Mytaxi startup loyixasi



Download 318,97 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi318,97 Kb.
#726304
Bog'liq
MyTaxi startup loyixasi

MyTaxi startup loyixasi

Mansurov Jamshidbek

 MyTaxi.uz - Android va IOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar yordamida mobil dastur orqali taksi chaqirish xizmati. Hozir faqat O'zbekistonning Toshkent va Farg'ona shaharlarida o'z faoliyatini olib bormoqda. Asoschisi Akmal Payziyev. Mobil dastur ilk bor 2013-yil noyabr oyida e'lon qilingan.

MyTaxi – taksi chaqirishning eng qulay usuli Taksi chaqirishning inkor etib bo‘lmaydigan o‘ziga xos muammolari doimo bo‘ladi. E’tiborsiz operator, mas’uliyatsiz yoki shunchaki yoqimsiz haydovchi va boshqa qiyinchiliklar. Biroq endi taksini operator bilan bog‘lanish zaruratisiz, manzil va mo‘ljalni uzoq va zerikarli tushuntirish hojatisiz buyurtma qilish imkoniyati bor.

Dastlab, siz ismingiz, familiyangiz, elektron pochta manzilingiz va telefon raqamingizni kiritib, ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim. Shuningdek, fotosuratingizni ilova qilsangiz ham bo‘ladi.

Keyin esa, dasturni ochsangiz, u turgan joyingizni GPS yordamida aniqlaydi va manzilingizga haydovchini jo‘natadi (unutmang, dasturdan foydalanish uchun internetga bog‘lanish zarur). Ya’ni, qayerdaligingizni va u yerga qanday borish kerakligini tushuntirib o‘tirishingiz shart emas. Haydovchining o‘zi sizni xaritada ko‘radi.

Dastur sizga mashina va haydovchi haqida kerakli ma’lumotni taqdim etadi. U yerda haydovchining nomi, reytingi, mashina rusumi va raqami keltiriladi. Masalan men ko‘pincha operator mashina yuborilganini ma’lum qilgach, aytilgan raqamni unutib qo‘yaman. Bu yerda esa siz doimo dasturga qarab, raqamni ko‘rib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz istagan vaqtingizda chaqirilgan mashina qayerda ekanligini ko‘rib turishingiz mumkin. Shunday ekan, haydovchi aslida uzoqda bo‘lsa ham, “uch daqiqada boraman” qabilidagi usullar bu yerda ish bermaydi.


Mashinaga o‘tirishingiz bilan haydovchi o‘tirish vaqtini va boriladigan manzilni kiritadi, qolgan ishlarni dasturning o‘zi bajaradi. Qancha masofa va qancha vaqtda bosib o‘tilganini ko‘rsatib turadi. Bu juda qulay, shuningdek ba’zi haydovchilarning masofani oshirib aytishi ham bu yerda o‘tmaydi.
Manzilga yetganda haydovchi smartfoningizdagi ma’lumot bilan bir xil bo‘lgan summani aytadi. Hammasi to‘g‘ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishingiz uchun raqamlarni taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Albatta, ko‘rsatilgan xizmatni baholab, boshqa yo‘lovchilarga haydovchi tanlashda yordam berishingiz yoki messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochta orqali bu haqida do‘stlaringizni xabardor qilishingiz ham mumkin.

Xizmatning afzalliklari:


Joylashgan joyingizni belgilash qulayligi
Mashina va haydovchi to‘g‘risida ma’lumot
Mashinaning tez kelishi
Haydovchini tanlash imkoniyati
Ko‘rsatilgan xizmat haqida batafsil ma’lumot
Qulay bildirishnomalar tizimi
Tez va qulay

Kamchiliklari:


Terminal yo‘q
Ma’lum vaqt uchun oldindan mashina buyurtma qilib bo‘lmaydi
Download 318,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish