TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
Ko‘rinib turibdiki, jadidlar o‘zlarining ma’rifatparvarlik faoliyatlarini maorif
tizimini isloh qilib, yangi usul maktablarini tashkil etish, ularda yoshlarning
zamonaviy bilim olishiga imkon yaratishdan boshlagan va bu borada mahalliy
mulkdorlar ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlab turishgan. Misol uchun Farg‘ona
viloyatiga qarashli Andijon uyezdida taraqqiyparvarlardan Dadaboy Hojining
maslahati va sa’yi-harakati bilan “Chinornigi” mahallasida mahalliy savdogarlardan
biri Badalboy Hoji ham ana shunday bir ta’lim maskani barpo etib, bu yerga ham
Qori Hasan Ziyoboyevni bosh o‘qituvchilikka chaqirgan. Shu sabablarga ko‘ra qisqa
vaqt ichida Andijon shahrining o‘zida yetti-sakizta yangi usul maktablari paydo
bo‘lgan.
Toshkent shahrida ma’rifatparvarlardan biri Maxtum Yo‘ldosh hoji shaharning
Beshyog‘och daha Eshonguzar mahallasida g‘ishtdan masjid va uning yonida uch
derazali yangi usuldagi maktab qurdirgan
4
.
Shuningdek, bu davrda Shayxontohur daha Quyidevonbegi mahallasidagi
Eshonxo‘jaxonning va shu dahaning Tarnovboshi mahallasida Munavvar Qorining,
Sebzor dahasining Taxtapul mahallasida Sobirjon va Shokirjon Rahimiylarning ham
yangi usul maktablari faoliyat olib borib, o‘quvchilar bilan gavjum bo‘lgan. Ularni
ham mahalliy ishbilarmonlar va yangi tuzilgan musulmon jamiyatlari moddiy
jihatdan qo‘llab-quvvatlab turishgan
5
.
Ma’rifatparvarlar imkon qadar yangi usul maktablarining sonini oshirishga
harakat qilishsa-da, dastlabki vaqtlarda hukumatning qarshiligi tufayli ularning
miqdori nisbatan kam bo‘lgan. O‘zini Xo‘qandlik deb tanishtirgan millat
jonkuyarlaridan biri Qo‘qon shahrida yuzminglab musulmonlar yashasa ham yangi
usul maktabi yo‘qligi haqida qayg‘urib, tezda uni ochish zarurligini ta’kidlagan
6
.
U shahardagi ko‘zga ko‘ringan maktablar Salohiddin va Shoa’zim domlalarga
tegishli ekanligi, birgina, Salohiddin domlaning ta’lim maskanida 120 ta o‘quvchi
borligi va uning oylik maoshi 170 so‘mni tashkil qilishini aytib o‘tgan. Shuningdek,
bu muallim bolalar tarbiyasiga ma’suliyatsizlik bilan yondashib, olayotgan haqqini
ham oqlamayotgani uchun taraqqiyparvarlar va ota-onalarning noroziligiga sabab
bo‘lgan. Ular katta bir maktabning taqdirini bir kishiga topshirmay, balki, o‘qituvchi
jalb qilish kerakligi va 170 so‘m o‘rniga har bir muallimga 50 so‘mdan berilsa,
qolgan pulga maktabga zarur jihozlar olinsa, maqsadga muvofiqligini aytgan
7
.
Ammo ushbu tanqidga Abdulqodir Samarqandiy munosabat bildirib, haqiqatdan
ham shaharda birinchilardan bo‘lib Piyon bozori atrofida Salohiddin domla yangi
4
Абдулла Қодирий. Тошкент хабарлари ёйинки масжид ва мактаблар.// Садои Туркистон, 1914, №46
5
Тошент хабарлари. Мактабларга айона (пул).// Садои Туркистон, 1914, №1 4 апрел.
6
Хўқандлик. Қай замона қадр шулъаий бўлур экан.// Тужжор, 1907, №11, 11 ноябр.
7
Хўқандлик. Қай замона қадр шулъаий бўлур экан.// Тужжор, 1907, №11, 11 ноябр.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |