Tohir ibn Husayn
boshliq Xuroson va
Movarounnahr mulkdorlari unga yordam berdilar.
813-yili
ular Bag'dodga
yurish qiladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o'tqizila-
di.
Buning evaziga Tohir
821-yili
Xuroson va
Movarounnahr noibi etib
tayinlanadi. Ma’mun Movarounnahr zodagonlarining
ham yordamini
unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim
shahar va viloyatlarga
noib qilib tayinlaydi. Nuhga
Samarqand,
Ahmadga
Farg‘ona,
Yahyoga
Shosh
va
Ustrushona,
llyosga esa
Hirot
tegadi.
Buning evaziga aka-
uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ni
tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.