Insonparvarlikni yuksak namunasi Annotatsiya



Download 25,09 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi25,09 Kb.
#231718
  1   2
Bog'liq
shomahmudovlar oilasi


Insonparvarlikni yuksak namunasi

Annotatsiya: ushbu maqoladan shularni aniqlash mumkinki, bunda ikkinchi jahon urushining suronli kunlarda vatanimizga urush oʻchog’idan evakuatsiya qilingan bolalar va oʻzbek xalqining ularga nisbatan bagʻrikenglik va insonparvarlikni ulugʻlovchi xislatlarni koʻrib oʻtishimiz mumkin, yani buning misolida Shomahmudovlar oilasini yaqqol koʻrishimiz mumkin.

Kalit so'zlar:

Prezident Shavkat Mirziyoyev, ayniqsa, Ikkinchi Jahon urushi paytida ushbu oilaning ezgu ishlarini qayd etib, dunyoda bunday yuksak insoniy fazilatlar bilan faxrlanadigan davlatlar va millatlar kamligini aytdi. Vaqt o’tishi bilan Shomaxmudovlar oilasi ko’rsatgan qahramonlikning ahamiyati va ahamiyati yanada oshib boradi deb takidlaydi oʻz nutqida1. Tarixdan yaxshi maʼlumki, 1941 – 1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekistonlik jangchilar ham tarifga sigʻmas qahramonligini namoyon etgan. Ikkinchi jahon urushining suronli kunlarida ham oʻzbek xalqiga ham juda koʻp tashvishlar ofatlar keltirdi shuningdek, oʻsha paytlarda Chor Rossiyasi tomonidan juda ham koʻp bolalar poyezd orqali Oʻzbekistonga joʻnatilgan. Oʻzbekistonning bagʻri kengligi bu kabi bolalarni ham oʻz qaramogʻiga oldi. Oʻsha paytlarda oʻzbek xalqi och boʻlgan paytda ham bu kabi saxiylikni oʻz zimmasiga oldi. Oʻz navbatida buni ham taʼkidlab oʻtish joizki, ikkinchi jahon urush yillarida oʻzlarining yordamlarini ayashmagan bundan tashqari oʻsha paytlarda oʻzbekiston zaminida ham ocharchilik va qurgʻoqchilik bo’lgan shunga qaramay oʻzbek xalqi nafaqat rus bolalarni balki sobiq ittifoqdagi davlatlardan keltirilgan bolalarni ham oʻz zaminiga sigʻdira olgan. Oʻsha paytda 200000 dan ziyod bola Oʻzbekistonga keltirilgan ular bolalar uylariga va oilalarga joʻnatilgan. Oʻzbekistonda 4500 dan ziyod oila bolalarni asrab olgan. Bundan misol qilib oladigan boʻlsak Shomahmudovlar oilasI misolida koʻrishimiz mumkin, yaʼni bunda ikkinchi jahon urushi yillarida bolalar Oʻzbekistonga yetkazilgan sabab boqib olishga va tarbiyalashga qurbi yetaoladigan oilalar koʻngilli ravishda oʻz uylaridan panoh berishgan. Shuningdek, Shomahmudovlar ham bu kabi saxiylikni oʻz zimmasiga olgan u oʻz bolalari bilan jami 16 bolani tarbiya qilib, oq yuvib oq tarab katta qilishgan. Bu kabi Oʻzbekistonimizning bagʻri kengligini koʻrgan holda, koʻz oldimizda taniqli rejissyor, yozuvchi Shuhrat Abbosov gavdalanadi. Uning “Toshkent non shahri” filmi orqali oʻsha davr ocharchilikning yaqqol misolini koʻrishimiz mumkindir. Yoki boʻlmasa, urushdan keyingi yillarda ijod qilgan zabardast yozuvchimiz Gʻofur Gʻulom ham oʻsha davr ruhiyatini yagona “Sen yetim emassan” qissasi orqali yana bir bor koʻrishimiz mumkin2. Shuningdek, Oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga va bolalarga ham boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi. Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlangan. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz qaramogʻiga olganlar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. 113 dan ziyod harbiy kasalxona-gospitallarni ham otaliqqa olgan.



Shomahmudovlar oilasi — oʻsha paytlari insonparvarlikning yuksak namunasini koʻrsatgan oila deb hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov (1890-1970) va uning xotini Bahri Akramova (1903-1987) turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlim-tarbiya bergan. Toshkent shahri ayollarining Oʻzbekiston ayollariga qarata qardosh xalqlarning yetim qolgan va havfli joydan koʻchirib olib kelingan bolalarini tarbiyaga olish haqidagi 1942-yil yanvar murojaati ularni ham shahardagi 17-bolalar uyiga olib kelgan. Ular boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari boʻlgan 13 bola va urushdan soʻng yana 3 bolani oʻz tarbiyalariga olishgan. Bular: Habiba, Vova, Shuhrat — rus, Hamidulla — ukrain, Rafiq, Rahmatulla — tatar, Xolida — moldavan, Samugʻ — chuvash, Yoʻldosh, Ergash — yahudiy, Halima — qozoq, Qoravoy, Neʼmat, Muazzam, Hakima, Ulugʻbek — oʻzbek. Shomahmudovlar oilasi samarqandlik Samadovlar oilasi kabi insonparvarlikni va saxiylikni ulugʻlovchi oila sifatida katta jasorat va qahramonlik koʻrsatgan. Yuqorida ta’kidlab oʻtgandek „Sen yetim emassan“ badiiy filmi yaratilishiga ham Shomahmudovlar oilasi hayoti asos boʻlgan. Bu oila sharafiga Toshkentdagi Xalqlar doʻstligi maydonida Xalqlar doʻstligi monumenti oʻrnatilgan.Aytishlariga qarganda, oilaga ukrain bolasining qabul qilinishi o‘ziga xos tarixi bor. Temirchi Shomahmudovning ulkan oilasi haqidagi xabar uzoq-uzoqlarga, hatto frontgacha yetib borgan edi. Bu haqda eshitgan katta leytenant Levitskiy Shoahmad otaga bir necha yuz rubl yubordi — komandir oladigan maoshning katta qismi edi oʻsha oladigan miqdor — toki tirik ekan, yana pul yuborib turishini va’da bergan. Shomahmudovlar chinakam insonparvarlikni va saxiylikni ulug‘lovchi oila sifatida katta jasorat, qahramonlik ko‘rsatishdi. Yozuvchi Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» romani ham bu mavzuga ham daxldordir. Shomahmudovlar oilasida 16 nafar bola Samarqandlik Samadovlar oilasi 13 nafar bola va Qosimovalar esa 10 bolani parvarishlab o‘stirganlar. Shomaxmudov tarixda xayriya namunasini namoyish etgan oila bo’lib qoldi. Toshkentlik temirchi Shoahmad ota va uning rafiqasi Bahriya rus, ukrain, tatar, Moldova, chuvash, yahudiy, qozoq millatlari vakillari bo’lgan 14 nafar qiz va o’g’illarni tarbiyalashdi. Ushbu oilaning o’quvchilaridan biri Xolida opa (haqiqiy ismi Olga) hozirda poytaxt mahallalarning birida yashaydi. U hozir 82 yoshda va oʻzbek tilini yaxshi biladi. Nafaqat Xolida opa balki boshqa aka ukalar ham haligacha tirikdirlar. Bunday sahovatli va bunday bagʻri keng oʻzbek xalqining koʻrgan kechirganlari yaqqol bir tushdek oʻtib ketdi. Urush nafaqat Oʻzbekistonni chetlab oʻtmadi balki barcha mamlakatlarda qanchadan-qancha odamlar va begunoh insonlarning yostigʻini quritdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Bilamizki, eng koʻp fojiali voqealar aynan oʻsha urush yillarida bólgan va bundan omon qolgan bolalar Oʻzbekistonga yetkazilgani ularni oʻzbek xalqi insonparvarlik ruhiyati, mehribonlik va boshpanasiz qoldirmaganlari kabi ulugʻlovchi xislatlarni koʻrib oʻtishimiz mumkin. Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek xalqi ham bunga beparvo boʻlib qolmay frontga judayam koʻp mahsulotlar etiklar, shubalar, oziq ovqat mahsulotlari va shu kabi mahsulotlarni frontga joʻnatib turildi . Bunda nafaqat mahsulotlar balki, qurol-yarog’ aslahalari granamiotlar, va shunga oʻxshash turli xildagi yarog’ aslahalar mehnatkash oʻzbek xalqi tomonidan yasalib hammasini frontga safarbar etgan. Oʻsha mash’um urush qanchadan qancha odamlarni yostigʻini quritdi va yosh bolalarning ota-onasiz oʻsishiga chek qoʻydi desak hech adashmagan boʻlamiz. Shuningdek, Shomahmudovlar oilasida ham bu kabi xotiralar saqlanib qolgan. Hozirda Shomahmudovlar oilasiga atab Toshkent shahrida mahobatli bir monument yaʼni haqiqiy oʻzbek otasi va onasini koʻrishimiz mumkin3. Baxtli hayotning eng muhim sharti bu tinchlikdir. Odam tinch uxlay olmaydi, agar uning uyi devorlari ortida o’q hushtagi bo’lsa. Ammo bugungi kunda ham dunyodagi ko’plab odamlar non va suvga muhtoj. Shuning uchun biz tinchlik va osoyishtalikni, yurtimizdagi farovonlikni, mustaqilligimizni ko’z qorachig’idek asrashimiz kerak.

Xulosa

Bundan xulosa qilib aytadigan boʻlsak, oʻsha davr yani ikkinchi jahon urushi yillarida nafaqat bolalar balki katta yoshdagi keksalar ham birgalikda xavfli joydan koʻchirib oʻtkazilgan. Bu urush mobaynida oʻzbek xalqi ham mardonavor jang qilib oʻz yurti va bolalari uchun ham tik turib bergan . Shuningdek, urush yillarida och nahor qolgan bolalarga oʻzbek yani bolajon xalq oʻzining yordamini va mehribonliklarini ayashmagan. Og’ir kunlarni eslash bizni o’zbek xalqiga xos yaxshilik va xayriya qilishni o’rgatadi. ularning mohiyati va mazmuni Xotiraning o’zi kabi abadiydir!




Download 25,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish