3.1. Viruslarni ajratib olish
3.1.1. Viruslarni to‘qimalardan ajratib olish
Virusologiya
laboratoriyasi.
Virusologiya
fanining
rivojlanishi,
viruslarning tadqiq qilishning zamonaviy, tezkor va sezgir uslublarini, jihozlarini,
asbob-uskunalarini
yaratilishi
o‘z-o‘zidan ba’zi umumiy virusologiya
metodlaridan kam foydalanishga olib keldi. Shu sababli mazkur qismda biz
bunday metodlarni chetlab o‘tdik. Virusologiya hozirgi kunda juda tez
36
rivojlanayotgan fanlardan bo‘lib, u o‘simlik, hayvon, odam, hasharot, bakteriya,
aktonomitset, zamburug‘ viruslarini, viroid va prionlarni o‘rganadi. Biz umumiy
virusologiyada qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar haqida, yuqorida aytilgandek,
asosan fitopatogen viruslar misolida so‘z yuritiladi.
Bu qismda toza preparat olish uchun virusli materialni yig‘ish va
tayyorlashda viruslarni sog‘ o‘simlikka yuqtirish, ko‘paytirish va toza virus
preparatini olish usullari, fitopatogen viruslarning simptomlari va ular asosida
identifikatsiya qilish, indikator o‘simliklar vositasida viruslarning oxirgi suyulish
darajasi (viruslarni hujayradagi miqdorini aniqlash), temperatura ta’sirida
aktivligining yo‘qotishini aniqlash kabi mashg‘ulotlar haqida fikr bildirilgan.
Keyingi ikkinchi qismida viruslarni tozalashning nazariy va turlicha amaliy
tomonlari yoritiladi. Jumladan, gelfiltratsiya, differensial sentrifugalash,
moddalarning gradient zichligida sentrifugalash, biospetsifik xromatografiya va
polakrilamid gelida elektroforez metodida tozalash kabi molekulyar virusologiya
metodlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Shu bilan bir qatorda yorug‘lik va elektron mikroskopda viruslarni tadqiq
qilish usullari hamda viruslarni immunologiya usullari yordamida aniqlashga
e’tibor qaratilib, immunologiyaning ba’zi fitovirusologiyaga oid zamonaviy,
tezkor va sezgir usullari haqida so‘z boradi.
Ushbu darslikni tuzishda viruslarni biologik, fizik, fizik-kimyoviy
xususiyatdarini o‘rganish adabiyotlarda va internetda hamda muallifning
nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalarini bajarishda olingan ma’lumotlarga
suyangan holda tayyorlandi (5; 13; 15; 35; 60).
Stenli tomonidan viruslarni toza preparatini ajratib olingandan buyon
birqancha yillar o‘tib ketdi va juda ko‘p harakatlar viruslarni tozalash va ularni
xususiyatlarini o‘rganishga qaratildi va ma’lum natijalarga erishildi, ya’ni nafaqat
ularni toza preparatlarini olish, ularni tarkibiy qismlari – nuklen kislotalari,
oqsillari va ularni ajratish, tavsiflash, birlamchi strukturalarini aniqlash, ularni
rekonstruksiyalash va genomika, proteomika fanlari va ularni metodlari
yordamida o‘rganilmoqda. Albatta, bu aytilgan masalalarni echish uchun
zamonaviy laboratoriya bo‘lishi taqazo
etiladi.
Virusologiyadan olib boriladigan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari,
ilmiy tadqiqot ishlari maxsus jihozlangan laboratoriyalarda, hayvonlar bilan
o‘tkaziladigan tajribalar vivariylarda, o‘simliklar bilan olib boriladigan tajribalar
issiqxonalarda, hayvonlar, odam, o‘simlik to‘qimalari, hujayra kulturalari
(ekmalari) va bakteriofaglar bilan o‘tkaziladigan tajribalar bakteriotsid lampalar
bilan sterillangan bokslar yoki maxsus jihozlangan xonalarda olib boriladi. Boks
oldidagi xonada boksga kirishda kiyiladigan maxsus kiyimlar saqlanadi. Boksda
eng zarur asbob-uskunalargina saqlanadi: stol, stullar, instrumentlar uchun shisha
shkaf, gaz gorelkasi, gugurt, katta-kichik qaychilar, skalpellar, pinsetlar, ignalar,
sterilizator, ishlatilgan pipetkalar saqlanadigan fenolli (2%-li) yoki xloraminli
idish, dezaktivatsiya qilish uchun ishlatiladigan fenol yoki xloraminli, ishlatilgan
materiallarni soladigan idish, 70% -li yodni spirtli eritmasi, probirkalar uchun
shtativlar, sterillangan oddiy va paster pipetkalari, steril probirkalar, oddiy va
Do'stlaringiz bilan baham: |