TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
birlashtira olish; muloqotchanlik; lingvistik bilimlarni o‘zlashtirganlik; yangi
g‘oyalarni amalga oshirish kabi kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib,
innovatsion kompetentlilik rahbar kompetensiyasining alohida guruhiga ajratilishi
lozim. Ko‘pincha, aynan ular rahbarlarni rahbarlikning yangi darajasiga olib chiqishi
va ularni muvaffaqiyatli boshqaruvchi qilishga qodirdir.
Nazariy tahlil bo‘yicha olingan natijalarni asosli tarzda tizimlashtirish
maqsadida mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim xususiyatlarini inobatga olib
innovatsion kompetentlikning aniqlashtirilgan tarkibini maktabgacha ta’lim tashkiloti
rahbariga nisbatan qo‘llash borasida oydinlik va aniqliklar kiritildi. Ushbu maqsadda
,
biz tomonimizdan ekspert so‘rovnoma tayyorlandi, uning asosini nazariy tahlil
natijalariga ko‘ra aniqlashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining
innovatsion kompetentligi tarkibiy elementlari tashkil etdi.
So‘rovnomani o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi vakillari (59 kishi, 21,5 %), Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mutaxassislari (124
kishi, 45,3 %) hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muvaffaqiyatli rahbarlari
(91 kishi, 33,2 %) dan iborat jami 274 nafar ekspert jalb qilindi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining innovatsion kompetentligi dolzarb
tarkibini aniqlashtirish hamda ularni tasniflash uchun ekspert so‘rovnoma natijalari
yagona jadvalga umumlashtirilib, ularning faktorli tahlili amalga oshirildi va u 21 ta
tavsifni birlashtiruvchi to‘rtta statistik muhim faktorlarni ajratish imkoniyatini berdi.
Oldindan tayyorlangan vositalar yordamida ekspert baholashning (n=274)
faktorli tahlili natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy rahbari
innovatsion kompetentligining to‘rt statistik ahamiyatli: motivatsiyali-maqsadli,
axborot, funksional va tahliliy tuzilmaviy tarkibini aniqlashtirish imkoniyatini berdi.
Demak, ahamiyatliligiga ko‘ra birinchi omil quyidagi beshta tuzilmaviy tavsifni
o‘z ichiga oldi:
- innovatsion dunyoqarash va innovatsion loyihalashtirishga qiziqish (0,87);
- pedagogik innovatsiyalarga nisbatan sezuvchanlik, ularni o‘zlashtirish va
tatbiq qilish ehtiyoji (0,80);
- o‘z innovatsion faoliyatini o‘zi takomillashtirishga intilish (0,76);
- maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini innovatsion modernizatsiyalashga
motivatsiya (0,72);
- innovatsion faoliyatga qadriyatli munosabat (0,71).
Mohiyatiga ko‘ra, yuqorida keltirilgan tavsiflar jamlikda maktabgacha ta’lim
tashkiloti rahbarining innovatsion kompetentligining motivatsiyali-maqsadli sohasini
aks ettiradi. Shu sababli birinchi omil motivatsiyali-maqsadli tuzilmaviy tarkibiy
qism deb nomlandi (1-rasm).
29
Do'stlaringiz bilan baham: |