniladi. Shu tufayli shoir va adiblar hammaga ma'lum til
vositalaridan o‘zigagina xos usulda foydalanishga harakat qiladilar. Shaxsiy obrazlilik publitsistik
uslubga ham xosdir. Obrazlilik so‘zlashuv uslubida ham bo‘ladi.

Badiiy adabiyot tili adabiy til bilan birga umumxalq tili boyliklarini ham qamrab oladi.


Ya'ni asarning janr va mavzu talabi bilan yozuvchining individual uslubiga bog‘liq
holda badiiy nutqda umumxalq tilidagi barcha lug‘aviy qatlamlar ishtirok etaveradi.
Masalan, adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlar, dag‘al so‘zlar, eskirgan
so‘zlar, oddiy so‘zlashuv tili elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagani
holda ularni badiiy nutqda o‘rni bilan qo‘llash mumkin.
Badiiy uslubning fonetik xususiyatlari. Badiiy uslubda yozuvchi yoki shoir erkin ijod
qiladi. Shuning uchun u boshqa uslublardan, ayniqsa, so‘zlashuv uslubidan keng
foydalanadi. Yozuvchi yoki shoir o‘z qahramoni xarakterini yoritish maqsadida uning
turli xil ko‘rinishlaridan foydalanadi. Badiiy uslubda tovush almashinishi, tovush
tushishi, tovush ortishi, unli tovushlarning cho‘zilishi, undosh tovushlarning
qavatlanishi shuningdek, alliteratsiya, assonans, kontaminatsiya va boshqa turli xil
hodisalarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, tovush almashinishi va ortishi: O‘rmonda
otishdi, Qor edi qalin Yiqildi Hayqirib Yashash-shin Ishta-lin (M.Yusuf) YUqoridagi
parchada s tovushining sh tovushiga almashinishi hamda so‘z boshida i tovushining
ortishi orqali duduq odamning nutqi ko‘rsatib berilgan. Undosh tovushning
ikkilantirilishi, geminatsiya hodisasi ham uchraydi

Badiiy nutq uslubida so‘z turkumlarini qo‘llashda ham o‘ziga


xosliklar mavjud. Masalan, sifatlarning ishlatilishi badiiy nutqda
ot va olmosh kabi faoldir. Olmoshlardan kishilik va ko‘rsatish
olmoshlarining qo‘llanishi mahsuldordir. Sonlar odatda aniq
ma'nolarni anglatishi bilan birga ma'nosi kengaygan holda ham
z
qo‘llanadi.
Undov va taqlid so‘zlar ham badiiy uslubda uchrashi
xarakterlidir.
Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa
uslublardan farqlanadi. Shu sohada maxsus tadqiqot ishini olib
borgan A.Abdullayev sintaktik vositalardan sintaktik gradatsiya,
sintaktik sinonimiya, bog‘lovchilarning maxsus qo‘llanishi,
antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‘roq
kabilarning matn ta'sirchanligini ifodalashga xizmat qilishini
qayd etadi.
M.Yo‘ldoshev esa o‘zbek tilida badiiy matnda aktuallashadigan
sintaktik vositalarning quyidagi turlarini farqlashni tavsiya etadi:
sintaktik parallelizm, emotsional gap, ritorik so‘roq gap,
inversiya, ellipsis (antiellipsis), parsellyatsiya, atov gaplar
(segmentatsiya), gradatsiya, oksyumoron, (g‘ayriodatiy
birikmalar), antiteza (sintaktik konstruksiyalarda), farqlash,
o‘xshatish, sukut, ulab ketish, korreksiya.
Badiiy nutq uslubida darak, so‘roq, buyruq gaplar matn
sintaksisining ajralmas qismini tashkil qiladi. Undov gaplar ham
badiiy nutq uslubi uchun xarakterlidir. Ular kitobxonga estetik
ta'sir o‘tkazishda yozuvchi qo‘lida kuchli qurol hisoblanadi.
Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash
ishlatiladi.

