Solnomalar (ikkinchi kitob) Kirish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/69
Sana09.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#761648
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Bog'liq
2Chr Part

32

BOB 
Ossuriyaliklar Quddusga xavf soladi 

Shoh Hizqiyo sadoqat bilan bajargan bu ishlaridan keyin, Ossuriya shohi Sanxariv* 
Yahudoga bostirib keldi. U mustahkam shaharlarni egallab olish maqsadida ularni 
qamal qildi. 

Sanxariv Quddusga hujum qilmoqchi bo‘lganini Hizqiyo bilgach, 

lashkarboshilari va jangchilariga maslahat soldi. Ular shahar tashqarisidagi buloqlar 
oqimini to‘xtatishga qaror qildilar. 

Bir talay xaloyiq to‘planib: “Nimaga endi Ossuriya 
shohi kelib, mo‘l–ko‘l suvga ega bo‘lar ekan”, deya hamma buloqlarni va hududdan oqib 
o‘tgan irmoqni to‘xtatdi. 

Hizqiyo qat’iyat bilan ishga kirishib, buzilg
an devorni 
qurdirdi, devor ustiga minoralar o‘rnatdi. Shahar devorining tashqarisidan yana bir 
devor ko‘tartirdi. Shuningdek, Dovud qal’asining sharq tomonidagi Milloni
* tuzattirdi, 
ko‘plab qurol–
aslaha va qalqonlar yasattirdi. 

Shahardagi hamma erkaklar ustidan 
lashkarboshilar tayinlab, ularni shahar darvozasi oldidagi maydonga to‘pladi. 
Hammalariga dalda berib, shunday dedi: 

“Dadil va botir bo‘linglar, qo‘rqmanglar. 
Ossuriya shohi va uning to‘dalari oldida vahimaga tushmanglar, chunki buyuk kuch biz 
tomonda, ular tomonda emas. 

Ular tomonda insoniy qudrat bo‘lsa, biz tomonda Egamiz 
Xudodir. U bizga yordam beradi, biz uchun jang qiladi.” Yahudo shohi Hizqiyoning 
so‘zlaridan xalq ruhlanib ketdi.

Ossuriya shohi Sanxariv jamiki lashkari bilan Laxish shahrini* qamal qilgan paytda, 
o‘z a’yonlarini Quddusga —
Yahudo shohi Hizqiyo va Quddus aholisi oldiga quyidagi 
xabar bilan jo‘natdi:
10 
“Ossuriya shohi Sanxariv shunday demoqda: sizlar o‘zi nimangizga 
ishonyapsizlar? Nimaga qamalda qolgan Quddusda hanuz o‘t
iribsizlar? 
11 
Ossuriya shohi qo‘lidan Egamiz Xudo bizni qutqaradi, deb Hizqiyo sizlarni 
aldamasin. U sizlarni ochligu tashnalikdan halok qilmoqchi! 
12 
Egangizning 
sajdagohlarini* 
va qurbongohlarini yo‘q qilgan Hizqiyoning o‘zi emasmi?! U 
Yahudo xalqiga va Quddusliklarga: «Faqat bitta qurbongoh oldida sajda qilinglar, 


2 Solnomalar 
41 
yolg‘iz o‘shaning ustida qurbonliklar keltiringlar», deb aytgan ekan
*. 
13 
Nahotki 
men va otalarim boshqa yurtlarning xalqlarini nimalar qilganini bilmasangiz?! 
O‘sha xalqlarning xudolari qani?! Birortasi o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqara 
oldimi?! 
14 
Mening ota

bobolarim yer yuzidan supurib tashlagan qaysi bir 
xalqning xudosi o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqara olibdiki, Xudoyingiz sizni 
qutqara olsa?! 
15 
Endi Hizqiyoning aldovlariga uchmang
lar, u sizlarni yo‘ldan 
urmasin. Unga ishonmanglar, biror xalqning yoki shohlikning xudosi o‘z xalqini 
mening qo‘limdan yoki otalarimning qo‘lidan qutqara olmagan. Xudoyingiz kim 
bo‘libdiki, sizlarni mening qo‘limdan qutqara olsa.”
16 
Sanxarivning a’yonlari gapida davom etib, Parvardigor Egamiz va Uning quli 
Hizqiyoni haqoratladilar. 
17 
Shoh Sanxariv yozgan maktubida ham Isroil xalqining 
Xudosi 

Egamizni tahqirlab, Uni shunday so‘zlar bilan masxara qilgan edi: “Boshqa 
yurtlarning xudol
ari o‘z xalqlarini mening qo‘limdan qutqara olmagani singari, 
Hizqiyoning xudosi ham o‘z xalqini mening qo‘limdan qutqara olmaydi.” 
18 
A’yonlar bu 
gaplarini ibroniy tilida devor ustida turgan Quddus xalqiga baqirib aytdilar. Ular 
Quddusni qo‘lga kiritish niyatida aholini vahimaga solib, qo‘rqitib qo‘ymoqchi edilar. 
19 
Quddus Xudosini boshqa xalqlarning xudolari qatorida ko‘rdilar, U to‘g‘rida xuddi 
inson qo‘li bilan yaratilgan butlar haqida gapirganday gapirdilar.
20 
Shoh Hizqiyo va Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘
ambar Xudoga iltijo qilib yordam 
so‘radilar. 
21 
Egamiz farishtasini jo‘natgan edi, farishta Ossuriya shohi qarorgohidagi 
hamma bahodir jangchilarni, lashkarboshilarni va a’yonlarni qirib tashladi. Sanxariv 
sharmandalarcha o‘z yurtiga qaytib ketdi. U o‘z xudosining uyiga kirganda, o‘g‘illarining 
ba’zilari unga qilich urib o‘ldirdilar.
22 
Shunday qilib, Egamiz shoh Hizqiyoni va Quddus aholisini Ossuriya shohi 
Sanxarivning qo‘lidan va butun g‘animlari qo‘lidan qutqardi. Yahudo xalqiga Egamiz har 
tarafdan osoyishtalik ato qildi*. 
23 
Ko‘p odamlar Quddusga tashrif buyurib, Egamizga 
nazrlar, Yahudo shohi Hizqiyoga qimmatbaho tortiqlar olib keldilar. O‘sha paytdan 
boshlab hamma xalqlar Hizqiyoni yuksak darajada hurmat qiladigan bo‘ldilar.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish