35
II -qism. Viruslar molekulyar biologiyasi asoslari
3-bob. Viruslarni ajratish va biologik tozalash
YUqorida aytilganidek, eng sodda tuzilgan viruslar nukleoproteid holatida,
ya’ni virus oqsili va uning nuklein kislotasidan iborat.
Ularni minimal viruslar
ham deb ataladi. Ularga misol qilib, tamaki mozaikasi virusini olishimiz mumkin.
Bu virusni har tomonlama o‘rganilgan bo‘lib, uni birinchi marta Nobel mukofoti
sovrindori Stenli virus bilan kasallantirilgan tamaki o‘simligi barglaridan toza
holda ajratib oladi. Toza preparati olingandan so‘ng bu virusni barcha fizik-
kimyoviy xususiyatlari, shakli, arxitekturasi va boshqa nozik strukturalari
aniqlanadi. Viruslarni toza preparatini olish ularni va
ularni tarkibiy qismlarini
barcha xususiyatlarini o‘rganishga ochilgan katta qadam bo‘ldi. Afsuski, barcha
kashf qilingan viruslarni toza preparatlari haligacha to‘la ajratib olingan emas,
chunki ularni ko‘plari TMV kabi barqaror viruslarga kirmaydi. Ular beqaror
(termolabil), tashqi muhitga o‘ta sezgir, hujayrada virus miqdori o‘ta kam
miqdorda to‘planadigan viruslarga kiradi, shuning uchun ham ularni ko‘plariga
qarshi samarali kurash choralari ham ishlab chiqilgan emas. O‘z-o‘zidan
ma’lumki viruslarni hujayrada va to‘qimada yoki
ulardan ajratib olingan
“yuqumli shirada”, qisman tozalangan preparatda va nihoyat toza preparatlarga
qo‘yilgan barcha mezonlarga javob beraoladigan to‘liq tozalangan
preparatlardagina ularni barcha xususiyatlarini o‘rganish mumkin.
A.H.Vahobov
tomonidan
2004
yilda
“Virusologiyadan amaliy
mashg‘ulotlar” (10) o‘quv qo‘llanmasida bakalavr
talabalar uchun bajarishga
mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, hamda magistrlar uchun tasdiqlangan
dasturlarga moslab yozilgan laboratoriya mashg‘ulotlarida toza preparat va uni
olish usullari,
muammolari, preparatini olish usullarini optimallashtirish
masalalari
keltirilgan.
Qo‘llanmadagi umumiy virusologiya sohasida
bajariladigan laboratoriya ishlarining eng muhimlari xavfsiz va stabil bo‘lgan
fitopatogen viruslarga asoslangan holda tuzilgan. Unda viruslarni sog‘ o‘simlikga
yuqtirish, fitopagogen viruslar simptomlari, indikator o‘simliklar
vositasida
viruslarni
tadqiq
qilish
usullari,
viruslarni
tozalashning
molekulyar
virusologiyada ishlatiladigan har xil usullari, virus, uning oqsili va nuklein
kislotalarini ajratish usullari, hamda viruslarni diagnostika qilishda ishlatiladigan
tezkor va sezgir usullari xaqida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: