2 Solnomalar
38
qaytadi.
7
Egasi Xudoga xiyonat qilgan ota
–
bobolaringizga va Isroillik
qarindoshlaringizga o‘xshamanglar. O‘zingiz ko‘rib turganingizday Xudo ularni
qattiq jazoladi.
8
Ota
–bobolaringiz singari qaysar bo‘lmanglar, Egamizga
bo‘ysuninglar, Uning Ma’badiga kelinglar. Egamiz Ma’badni abadiy muqaddas
qilgan. Egangiz Xudoga sajda qilinglar, ana shunda U g
‘azabidan tushadi.
9
Agar
Egamizga qaytsangiz, qarindoshu bola
–
chaqalaringizni asir qilgan bosqinchilar
ularga rahm qiladilar, uylariga qaytib kelishlariga yo‘l qo‘yadilar. Zotan, Egangiz
Xudo inoyatli va rahmdildir. Unga qaytsangiz, U sizdan yuzini o‘girmaydi.”
10
Shunday qilib, choparlar to shimoldagi Zabulun hududigacha bo‘lgan Efrayim va
Manashe hududlaridagi hamma shaharlarga kirib chiqdilar. Lekin odamlar
zaharxandalik bilan ularni masxara qildilar.
11
Faqat Osher, Manashe va Zabulun
qabilasidan ba’z
ilari itoat etib, Quddusga keldilar.
12
Yahudo xalqini esa Xudo
birlashtirib, ularga shoh va a’yonlarning ko‘rsatmasini bajarishga xohish bergan edi. Bu
ko‘rsatma Egamizning amriga asoslangan edi.
13
Ikkinchi oyda Xamirturushsiz non bayramini* nishonlash u
chun juda ko‘p xalq
Quddusga yig‘ildi.
14
Ular Quddusdagi hamma begona qurbongohlarni va hamma tutatqi
qurbongohlarini qo‘porib, Qidron soyligiga
* uloqtirib tashladilar.
15
Ikkinchi oyning o‘n
to‘rtinchi kuni esa Fisih qo‘zilarini so‘ydilar. O‘zlarini pokl
amagan ruhoniylar va levilar
uyatli ahvolda qolganidan poklanish marosimini ado etib, kuydiriladigan
qurbonliklarini Egamizning uyiga olib keldilar.
16
So‘ng ular Xudoning odami Musoning
qonuniga muvofiq Ma’badda o‘z joylarini egalladilar. Ruhoniylar levilarning qo‘lidan
qurbonlik qonini olib, qurbongohga sepdilar.
17
Xalqdan ko‘pchiligi o‘zlarini
poklamagani uchun Fisih qo‘zisini qurbon qila olmadilar. Bunday odamlarning Fisih
qo‘zisini so‘yish va Egamizga atash vazifasini levilarning o‘zlari bajardilar.
18
Efrayim,
Manashe, Issaxor va Zabulun qabilasidan kelganlarning aksariyati o‘zlarini poklamagan
bo‘lsalar–
da, Xudoning qonuniga zid ravishda Fisih taomidan tanovul qildilar. Lekin
Hizqiyo ular uchun quyidagicha ibodat qildi: “Ey Egam, muruvvating ila bu
bandalaringni kechir.
19
Ular poklanish marosimini ado etmagan bo‘lsalar–
da, ey
Egamiz, ular Senga chin yurakdan sajda qilishga qaror etganlar. Axir, Sen ota
–
bobolarining Xudosisan.”
20
Hizqiyoning ibodatini Egamiz eshitib, xalqni kechirdi, ularga
zarar yetkazmadi.
21
Quddusda to‘plangan xalq katta xursandchilik bilan yetti kun davomida
Xamirturushsiz non bayramini nishonladi. Levilar va ruhoniylar har kuni sozlarning
baland kuylari jo‘rligida Egamizni madh qildilar.
22
Hizqiyo Egamizga xizmat qilishda
mohir
lik ko‘rsatgan hamma levilarni ruhlantirdi. Xullas, xalq tinchlik nazrlarini qurbon
qildi, ota
–
bobolarining Xudosiga
—
Egamizga shukronalar aytib, yetti kun bayram
taomini tanovul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: