8-MAVZU QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI KONYUNKTURASI. EMITETLARNI MOLIYAVIY TAHLIL QILISH Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina davlatlarda qim-
matli qog‘ozlar bozorini tahlil etish mustaqil ilmiy fan
hisoblanadi. Ushbu taxlil bo‘yicha turlicha yondashuvlarni
qo‘llaydigan bir qancha maktablar mavjud. Biroq ulardan
eng nufuzlilari fundamental tahlil maktabi (Grexem va Dod)
va texnik maktabdir.
Fundamental tahlil maktabining tarafdorlari o‘z tadqi-
qotlarini qimmatli qog‘ozlar bozori emitentlari tomonidan
ochib beriladigan buxgalteriya balansi, moliyaviy hisobotlarni
sinchiklab o‘rganishga asoslangan holda olib boradilar. Kor-
xona ish faoliyatining daromad, aktivlar, passivlar, ren-
tabellik, menejment kabi ko‘rsatkichlarini, shuningdek, maz-
kur kompaniya qaror topishga intilayotgan bozorlar holatini
bir yilning o‘zida batafsil o‘rganish asosida kompaniya
aksiyalarining narxi ularning «ichki» yoki «haqiqiy» qiymatiga
solishtirilganda oshirib yoki pasaytirib yuborilgani haqida
bosh xulosa chiqariladi. Bunday tahlil qilishdan maqsad
bozor tomonidan «qadriga yetilmagan» qimmatli qog‘ozlarni
aniqlashdir. Ushbu xulosalar asosida sarmoyadorlar u yoki
bu qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish va yilincha ushlab
turish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Texnik tahlil maktabi o‘z tadqiqotlarini keyinchalik kom-
paniyalar hisobotida bosib chiqariladigan barcha ma’lumotlar
birja kurslarining o‘zida aks ettirilgani va ular mohiyatiga
ko‘ra, fundamental tahlil o‘tkazish ahamiyatini yo‘qotgan
obyekt bo‘lib qolishi nuqtayi nazaridan olib boradi. Mazkur
— qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni
qo‘shib olib borish tartibi to‘g‘risidagi;
— qimmatli qog‘ozlar Markaziy Depozitariysi tomonidan
egasi yozilgan hujjatli (naqd) aksiyalar egalarining reestrini
qabul qilish tartibi va ularni muzlatish mexanizmi to‘g‘risidagi;
— qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirok-
chisi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshi-
rilgan operatsiyalar va bitimlarning hisobini yuritish, ularning
hisobiga oid hujjatlarni saqlash to‘g‘risidagi yangi me’yoriy-
huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi
amalga oshirilmoqda.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, Markaz tomonidan
doimiy ravishda qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari
o‘rtasida qimmatli qog‘ozlar bozoriga taalluqli bo‘lgan
masalalarga doir axborot-ma’rifiy ishlarini o‘tkazish bo‘yicha
tadbirlar amalga oshirilmoqda.