Toshkent «noshir» 2017


Qimmatli qog‘ozlar indekslari



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Qimmatli qog‘ozlar indekslari
va ularning ahamiyati
Qimmatli qog‘ozlar bozori industriyasining muhim belgisi
indekslar (xos raqamlar) hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda
ko‘pincha «average» (o‘rtacha ko‘rsatkich) tushunchasini uch-
ratish mumkin. Ammo «average» va «index» – turlicha
tushunchalar ekanligini unutmaslik lozim. Qimmatli qog‘oz-
lar indekslari o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan qimmatli
qog‘ozlar kurslari o‘zgarishlarini yanada batafsilroq va
aniqroq hisoblash usullari qo‘llanishini ko‘zda tutadi. Bundan


204
205
Dou-Jons (Dow-Jones) indeksi
Bu dunyodagi eng taniqli va nufuzli, shuningdek, tarixiy
jihatdan sinovlardan o‘tgan indeksdir.
U birja yopilayotgan vaqtda muayyan guruh kompaniyalar
har kunlik kotirovkalarining arifmetik o‘rtacha chamalangan
ko‘rsatkichiga asoslangan. Dou-Jons indeksini hisoblash usuli
bir necha bor o‘zgargan. Hozirgi vaqtda Dou-Jonsning to‘rtta
har xil indekslari tuziladi.
1. Dou-Jons sanoat indeksi
(Dow–Jones Inlustrial
average) – 30 ta eng yirik sanoat kompaniyalari aksiyalari
kurslari harakatining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Uning tarkibiy
qismlariga Nyu-York fond birjasida kotirovka qilinadigan
barcha aksiyalar bozor qiymatining 15–20 foizi to‘g‘ri keladi.
Indeks maxsus formula bo‘yicha, birjani yopish vaqtida unga
kiritilgan aksiyalar narxini qo‘shib, olingan summani deno-
minator (aksiyalar umumiy sonini ko‘rsatadigan sondan ancha
kam bo‘lgan son)ga bo‘lish yo‘li bilan, aksiyalar va divi-
dendlarni chiqarilgan aksiyalar bozor qiymatining 10 foizidan
ortig‘ini tashkil etgan aksiyalar shaklida taqsimlashdan hosil
bo‘lgan kattalikka, shuningdek, qo‘shilish va yutish kompo-
nentlarini qoplashga to‘g‘rilab, hisoblab chiqariladi. Shu
sababli uning kattaligi aksiyalarning oddiy o‘rtacha narxiga
nisbatan ancha yuqoridir. Korrektirovka (tuzatish)lar so‘nggi
natijani buzib ko‘rsatmaslik (xaspo‘shlamaslik) uchun maxsus
ravishda qilinadi.
Indeks bandlarda kotirovka qilinadi va faqat o‘tgan vaqtda
bo‘lganiga nisbatan ma’noga ega. Undan fyuchers va optsion
kontraktlar uchun asos sifatida foydalanish man etilgan. Shub-
hasiz, agar ko‘rsatilgan formula suratiga kompaniyalarning
ancha yuqori bo‘lgan bozor narxidagi aksiyalari kiritilgan
taqdirda, indeks ko‘rsatkichi yuqori bo‘lar edi. Biroq Dou-
Jons indeksi AQSH iqtisodiyoti holatini eng to‘g‘ri aks etti-
radigan indekslardan biri hisoblanadi. Shu sababli iqtiso-
oshiriladigan operatsiyalar vaqtida foydalaniladi. Indeks bi-
timlar texnologiyasi shunga asoslanadiki, indeks kattaligining
ijobiy yoki salbiy o‘zgarishi pul koeffitsientiga ko‘paytiriladi
(AQSHda ko‘pgina indekslar uchun u 500 dollarga teng).
Olingan summa ishtirok etuvchi tomonlarning biriga to‘la-
nadi. Indeks fyucherslari va optsionlar Qimmatli qog‘oz-
larning qandaydir yetkazilib berilishini ko‘zda tutmaydi,
bitim indeksning yuqoriga yoki pastga qarab yo‘nalishi ha-
rakatidan hosil bo‘lgan farqni to‘lash orqaligina yopiladi.
Bunda fyucherslarda bu bozor belgisi yordamida yuz beradi,
ya’ni bitim natijasi kontrakt tugatilayotgan vaqtda tomon-
larning marja mavqelari bilan ifodalanadi. Indeks optsionlari
bozordagi umumiy vaziyat beqaror bo‘lib qolgan vaqtda
diversifikatsiyalangan portfellarga nisbatan himoyalash va
sug‘urtalovchi operatsiyalarni o‘tkazishga, fyucherslarga qara-
ganda, ko‘proq darajada yordam beradi. Ko‘plab muta-
xassislarning fikricha, har qanday portfelga ushbu fyucherslar
va optsionlarni qo‘shish uning o‘rtacha daromadliligini
o‘zgartirmaydi, lekin xatar darajasini talaygina pasaytiradi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish