27
1970 y.- V-gepatiti virusi, 1973 y.da rotaviruslar va A-gepatiti virusi, 1977
y.da delta- gepatiti viruslari ochildi.
80-yillar. L.A.Zilber tomonidan asos solingan o‘smalarni paydo bo‘lishi
viruslarga
bog‘liqligi
haqidagi
dunyoqarash
rivojlanadi.
O‘smalarni
rivojlanishiga javobgar virus qismlarini onkogenlar deb nomlandi. Virus
onkogenlari eng yaxshi model sistema ekanligi aniqlanadi, ya’ni bu sistema
sutemizuvchilar
hujayralari
onkogenetik
transformatsiyasi
mexanizmini
o‘rganishda yordam beradi.
1985 y.da Myullis polimer zanjir reaksiyasini (PSR) kashf qilgani uchun
Nobel mukofotini oladi. Bu molekulyar-genetik diagnostika metodi rekombinant
DNK olish texnologiyasini mukammallashtirib, yangi viruslarni ochilishi
imkoniyatini berdi. Quyidagi viruslar ochildi: 1983 y.da odam immuntanqisligi
virusi, 1989 y.da S-gepatiti virusi, 1995y.da PSR metodini qo‘llab G-gepatiti
viruslari ochildi.
2.4. Viruslar tabiati haqidagi konsepsiyaning rivojlanish muammolari
haqidagi fikrlar(60)
Viruslar kashf qilingandan buyon viruslar nima va ularning tabiati qanday
degan savollar birqancha yillardan buyon baxslashishlarga sabab bo‘lib kelgan
(
65). 20 – 30 yillarda viruslarni tirik materiya ekanligi to‘g‘risida hechkim
shubhalanmagan. 1930 – 40 yillarga kelib viruslar bu mikroorganizmlar, chunki
ular ko‘payish xususiyatiga ega, irsiyatga ega, o‘zgaruvchanlikga ega, yashash
muhit o‘zgarishiga moslashaoladigan tabiiy va suniy tanlanadigan biologik
evolyusiya bilan ta’minlangan, degan fikrlar hukm surgan bo‘lsa, 60-yillarga
kelib molekulyar biologiyaning rivoji viruslarni organizm deb hisoblagan bu
konsepsiyani noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsataboshladi. Viruslarni ontogenetik siklida
- hujayradan tashqari va hujayraviy ikki formasini ajratildi. Hujayradan tashqari
formasini
virion
deb nomlandi. Virionning tuzilishi hujayra tuzilishidan
farqliligi ko‘rsatildi. Viruslarni ko‘payishi hujayranikidan tubdan farqlanishi va
ularni ko‘payishini dis’yunktiv reproduksiyalanish deyildi. Dis’yunktiv ko‘payish
deganda viruslarni tashkil qiluvchi qismlarni, ya’ni genetik materiali va
oqsillarini vaqt va hududiy ayrim-ayrim sintezlanishi va keyingi qurilishi va
virionning shakllanishini tushuniladi. Viruslarni genetik materiali yoki DNK dan
yoki RNK dan iboratligi ko‘rsatildi. Viruslarni boshqa hayot formalaridan
farqlashning asosiy va absolyut mezoni bu ulardagi o‘z oqsil sintezlovchi
sistemasini yo‘qligidir.
To‘plangan materiallar viruslarni o‘ta kichik organizmlardan ham
kichikligini, ya’ni ular minimal organizmlar bo‘lgan mikoplazmalar, rikketsiylar
va xlamidiylardan ham kichik va o‘z oqsil sintezlovchi sistemalariga ega
bo‘lmagan agent ekanligini ko‘rsatdi.
V.M.Jdanovning viruslarni tabiati haqidagi fikri bo‘yicha: “ viruslar faqat
tirik hujayralardagina hayot faoliyati kechadigan, ularning nuklein kislotasining
sintezlanishi hujayraga qisman(har xil darajada) bog‘liq bo‘lgan, hujayraning
Do'stlaringiz bilan baham: |