O’zbek she’riyati.


Hech bir mubolag‘asiz ta’kidlash joizki, bugun biz baquvvat o‘zbek she’riyatiga egamiz.
She’riyat Sharqda asrlar davomida adabiyotning asosiy turi sifatida yashagani boisi ham
uning ildizlari bag‘oyat teran.
Ammo bugungi o‘zbek she’riyati kechagi she’riyat emas, balki o‘zining ko‘pgina, xususan,
shakliy-mazmuniy mundarijasiga ko‘ra yangilangan poeziyadir. Shu bilan birga, bugungi
she’riyat kechagi she’riyatdan uzilib qolgan alohida hodisa ham emas. Ular o‘rtasida
vorisiylik, uzviylik davom etib kelayotir. Zamonaviy o‘zbek she’riyati mumtoz va yangi o‘zbek
she’riyatining eng yaxshi an’analarini davom ettirgani holda jahon adabiyoti buloqlaridan
ham suv ichayapti. Adabiyot kecha dunyoga sots.realizm tuynugi orqali qaragan bo‘lsa,
bugun uning tafakkur ufqi juda keng. Ayni mana shu keng ufq — badiiy tafakkur erkinligi
hozirgi zamon poeziyasini — Istiqlol davri o‘zbek she’riyatini vujudga keltirayotgan bosh
omildir. Shunga ko‘ra, har tomonlama boy she’riyatimizga nazar tashlab, uning bag‘rida
barcha tamoyillarning izini ko‘rish mumkin: realizm, neorealizm, romantizm, simvolizm va
bir qator avangard adabiy oqimlarning hayotbaxsh yo‘llarida yaratilayotgan bugungi o‘zbek
she’riyati shoir tafakkurining yagona mafkuraviy iskanjadan xoli ekanligidan, boshqacha
aytganda, chinakam hurligidan dalolat. Yana, shoirning qaysi yo‘nalishda qalam tebratishi
emas (zotan, bugun toza bir yo‘nalishning o‘zi yo‘q, ular o‘z taraqqiyot yo‘llarida bir-biriga
ta’sir qilib, sinkretik manzara kasb etib borayotir), balki qanday iste’dod bilan yozayotganligi
hamda azaliy muhoraba — zzgulik va yovuzlik jangida qaysi tomonda turganligi tobora

Nazarimda, hozirgi o‘zbek she’riyati ifoda usuliga


ko‘ra taxminan quyidagicha ko‘rinishga ega:
an’anaviy; xalqona (folklor an’analari doxil);

modern; aruz; sinkretik. Ammo ta’kidlash joizki,


dunyoni estetik-badiiy talqini bobida asosan ikkita
kuchning musobaqasini kuzatish mumkin: bu —
an’anaviy va modern oqimlari o‘rtasidagi
bellashuv. (Bunday musobaqa hamisha bo‘lgan
aslida va u yaqin tariximizda, masalan, “an’ana
va novatorlik” deb atalgan). Nima bo‘lganda ham,
keyingi 20 — 25 yil mobaynida jamiyatda yuz
bergan o‘zgarishlar zamonaviy o‘zbek she’riyati
qiyofasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgani bor gap.
Tashqaridan “keltirilgan” oqimlarning ta’siri esa
allaqachon umrini yashab bo‘ldi. Zotan, hayot —
barcha yangilanishlar manbai, sarchashmasi!
Hayotimizda kechayotgan azim o‘zgarishlar
tufayli nafaqat she’riyat, balki butun boshli
adabiyotimiz mafkuraga xizmat qilishdan qutilib,
o‘zining azaliy o‘zaniga tushib bormoqda.
Natijada adabiyot g‘oyani tarannum etishdan
bosh ko‘tarib, insonga yaqin keldi, uning dardini
kuylay boshladi. Boshqacha aytganda, shoir
ko‘ngilni she’rga solishga kirishdi.

Bularning hammasi yaxshi. Faqat kutilmaganda


masalaning boshqa bir qirrasi yuz ko‘rsatdi. Shoir haddan
tashqari o‘z olami bilan band bo‘lib, atrofni, jamiyatni bir
qadar “unutdi”. Shoir uchun o‘z sub’ektiv olamigina
birlamchi haqiqatga aylandi. Bu esa she’riyat maydonining
torayishiga olib kelgan jiddiy sabablardan biri. Boshqa
yoqdan esa shaklga qattiq mehr bog‘lagan shoir
adabiyotni o‘yinga aylantirish payiga tushdi. “Haqiqiy
adabiyot, chinakam she’r bu yuksak san’atdir”, degan
shior ostida ijod qiluvchilar soni bir muncha ortdi. Bunday
tutim ham ma’lum ma’noda she’riyatning ziyoli-ijodkorlar,
bo‘lajak filolog-talabalar, mutaxassislar va muayyan
qiziquvchilar doirasida ko‘proq o‘qilishiga olib kelmoqda.
Tursun Ali, Bahrom Ro‘zimuhammad, Faxriyor, Aziz Said,
Go‘zal Begim kabi o‘zbek shoirlari (dunyoqarashlari,
iste’dodlari va uslublaridagi jiddiy farqlarga qaramay)
qaysidir ma’noda shu umumiy yo‘nalishning ko‘zga
ko‘ringan vakillaridir.

Ayni paytda, o‘zbek she’riyatida an’anaviy yo‘nalish hali-hamon tashabbusni o‘z


qo‘lida tutib kelayotganini ta’kidlash joiz. Chunki bu yo‘nalish xalq ruhi bilan,
uning qiziqish, o‘y va dardlari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shunga
ko‘ra, bu yo‘nalish vakillarining ijod namunalari bir necha ming nusxada chop
etilib, tez tarqalib ketadi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva,
Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Yusuf, Mahmud Toir, Sirojiddin
Sayyid, Iqbol Mirzo, Farida Afro‘z bugun eng ko‘p o‘qilayotgan shoirlar. Matnazar
Abdulhakim, Sa’dulla Hakim, Usmon Qo‘chqor singari shoirlarning bitiklarida
hayotiy tajribaning falsafiy mushohadakorlik bilan yo‘g‘rilishi natijasida vujudga
kelgan poetik lavhalarga guvoh bo‘layapmiz. Chorsham’, Rustam Musurmon,
Salim Ashur, Ikrom Iskandar, Qo‘chqor Norqobilning keyingi yillar ijod
namunalari o‘zining pishiqchilik pallasiga kirganiga dalil. Halima Ahmedova,
Rahimjon Rahmat, Zebo Mirzayeva, Xosiyat Rustamovaning yaratayotgan
ramziy she’rlari esa yangilanayotgan badiiy tafakkur mahsuli sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Poytaxt, Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda ijod qilayotgan Abdulla
Sher, Kenesboy Karimov, Baxtiyor Genjamurod, Enaxon Siddiqova, Odil
Hotamov, Shafoat Rahmatullayev, Ismoil To‘xtamishev, Xosiyat Bobomurodova,
Xurshida, Nabi Jaloliddin, Halim Karim, O‘roz Haydar, Ismoil Mahmud
Marg‘iloniy, Bahodir Iso, Gavhar Ibodullayeva, Zamira Ro‘ziyeva, Maqsuda
Egamberdiyeva, Nosirjon Toshmatov, Jamoliddin Muslim, Jumagul Suvonova,
Gulbahor Saidg‘aniyeva, Dilfuza Komil, Muxtasar Tojimamatova, Shodmon
Sulaymon, Laylo Sharipova, Shermurod Subhon, Munavvara Qurbonboyeva,
Zuhra Ochilova kabi shoirlarning uzoq-yaqinlardan jaranglayotgan ovozlari

Bir sher tarixi.


