7-MAVZU
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI.
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI TARTIBGA
SOLUVCHI DAVLAT ORGANLARI VA ULARNING
VAZIFALARI
Agar AQSH kabi mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozori
haqidagi qonun hujjatlarining vujudga kelishi jarayoniga om-
maviy mojarolar, nayrangbozlik va tovlamachiliklar jiddiy
ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, hozirgi vaqtda fond bozorining davlat
tomonidan tartibga solinishi parlamentning ushbu bozor ishti-
rokchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan suiste’molliklarga mu-
nosabati sifatida shakllangan bo‘lsa, O‘zbekistonda esa ush-
bu jarayonlar rejali ravishda, hukumat hamda bozor muno-
sabatlarining manfaatdor ishtirokchilari tashabbusi bilan,
boshqa mamlakatlar tajribalarini inobatga olib, ularning tav-
siyalaridan foydalangan holda, fond bozorini tartibga solishni
tashkil etishning o‘z modeliga ega bo‘lish bilan rivojlandi
Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga
solinishi zarurati qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishining
tarixi shundan guvohlik beradiki, qimmatli kog‘ozlar bilan
savdo qilishning me’yoriy jarayoni faqat yo fond bozori
ishtirokchilarining o‘zlari tomonidan, yoki davlat tomonidan
belgilangan aniq qoidalar mavjud bo‘lgan, shuningdek, ularga
rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilingan hollarda
amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda ushbu shartlarga
rioya etmaganlik makro va mikro darajadagi jiddiy oqibatlarga,
ba’zan umumiqtisodiy tanglikka o‘sib boruvchi global moli-
yaviy fojialarga olib kelganligiga misollar juda ko‘p tarixiy
nom chiqargan AQSHning Nyu-York fond birjasidagi 1929-
ahamiyati muddatli bitimlardan birmuncha farq qiladi. Muddatga
tuziladigan shartnomalarda (shartnomani ma’lum kelajak yil
mobaynida ijro etish bilan) bitimlar narxlari har doim ham
ko‘rsatilmaydi. U holda ushbu shartnomalar shartnoma shartlariga
ko‘ra bitim ijro etilishi lozim bo‘lgan kunda yuzaga kelgan
narxlar bo‘yicha ijro etiladi. Shunday qilib, ushbu kun
kotirovkasining narxlari brokerlar uchun nafaqat mo‘ljal, balki
bunday bitim uchun belgilangan narx bo‘lib qoladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, narxlar kotirovkasi tushun-
chasiga nafaqat talab va taklifning ta’siri ostida yuzaga ke-
ladigan bozor narxini aniqlash kiradi (tor manodagi koti-
rovka). Kotirovka tushunchasi unga talab narxi, taklif narxi,
birja kuni boshidagi narx va birja kuni yakunidagi narx,
muayyan davrdagi narxlarning eng yuqori hamda eng past
darajasi va shu kabilarning kiritilishini nazarda tutadi.
Fond birjalaridan tashqari qimmatli qog‘ozlar narxlarining
kotirovkasi dilerlar tomonidan birjadan tashqari bozorda
amalga oshirilishi mumkin. Narxlarni emitentlarning o‘zlari
tomonidan kotirovka qilinishi taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |