Toshkent «noshir» 2017


Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarining



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarining
himoya qilinishi
Fond bozorining davlat tomonidan nazorat qilinishi jara-
yonida litsenziyalash muhim rol o‘ynaydi. Litsenziya – bu
muayyan faoliyat turini amalga oshirish uchun (xususan,
qimmatli qog‘ozlar bozorida) ruxsatnomadir. Litsenziyalar
muvofiq yuqorida qayd etilgan komissiyaning negizida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qoshidagi
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz) tuzildi.
U viloyatlarda Davlat mulki qo‘mitasining hududiy
bo‘linmalari tarkibida o‘zining hududiy bo‘limlariga ega.
Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
— qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlan-
tirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyo-
satini amalga oshirish;
— respublikada ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar
nashrlari va fond bozori ishtirokchilarining yagona reestrini
yuritish, qimmatli qog‘ozlar bozorining tuzilmasi, uning ri-
vojlanishi haqidagi ma’lumotlar bazasini barpo etish, qim-
matli qog‘ozlar muomalasini tartibga solish, hisobga olish
va hisobotlarni tashkil qilish;
— qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining
barcha davlat organlari va subyektlar tomonidan bajarilishini
ta’minlash hamda uni nazorat qilish;
— respublika va horijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarini
chiqarish hamda ularning milliy va xalqaro bozorlarda
samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni
ta’minlovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
— qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshi-
ruvchi sarmoyadorlar — yuridik hamda jismoniy shaxslarning
huquq va manfaatlarini himoya qilish;
— sarmoyadorlar va jamoatchilikni qimmatli qog‘ozlar
bozorining ahvoli hamda uning ishtirokchilari to‘g‘risida
keng xabardor qilish;
— qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzil-
masini tashkil qilishda ishtirok etish;
— vazirliklar, idoralar, mahalliy boshqaruv idoralari, qim-
matli qog‘ozlar bozorining professional va noprofessional
ishtirokchilari faoliyatlarini muvofiqlashtirish.


192
193
ratsiyalar o‘tkazishning to‘g‘riligini nazorat qiladi, O‘zbe-
kiston hududida horijiy emitentlar qimmatli qog‘ozlarining
muomalaga kiritilishi qoidalariga va me’yorlariga rioya
etilishini nazorat qiladi, ushbu qoidalar va me’yorlarni buzgan
shaxslarga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan choralarni
qo‘llaydi.
Markaz qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada
bo‘lishini ta’minlashda bozorni barcha subyektlarining sa’y-
harakatlarini birlashtirishga da’vat etilgan organ bo‘lib, u
fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi,
mazkur bozorda professional faoliyatning amalga oshirilishiga
qo‘yiladigan yagona talablarni, qimmatli qog‘ozlar bilan
operatsiyalarni bajarish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlar bilan
operatsiyalar o‘tkazish hisobi va hisobotlarining andozalarini
ishlab chiqadi, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishti-
rokchilari birlashmalari (uyushmalari)ning faoliyatini muvo-
fiqlashtiradi hamda qonuniy va me’yoriy hujjatlarning ijro
etilishi, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, ularga ruxsat berish,
ularning muomalasi va saqlanishini birxillashtirish, hisob va
hisobotlar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish,
ushbu bozor ishtirokchilari faoliyatini nazorat qilishni ta’min-
lashga yo‘naltiradi.
Markaz qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari faoli-
yatini oldindan va keyinchalik nazorat qilish imkonini
beruvchi keng vakolatlarga ega. Xususan, u fond birjalarining
emitentlaridan ustavlar, qoidalar, tartiblar, yo‘riqnomalar,
tuzilishi va e’lon qilinishi shart bo‘lgan namunaviy hujjat-
larning nusxasini talab qilish huquqiga ega. Markaz to-
monidan emitentlar hamda fond bozorlarining boshqa
ishtirokchilari buxgalterlik hujjatlarining qimmatli qog‘ozlar
va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar haqida e’lon
qilingan axborotning turliligi nuqtayi nazardan tekshiruvlari
o‘tkazilishiga ruxsat etiladi. Markaz sarmoyadorlar va boshqa
ishtirokchilarning ularning qimmatli qog‘ozlar emissiyasi,
respublikada fond bozorini tartibga solish uchun mas’ul
bo‘lgan organ tomonidan beriladi. Bunda investitsiya muas-
sasasi yoki fond birjasi tomonidan qonun hujjatlari buzilganda
ushbu organ o‘zi bergan litsenziyani chaqirib olish yoki
uning harakatini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish haqida qaror
qabul qilishi mumkin.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish