21
oshadi) – differensial sentrifugalash viruslarni ajratish va tozalashda keng
qo‘llanilmoqda.
1939 y. da viruslarni o‘rganishda birinchi marta elektron mikroskop
ishlatildi, bu mikroskoplarni ko‘rsatish imkoni 0,2-0,3 nm bo‘lgan. To‘qimalarni
o‘ta yupqa kesmalarini olish va ishlatish va viruslarni suvli suspenziyalarini
negativ kontrastlash metodlarini ishlatish virus va hujayra orasidagi munosabatni
hamda virionlarni strukturalarini (arxitekturasini) o‘rganish imkoniyatini berdi.
Elektron mikroskopda olingan kristallar va psevdokristallar haqidagi
ma’lumotlarni rengenstruktura analizi yordamida birmuncha kengaytirildi.
Elektron mikroskopni takomillashtirilishi viruslarni skanirlash yordamida
ma’lum hajmdagi shaklini ko‘rish imkonini berdi. Elektron mikroskop
yordamida viruslarni arxitekturasini, ayniqsa, viruslarni hujayraga kirish jarayoni
mukammal o‘rganildi.
Bu davrga kelib viruslarni asosiy qismlari kashf qilindi. Misol tariqasida
quyidagilarni keltirish mumkin: 1931 y. cho‘chqa grippi virusi va otlarni g‘arbiy
ensefaliti viruslari, 1934 y. parotit virusi, 1936 y. – sichqonlar sut bezlari raki
virusi, 1937 y.- kana ensefaliti viruslari aniqlandi.
40-yillar: 1940 y.da Xogland safdoshlari bilan ospovaksina virusini faqat
DNK tutishini isbotladi. Viruslarni bakteriyalardan yana bir farqli tomoni ularda
faqat bir tipdagi nuklein kislotaning mavjudligi (DNK yoki RNK) aniqlandi.
1941 y.da amerika olimi Xerst tomonidan gripp virusi modelida
gemagglyutinatsiya fenomenini ochildi (eritrotsitlarni yopishishi). Bu kashfiyot
viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish va virus va hujayra orasidagi
munosabatlarni o‘rganish asosini tashkil qildi. Gemagglyutinatsiya metodi
ko‘pgina metodlar asosini tashkil etdi: RGA – (reaksiya gemagglyutinatsiya) –
viruslarni aniqlash va titrlashda qo‘llaniladi, RTGA –( reaksiya tormojeniya
gemagglyutinatsii), 1942 y.da – Xerst gripp virusida ferment borligini aniqlaydi
va u keyinchalik neyraminidaza fermenti ekanligi isbotlanadi. 1949 y. da hayvon
to‘qimalari hujayralarini sun’iy muhitda o‘stirish imkoniyatining borligi kashf
qilindi.
1952 y.da Enders, Ueller va Robinslar hujayralarning o‘stirish metodini
ishlab chiqqanlari uchun Nobel mukofotini olishdi. Bu metodni virusologiyada
yo‘lga qo‘yilishi virus vaksinalarni o‘stirish (ko‘paytirish) yo‘li bilan olish
imkoniyatini berdi.
Hozirgi kunda “attenurilangan” virus shtammlari asosida o‘stirilgan tirik
va o‘ldirilgan vaksinalarni yaratish keng yo‘lga qo‘yilgan, poliomielit, parotit,
qizamiq va qizilcha (krasnuxa) lar vaksinalarini shu qatorga kiritish mumkin (1-
jadval).
1-jadval
Viruslarni kashf qilinishi viruslarni tadqiq qilish metodlarini ishlab
chiqilishiga bog‘liqligi (60)
Do'stlaringiz bilan baham: |