Bilurmisan, sevgan kishiga Sodiq bo‘lmoq o‘zi saodat …
(bir she’r tarixi )
Odatda ko‘pam muzeylarga boravermayman
yaqinda
bir tasodif tufayli
X.Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyini ziyorat qildim. Bilmadim bog‘dagi jimjitlikmi,
nimadir meni shu muzeyga kirishga undadi…Kirdim…muzey ostonasidan
kirishim bilan quloqlarim ostida Botir Zokirovning “Xayolimda bo‘lding uzzu
kun,…” misralari bilan boshlanguchi taronasi yangray boshladi… negadir shu
qo‘shiq chora atrofdan jarang sochayotgandek tuyuldi…ko‘nglimga qandaydir
sokinlik bag‘ishlagan ajib hislarni uyg‘otgan muzey ostonasida baxt, muhabbat,
hijron sevgi va vafo, sadoqat iforini tuydim …
Xayolimda bo‘lding uzun kun
seni izlab qirg‘oqqa bordim .
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber deb oyga yolvordim…

Mayin va ko‘ngilda ajib hislarni uyg‘otguchu bu qo‘shiq barcha zamonda


ham o‘lmas tarona bo‘lib qolaveradi. Bu she’rning yozilish tarixi ham
o‘zgacha…dildan
yozilgan
dilga
yetib
boradi
deyishgani
rost H.Olimjonning qizlari Hulkar opaning hikoya qilishlaricha ularning
ukalari Omon tug‘ilish arafasida H.Olimjon Kavkaz safariga
chiqadilar.Zulfiyaxonim og‘iroyoq bo‘lganliklari sababli safarda ularga
hamrohlik qilaolmaydilar.Shoir safarda ekanliklarida Zulfiyaxonim tush
ko‘radilar,emishki shoir rafiqalariga xiyonat qiladilar.Bu tushdan
ta’sirlangan shoira Zulfiyaxonim darrov Kavkazga maktub yozib
yuboradilar. Maktublariga esa ushbu she’riy javob keladi…

Xayolimda bo‘lding uzun kun,


seni izlab qirg‘oqqa bordim.
och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solur baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i,
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi,
Kecha jimjit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?…

Muzeyni aylanar ekanman shior va uning oilasiga tegishli


ashyolar va haligacha kishini hayajonga solguchi o‘lmas
bitiklarni o‘qib ularda mana shunday buyuk qalb egalari
sevgi, sadoqat , baxt, shodlik kuychilari H.Olimjon va
Zulfiyaxonim siymolarini ko‘rdimtasavvurim olislarga
yetakladi…Tashqarida bahor epkini esmoqda ..bahor kirib
kelmoqdaa …hademay shoir madh etgan o‘rik oppoq
bo‘lib gullaydi…uning go‘zalligi ifori ko‘ngilga qanchalik
orom bag‘ishlasa ikki go‘zal qalbning sevgi dostoni va
ularning
ash’orlari
bahorni
sog‘inib
unga
talpingan yuraklarda mangu yashaydi..
Adabiy til – jonli (umumxalq) tilidan tug’ilgan, muayyan grammatika(grammatika) va talaffuz qoidalari (fonetika)ga, imlo talablariga qat’iy amal qiluvchi va turli shevalarda gapiruvchi (“to’qson ikki bovli o’zbek urug’i”) kishilarga tushunarli bo’lgan, matbuot, fan, adabiyot, radio, televidiniye, teatr tilidir.
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.
Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) publitsistik U.; 5) badiiy U. Vazifaviy U.ni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv U.i — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy U.ning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imoishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning , ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Mas, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv U.iga xos. Soʻzlashuv U. i fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy U. (rasmiy ish qogʻozlari U.i) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu U. boshqa U.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy U.da soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish U.ida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki,tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu U.dagi ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp koʻllanadi. Pekin ran tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy U.da surok, va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxe yoki uchinchi shaxe tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Mas, buyrukda "... soʻm maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga ...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin.
Ilmiy U. — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy U.dir. Bu U.da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy U.ning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy U.da yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy U. oʻz ichida quyidagi mayda U. ga boʻlinadi: ilmiy ish U., ilmiytexnik U., ilmiyommabop U., ilmiypublitsistik U. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy U.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Publitsistik U. vazifaviy U.ning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va sh.k. belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik U. ijtimoiysiyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va sh.k.da oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik U.ning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik U.da til vositalaridan foydalanishda muallifning individual U.i deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlada tez koʻzga tashlanadi. Badiiy U.da ham bu holat mavjud; rasmiy U.da esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik U. baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop U.", "matbuot U.i" kabi terminlar bilan ham ataladi.

Badiiy U. — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa U.ga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va sh.k. belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq U.ining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy U.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy U.da oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy U.ning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq U.idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik boʻladi. Mas, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Mac, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq U.ida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy U.da faol qoʻllanishi bu U.ning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.Adabiy til doimo, uzluksiz tarzda onasi (jonli til)dan va egizak ukasi (badiiy til) dan aloqada bo’ladi: jumladan, ulardan yangi so’z va iboralarni qabul qiladi va o’z navbatida jonli va badiiy tilning rivojiga, takomillashuviga yordam beradi.


Badiiy (poetik) til – badiiy asarlar tili sanaladi. U “adabiy asarning mazmunini ro’yobga chiqaruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. Shu sababli badiiy til kitobxonga g’oyaviy va emosional ta’sir qilish vositasi bo’lib xizmat kiladi. Negaki, yozuvchi badiiy til orqali obrazlar manzaralar yaratar ekan, ularning mohiyatini ochib ko’rsatadigan so’z va iboralar tanlaydi. Asl va ko’chma ma’noli so’zlar qo’llaydi, umumxalq tilining gap qurilish usullaridan, arxaizm va jargonlardan foydalanadi”. Shu xilda yozuvchi asar g’oyasiga muvofiq shakl tanlaydi. M. Gorkiy aytganiday, “Ish tafakkurni uyg’otadi, tafakkur ish tajribasini so’zga aylantiradi, undan g’oyalar, gipotezalar nazariyasini... xosil qiladi... Yozuvchining ishida asosiy material so’zdir”.
  1. So’z esa, barcha faktlar, barcha fikrlar libosidir. Ammo har bir fakt zaminida ijtimoiy ma’no bor, har bir ma’no zaminida esa bir yoki ikkinchi fikr nega bunday-u, nega unday emas, degan sabab bor... Klassiklar yuz yil davomida asta – sekin ishlangan ana shunday tilda yozganlar. haqiqiy adabiy til shudir” (M.Gorkiy)1


Shunga asosan adabiyot – hayotni so’z orqali badiiy tasvirlash san’atidir.


Badiiy til jonli (umumxalq) tilning farzandi bo’lib, uning bosh vazifasi – badiiylik(obrazlilik)ni yaratishdir. Shu vazifadan kelib chiqib, jonli va adabiy nutqlarni barcha hodisalarini hissiy(estetik) tarzda umumlashtiradi.
Badiiy tilning o’ziga xos asosiy xususiyatlarini ifoda etuvchi qonuniyatlar ham bir talay:
1. Ularning eng birinchisi – obrazlilikdir. Bunga san’atkor tasvirlanayotgan voqea-hodisaning, narsa-predmetning, tug’yon-kechinmaning yaqqol qiyofasini, holatini kitobxon ko’z o’ngida jonli qilib gavdalantiradi. Oddiy kitobxon ham uni ko’radi, his etadi, tirikligiga shohidlikka o’tadi. Maxsus tasviriy vositalar, maxsus leksik boyliklar, so’z o’yinlari kabi unsurlar – obrazlilikni yaratishda bebaho vazifalarni o’taydilar.


Download 60,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish