Oram va Isroil xalqlari Yahudo yurtiga hujum qiladi
5
Shoh Oxoz gunoh qilgani uchun, Egasi Xudo uni Oram shohining qo‘liga berdi. Oram
shohi Oxozni mag‘lub qilib, xalqidan juda ko‘pchiligini asir qilib, Damashqqa olib ketdi.
Bundan tashqari, Egamiz shoh Oxozni Isroil shohi qo‘liga berdi. Isro
il shohi
Oxozning boshiga katta qirg‘in solib, uni mag‘lub qildi.
6
Bir kunning o‘zida Isroil shohi
Ramaliyo o‘g‘li Pekax Yahudo lashkarining 120.000 bahodir jangchisini o‘ldirdi. Bunga
sabab Yahudo xalqi o‘z ota–
bobolarining Xudosi
—
Egamizni tark etgani
bo‘ldi.
7
Isroil*
xalqidan bo‘lgan bahodir jangchi Zixri shohning o‘g‘li Masiyoni, saroy boshqaruvchisi
Ozrikomni va shohning o‘ng qo‘l vaziri Elqanani o‘ldirdi.
8
Yahudo xalqi ularga
qarindosh bo‘lishiga qaramay, Isroil lashkari ulardan 200.000 nafar ayol
va o‘g‘il–
qizlarini asir qilib, katta o‘lja bilan birga, Samariyaga olib ketishdi.
Odod payg‘ambar
9
Egamizning Odod degan payg‘ambari Samariyada edi. U qaytib kelgan Isroil
lashkarini qarshilab chiqib, ularga shunday dedi:
—
Ota
–
bobolaringizning Xudosi
—
Egangiz O‘z xalqi Yahudodan g‘azablangani
uchun ularni sizning qo‘lingizga topshirdi. Sizlar esa ularni shunchalik qahr bilan
qirdingizki, ularning sadosi samolarga yetdi.
10
Shunisi yetmaganday, sizlar Yahudo va
Quddus xalqining erkagu ayolini o‘zingizga
qul qilmoqchi bo‘ldingiz. O‘zingizga bir
qarang, Egangiz Xudo oldida qilgan qilmishlaringizning hammasi turgan
–
bitgani gunoh
–
ku!
11
Endi gapimni eshiting! Asir qilgan bu qarindoshlaringizni orqaga qaytarib
yuboring. Aks holda, Egamiz O‘z g‘azabini sizning
ustingizga sochadi.
12
Isroil*
xalqining ba’zi yo‘lboshchilari ham, chunonchi, Yo‘xanon o‘g‘li Ozariyo,
Mashillamo‘t o‘g‘li Barxiyo, Shallum o‘g‘li Yoxizqiyo va Hadlay o‘g‘li Emosa urushdan
qaytib kelganlarga o‘z noroziligini bildirib,
13
dedilar:
—
Asirlarni bu yerga olib kelmanglar! Biz Egamizga qarshi gunoh qilib, Uning
qahrini keltirib bo‘ldik. Sizlar esa shusiz ham ortib yotgan gunohimiz ustiga yana gunoh
orttirmoqchisizlar.
14
Shunda sipohlar Isroil a’yonlari va butun jamoa oldida asirlarni ozod qili
b,
o‘ljalarni topshirdilar.
15
Yuqorida nomlari aytilgan to‘rtta yo‘lboshchi asirlarning
orasidagi yalang‘och bo‘lganlarning hammasiga o‘lja olingan narsalardan ust–
bosh,
oyoq kiyim berdilar, yedirdilar, ichirdilar, yaralariga moy surtdilar. Keyin zaiflarni
eshaklarga mindirib, asirlarning hammasini Yahudoga qarashli palma shahri Yerixoga
olib bordilar. So‘ng Samariyaga qaytib keldilar.
2 Solnomalar
35
Do'stlaringiz bilan baham: |