25
1983
odam immuntanqisligi virusi
PSR metodi ochilishi
1985
qator virusmlar ochildi:
1989
S-gepatiti virusi
PSR metodi
1995
G-gepatiti viruslari
Poliomielitga qarshi vaksinalarni amerika virusologi Sebin (attenuirlash
asosida poliovirus shtammlarining uchta serotipiga uch valentli tirik vaksina) va
Solk (o‘ldirilgan uch valentli vaksina) lar tomonidan yaratildi. Poliomielitga
qarshi tirik va o‘ldirilgan vaksinalarni yaratish texnologisi Rossiya virusologlari
CHumakov va Smorodinsevlar tomonidan ishlab chiqildi.
1945 y. da Qrim gemorragik isitmasi virusi, 1948 y.
Koksaki viruslari
kashf qilindi.
50-yillar. 1950 y.da F. Bobbins i J. Enders lar tomonidan virusologiyada
revolyusiya qilinadi, ya’ni ular viruslarni ko‘paytirish uchun to‘qima kulturalarini
ishlatish metodini ishlab chiqishadi. Ularni bu metodi har qanday hujayra
kulturasini o‘stirish imkoniyatini yaratdi. O‘stirilgan to‘qimalarni qalinligi bir
hujayradan iborat bo‘ladi va ularda barcha hujayralarni
kasallantirish imkoni
tug‘iladi va viruslarni maksimal miqdorda ajratsa bo‘ladi, hujayra oqsillari esa
bunda minimal bo‘ladi. To‘qima kulturalarida viruslarni o‘stirganda ulardagi
virusning sitopatik ta’sirida hosil bo‘lgan xarakterli sitopatik o‘zgarishlarni –
“blyashka”lar yoki dog‘larni asboblarsiz ko‘rish va aniqlash mumkin bo‘ldi.
Ko‘p viruslar to‘qima kulturasida o‘sganda gemaadsorbsiya hodisasini
(gemagglyutinatsiyaga o‘xshash) namoyon qiladi.
Bu hodisalarni spetsifik
bo‘lishi to‘qima kulturalarida viruslarni titrlash va maxsus sivorotkalar bilan
neytralizatsiya reaksiyalarini olib borish imkoniyatini yaratdi.
Endi avvallari virus turiga qarab hayvonlarni virus kasalligiga nisbatan
sezgirlgi har xil bo‘lishi kabi chegaralar yo‘qoldi. 50 yillarda bu metod
virusologiyaning barcha tarmoqlarida keng qo‘llanildi va avval noma’lum
bo‘lgan ko‘pgina viruslar ochildi..
1952 yilda Dulbekko tomonidan tovuq
embrioni hujayralarining
monosloyida blyashkalarni titrlash metodi ishlab chiqildi. Bu metod o‘z
navbatida virusologiyaga viruslarni miqdoriy aniqlash usulini kiritdi..
Bu davr bakteriofaglarda ham katta yutuqlarga erishish davri bo‘ldi.
Lizogen faglar profagining induksiyasi isbotlandi (Lvov va b., 1950),
bakteriofaglarning yuqumliligi uning oqsiliga emas, balki faqat DNK siga
bog‘liqligi isbotlandi (Xershi va CHeyz, 1952). Umumiy
transduksiya hodisasi
kashf qilindi (Sinder, Lederberg, 1952). Frenkel-Konrat, Vilyams, Singer, 1955-
57 yy.) tamaki mozaikasi virusini rekonstruksiyalangan yuqumliligi saqlangan
zarralarini olish, 1955 y.da SHaffer va SHverdlar tomonidan poliomielit virusini
kristall holatida olindi. Mazkur yillarda quyidagi viruslar kashf qilindi: 1951 y. da
sichqonlar
leykozi va ESNO viruslari; 1953 y.da adenoviruslar; 1954 y.da
qizilcha (krasnuxa); 1956 y.da paragripp viruslari; sitomegalovirus,
respirator-
sinsitial viruslar; 1957 y.da polioma virusi; 1959 y. da argentina gemorragik
isitmasi virusi ochildi.