202
203
tashqari, odatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan farqli ravishda,
har bir indeks o‘zining bazaviy davriga ega. Turli mam
lakatlarda u yoki bu indekslarni hisoblab chiqarishning o‘ziga
xos usullari ishlab chiqilgan, biroq ularning hammasi u yoki
bu darajada iqtisodiyot ahvolining ko‘rsatkichlari – indika-
torlaridir. Indekslarning hisoblab chiqilgan mutlaq kattalik-
larining o‘zi, fond bozori qatnashchilariga hech narsa ber-
maydi. Indekslarning ayrim ko‘rsatkichlarini bazaviy yoki
oldingi kattaliklarga qiyoslangan vaqtdagina bozordagi va-
ziyatning o‘zgarish yo‘nalishlarini aniqlab olish mumkin.
Agar indeks egri chizigi yuqoriga ko‘tarilib borsa, bu davlat
iqtisodiyotida jonlanish yoki ko‘tarilish yuz berayotganidan
dalolat beradi, agar, aksincha indeks egri chizig‘i pastga
qarab yo‘nalgan bo‘lsa, bu – davlat iqtisodiyotida ishlab
chiqarishning pasayishi va tanglikning aniq belgisidir.
Indekslarni hisoblash qimmatli qog‘ozlar, odatda, ko‘p
sonli kompaniyalarning aksiyalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar indekslarini hisoblashning bir necha
usullari mavjud bo‘lib, ularning ichida eng ko‘p tarqalgani
har bir kompaniya chiqargan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar)-
ning sonini ularning narxiga ko‘paytirib, keyin hisoblash uchun
ajratib olingan qimmatli qog‘ozlar umumiy soniga bo‘lishdan
iboratdir. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga xos bo‘lgan kamchiliklarni
bartaraf etish uchun, indekslarni hisoblash vaqtida aniq statistik
formulalardan foydalaniladi. Indekslar fond birjalari, inves-
titsiya muassasalari, maxsus agentliklar va nashriyotlar, shu
jumladan, davlat muassasalari tomonidan hisoblanadi.
So‘nggi yillarda g‘arb mamlakatlarida va AQSHda bo-
zorning tarmoq, hududiy belgilar va shu kabi ayrim seg-
mentlarida (birjada yoki birjadan tashqarida) muomalada
yuradigan qimmatli qog‘ozlar, moliya vositalarining ayrim
turlari asosida tuziladigan subindekslar deb atalgan o‘rtacha
ko‘rsatkichlarning katta miqdori yuzaga keldi. Ayrim indeks-
lar arbitraj bitimlarda optsionlar va fyucherslar bilan amalga
maktab tarafdorlari o‘rganadigan bosh obyekt qimmatli
qog‘ozlarga bo‘lgan talab va taklifni tahlil etish, ya’ni qim-
matli qog‘ozlar bozorini shundayligicha, unga ta’sir etadigan
iqtisodiy, siyosiy va psixologik (ruhiy) omillardan ajratilgan
holda o‘rganishdir. Bunda narxlar harakatining maxsus
modellari yaratiladi. Shu tarzda muayyan kompaniya qim-
matli qog‘ozlarining qimmatliligi emas, balki bozordagi umu-
miy yo‘nalishlar belgilanadi, shundan kelib chiqqan holda,
u yoki bu qarorni qabul qilish tavsiya etiladi.
MDH davlatlarida, shuningdek, O‘zbekistonda ham qim-
matli qog‘ozlar tahlilchilari sifatida ko‘pincha fundamental
tahlil usullaridan foydalaniladi. Uni o‘tkazish maqsadi ham
juda xilma xildir. Bu – korxona moliyaviy ahvolini yax-
shilashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, kelgusi davrda
aktivlarni boshqarish bo‘yicha yangi strategiya tuzish, u yoki
bu emitentning aksiyalari yoki qimmatli qog‘ozlariga qo‘yil-
malarning jalb etilishini aniqlashdan iborat. Bunday tadqi-
qotlarni nafaqat investitsiya maslahatchilari, balki korxona-
larning buxgalterlari, iqtisodchilar, auditorlar va shu kabilar
ham olib boradi. Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish
jarayonida to‘lovga qobillik darajasining o‘sib borishi, likvid-
liligi, ishbilarmonligi va bozordagi faolligi o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: