40
Toxariston aholisi
budda diniga
e’tiqod qilgan. Toxariston
25 harfli
yozuviga
ega boïgan. U ko'ndalangiga chapdan o'ngga yozilgan. Aholisi
ip va ipak matolardan kiyingan. Tog'liklari esa po'stin va jun chakmon
kiyishgan. Aholining asosiy qismi o'troq dehqonchilik bilan shug'ullangan.
Toxaristonda, ayniqsa, qurolsozlik yuksalgan. Chokariari kamon, gurzi,
cho'qmor, xanjar, shamshir va sovutlar bilan qurollanardi. Toxaristonda
shishasozlik va to‘qimachilik ham ancha rivoj topgandi. Toxariston ko‘p
mamlakatlar bilan savdo aloqalari olib borgan, o‘z chaqa tangalari ichki
savdo muomalasida yurgan.
Fara'ona.
Farg'ona
hukmdorlari
ixshid
deb atalgan. Aholi dehqon
chilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan.
Koson, Axsikat
va
Quva
(Qubo) kabi yirik shaharlarda hunarmandchilikning turli sohalari
rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir
bo'lgan. Qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha buyumlar va
dori-darmonlarchiqarilgan. O'troq aholi bilan birqatorda chorvador aholi
ham yashagan. Qurama va Qoramozortog'lari yonbag'irlarida qadimdan
yilqichilik bilan shug'ullanilgan. Bu diyorda ko'paytirilgan otlarning dong'i
jahonga taralgan.
Choch va lloa.
Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik
mavjud bo'lgan. Manbalarda ular
Choch, lloq
nomlari bilan tilga olinadi.
Chochning markazi
Choch
shahri bo'lib, hukmdori
«tudun»
deb yuri-
tilardi. Iloqning markazi Tunkat, hokimlari dehqon deb atalardi. Choch va
lloqda sug'orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik,
ichki va tashqi savdo yuksak darajada rivojlangandi. Choch va lloq tog'lari
oltin, kumush, rangli ma’danlar, ternir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy
edi. Ipak yo'lining o'Ika orqali o'tishi Choch va lloqda ichki va tashqi sav-
do-sotiqning kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon beradi.
Choch tudunlari old tomoniga mulkdorlarning surati, orqasiga gajak
dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg'a tushirilgan
chaqa-tangalar zarb etganlar.
Boshqaruv ma’murivati.
11k o'rta asrlarda O'rta Osiyo hokimliklarida
ma’lum tartibdagi boshqaruv ma’muriyati tashkil topgandi. Boshqaruv
ma’muriyatining asosiy vazifasi fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni
o'z vaqtida yig'ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat
bo'lgan. Kirim-chiqimlar aniq va ravshan qayd etilib hujjatlashtirilgan.
Uiarga barmoq bosilib, hatto muhr bilan tasdiqlab qo'yilgan.
Shahar me’morchiliai.
Do'stlaringiz bilan baham: