1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


v) Virus faolligini yo‘qotuvchi moddalar



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

v)
Virus faolligini yo‘qotuvchi moddalar. 
Virus yuqumliligiga yana uni 
faolligini yo‘qotuvchi o‘simlikdagi moddalar ham ta’sir etadi. Daraxtsimon 
o‘simliklar barglarining shiralari tanninga ega bo‘lib, ular ma’lum sharoitda 
viruslar bilan bog‘lanib, viruslarni cho‘kmaga tushiradi, natijada virus 
yuqumliligi yo‘qoladi. Ammo bunday holatlarning oldini olish uchun o‘simlik 
barglarini gomogenizatsiya qilish jarayonida pH 8 – 9 ga teng bo‘lgan bufer 
ishlatiladi va nikotin yoki kofeini bor eritmalarda eziladi. Ishqoriy muhitda 
tanninlarning virus bilan bog‘lanishi susayadi. Boshqacha usullar ham mavjud 
bo‘lib, bunda virus gomogenizatsiya qilinadigan muhitga birorta oqsil solinadi 
(masalan, kukun qilib maydalangan teri solinadi). Bu oqsil virus bilan birga 
tanninni birlashtirish uchun raqobat qiladi. Bu usul “kakao shohlarini shaklini 
o‘zgarishi virusining” bir daraxtdan ikkinchisiga o‘tkazishga imkon yaratadi. Faol 
virus olishning yana bir usuli bu tanninga boy o‘simliklardan aktiv virus olishda 
o‘simlikni tannin miqdori kam qismidan virus ajratishdir. Masalan, gultojibarglar 
va yosh ildizchalarda tannin miqdori kam bo‘ladi. 


 
 
43 
O‘simlik shiralari odatda faol oksidazalarga ega bo‘lib, ularni mahsulotlari 
viruslar faolligini yo‘qotadi. Bu holatlarni oldini olish uchun muhitga 
qaytargichlar (masalan, ditioreytol, merkaptoetanol, tioglikol kislotasi, sistein 
solyanokisliy) 
yoki 
xelatlashitiruvchi 
agentlar 
(masalan, 
natriy 
dietilditiokarbamat) solinadi. 
Ba’zi “defekt” (nuqsonli) viruslarni nuklein kislotalarini muhofazasi 
kuchsizroq bo‘ladi; bargni gomogenizatsiya qilish davrida shiradagi nukleaza va 
boshqa virus faolligini yo‘qotuvchi agentlar virus nuklein kislotasini o‘ta tez 
parchalab yuboradi. Shu sababli kerakli muhofaza amallarini qilinsa virus 
yuqumliligini qisman saqlab qolish mumkin. Jumladan, muhitga bentonit solib 
virus ajratish nukleazalarni bentonitga adsorbsiya qilinishiga olib keladi yoki 
virusni ishqoriy (pH 9,5) muhitda ekstrakatsiya qilish ham virus nuklein kislotasi 
aktivligini saqlab qoladi. 
Virus yuqumliligini saqlashning yana bir yo‘li virus ajratish vaqtida virusli 
o‘simlik shirasini deproteinizatsiya qilishdir. Buning uchun o‘simlik shirasini 
+2°S da suyultirilgan bufer ishlatib uni teng hajmda suvga to‘yingan fenol bilan 
aralashtiriladi. So‘ngra aralashma sentrifuga yordamida virus nuklein kislotasiga 
ega “suvli fraksiya”ni barg qoldiqlari, fenol kabi boshqa moddalardan ajratiladi. 
Keyin esa “suvli fraksiya” sovitilgan dietil efirni bir necha hajmi bilan yaxshilab 
chayqatilib fenol qoldiqlaridan tozalanadi. Efirni yo‘qotish uchun esa undan azot 
o‘tkaziladi. Shundan so‘ng preparat inokulyasiyaga tayyor hisoblanadi. Fenol 
virus faolligigning yo‘qotuvchi agentlarni denaturatsiya qiladi va virus 
nukleoproteididan virus nuklein kislotasini ajratadi va oqsil tabiatli virus 
yuqumliligini ingibitorlarini denaturatsiya qiladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga roiya qilingan holda virus mexanik usulda 
yuqtirilganda o‘simliklarda ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng har xil simptomlar 
hosil bo‘ladi. O‘simlikni har xil turlari virus yuqishi jarayonida turlicha 
ta’sirlanadi, bu ta’sirlanish o‘simlikni irsiyatiga, virusni tipiga va hokozolarga 
bog‘liq bo‘ladi. 

Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish