© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
www.ibt.org.ru; ibt_inform@ibt.org.ru
SOLNOMALAR
(IKKINCHI KITOB)
Kirish
“Solnomalar (ikkinchi kitob)”da Isroil tarixining davomi bayon qilinadi. Garchi
“Solnomalar (birinchi kitob)” va “Solnomalar (ikkinchi kitob)”larda “Shohlar”
kitoblaridagi ko‘p voqealar takrorlansa ham, Isroil tarixi “Shohlar” kitoblaridagiga
qaraganda, bir oz boshqacharoq nuqtayi nazardan yoritiladi. Mazkur kitobda asosiy
e’tibor shoh Sulaymonga, u qurgan Ma’badga va Ma’baddagi sajda marosimlariga
qaratiladi.
“Solnomalar (birinchi kitob)” va “Solnomalar (ikkinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta
ibroniycha kitob bo‘lib, ikkala qismni bitta o‘ramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob
ikki qismga
—
“Solnomalar (birinchi kitob)” va “Solnomalar (ikkinchi kitob)”ga
bo‘lingan.
“Solnomalar (ikkinchi kitob)” shoh Sulaymon
ning hukmronligi tarixi bilan
boshlanadi. So‘ngra miloddan oldingi 586 yilda Quddus shahrining qulashigacha Yahudo
va Isroil shohliklarida yuz bergan voqealar hikoya qilinadi.
Shoh Sulaymon Isroilning dono shohi sifatida dong taratadi. “Solnomalar (ikkinch
i
kitob)”ning dastlabki qismida (1
-9
–
boblar) Sulaymon hukmronligi davridagi voqealar,
xususan, Quddusdagi Ma’badning qurilishi, Xudoga bag‘ishlanishi va ilk sajda
marosimlari haqida bayon qilinadi.
Kitobning ikkinchi qismi (10-36
–
boblar) Isroildagi shimoliy qabilalarning isyoni
bilan boshlanadi. Bu qabilalar o‘zlari mustaqil davlat tuzib, Xudoga sajda qilish uchun
Quddusdagi Ma’badga bormay qo‘yadilar. Natijada, mamlakat ikkita alohida shohlikka
—
janubda Yahudo shohligiga va shimolda Isroil shohligiga bo‘l
inib ketadi. Kitobning bu
qismida Quddusning qulashi va vayron bo‘lishigacha yuz bergan voqealar bayon
qilinadi. Mazkur kitob, “Shohlar (uchinchi kitob)” va “Shohlar (to‘rtinchi kitob)”dan
farqli ravishda, Isroil, ya’ni shimoliy shohlik to‘g‘risida kam ma’
lumot beradi.
“Solnomalar (ikkinchi kitob)”da yozilishicha, Isroil xalqi Xudodan yuz o‘girib, ko‘p
gunoh qilgan. Shuning uchun ularning tarixi bayon qilinishga arzimas edi. Mazkur
kitobda butun e’tibor Ma’baddagi sajda marosimlarini tiklagan shohlarga qara
tiladi.
“Solnomalar (ikkinchi kitob)”da, xuddi “Solnomalar (birinchi kitob)”dagi singari,
Xudoga to‘g‘ri yo‘llar bilan sajda qilish muhimligiga katta e’tibor beriladi. Yahudo
shohlari Hizqiyo va Yo‘shiyo Xudoga bo‘lgan sadoqati, qonunga itoatkorligi va ama
lga
oshirgan islohotlari tufayli yuksak obro‘ga sazovor bo‘lgan shohlar hisoblanadi.
Mazkur kitobda Quddusning vayron bo‘lishi va Yahudo xalqi Bobilga asir qilib olib
ketilishi to‘g‘risida ham hikoya qilinadi. Yahudo xalqiga berilgan umid va’dasi kitobga
yakun yasaydi. Fors shohi Kurush* asirlarga Yahudoga qaytishlari uchun ijozat berib,
ularga Ma’badni qayta qurishni buyuradi. Ma’bad Yahudo xalqi orasidagi Xudoning
huzurini bildirib, o‘tmish va kelajakni bog‘lab turadigan rishta bo‘lib xizmat qiladi.
2 Solnomalar
2
Do'stlaringiz bilan baham: |