ABOUT THE PARTICIPATION OF LOCAL ENTREPRENEURS IN THE
ESTABLISHMENT OF NEW METHOD SCHOOLS IN TURKESTAN IN THE
EARLY 20
TH
CENTURY
(BASED ON NATIONAL PRESS MATERIALS)
138
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
Tayronov Yo. R. - Lecturer at the Tashkent State Pedagogical University,
Candidate of historical science
Annotation.
This article describes the involvement of local entrepreneurs in the
social-political processes in the early 20
th
century in the Turkistan region, the creation
and establishment of new method schools.
Key words:
Turkestan, school, businessman, intellectual, educated, jaded,
merchant, region, country, investor, initiative.
Rossiya imperiyasi istilosidan so‘ng barcha jabhalarda bo‘lgani kabi ta’lim
sohasida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. An’anaviy ta’lim maskanlari bilan birga
rus-tuzem va yangi usul maktablari ham vujudga keldi. Ularni tashkil etishda
taraqqiyparvarlar bilan birga bir qator mahalliy sarmoyadorlar alohida tashabbus
ko‘rsatib, moddiy jihatdan ularni qo‘llab-quvatlab turgan. Masalan, qo‘qonlik
tadbirkorlardan biri Homidboy Oxundboy o‘g‘li shaharning Xonoqoh mahallasidagi
yangi usuldagi “Mahmudiya” maktabiga o‘quvchilarining soni ortishi munosabati
bilan o‘z joylariga sig‘may qolganligi uchun yangi qurgan uch xonali imoratini
maktab foydasiga bergan va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning olqishiga sazovar
bo‘lgan
1
.
Yana bir ishbilarmon ziyolilardan namanganlik Mirzahamdam Og‘alikuf esa
marhum otasi tomonidan qurilgan masjiddagi ilm maskanini qaytadan ta’mirlab,
yangi usuldagi maktabga aylantirgan
2
.
Andijon shahrida esa tadbirkorlardan Zununboy Qutlug‘boyev 1907-yilda
zamonaviy maktab tashkil qilgan va unga marg‘ilonlik bir o‘qituvchini dars berish
uchun taklif qilgan. Biroq, uning ta’lim berish usuli o‘quvchilar va ota-onalarning
noroziligiga sabab bo‘lganida Toshkent shahridan yaxshi bilimli va katta tajribali
o‘qituvchi taklif qilinib, maktabning faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
3
.
Bu esa shahardagi boshqa taraqqiyparvar va ziyolilarning faolligini oshirib,
yangi usuldagi ta’lim maskanlari sonining ortishiga xizmat qilgan. Masalan, 1914-yil
andijonlik millatparvarlardan Mavlaviy domlaning tashabbusi bilan sarmoyador
Mullo Zayniddin ham shu xildagi maktabga asos solib, dars berishi va
yordamlashishi uchun Toshkentdan Qori Hasan Ziyoboyevni taklif qilgan. Natijada
maktab
faoliyati
yo‘lga
qo‘yilib,
o‘quvchilar, ota-onalar va atrofdagi
jamoatchilikning hurmatini qozongan.
1
Ташаккур. // Садои Фарғона, 1914, №2, 10 апрел.
2
Асир. Наманганда тўйларнинг ислоҳи ва мактаб.// Садои Фарғона, 1914, №6, 20апрел.
3
Зиёбоев А. Андижонда мактаблар.// Садои Туркистон, 1914, №3, 17 апрел.
139
Do'stlaringiz bilan baham: |