TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/1(22) birgalikda hal etish, biz uchun umumiy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yangi
avlodlar uchun kelajakni birgalikda qurishda yordam bermoqda”
1
.
2012-yil 10-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati
konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yilganidek, “O‘zbekiston o‘zining
yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlarda doimo ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat
yuritish tarafdori bo‘lib qoladi, mintaqadagi barcha dolzarb siyosiy, iqtisodiy va
ekologik muammolar o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda, amaliy muloqot va
xalqaro huquq normalari asosida hal etilishini yoqlaydi. Markaziy Osiyoning
muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz mintaqadagi davlatlar tomonidan
yechilmog‘i zarur”
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
3
,
2017-yil 19-maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan
do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
4
hamda
2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan
takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor
yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
5
Farmonlarining qabul qilinishi O‘zbekiston tashqi siyosati, jumladan,
Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlikdagi yangi davrni boshlab berdi. Markaziy
Osiyoning ikkala yirik davlati o‘rtasidagi hamkorlik xalqlarning tarixiy-madaniy
yaqinligi, o‘zaro manfaatlari asosida izchil rivojlanib ko‘p tomonlama aloqalar
ko‘rinishida muntazamlik kasb etib bormoqda. Ma’lumki, o‘zbek va qozoq xalqi
azal-azaldan do‘st va qon-qardosh xalqlardir. Madaniyati, urf-odatlari yaqin bitta
dinga e’tiqod qiluvchi bu xalqlarni bir-biridan ajratish mumkin emas. Ushbu yaqinlik
bugun davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishida ham
o‘z ifodasini topmoqda. 2017-yil 22-23-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Qozog‘istonga ilk tashrifi chog‘ida ikki davlat hamkorligining
kelajakdagi istiqbollari belgilandi va tashrif doirasida jami 840 million dollardan
1
Мирзиёев М.Ш. “Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир”. 2-жилд. – Т.: Ўзбекистон
НМИУ. 2018 й. – Б.356
2
Ўзбекистон Республикасининг Ташқи сиёсий фаолияти концепцияси. 2012 йил 10 сентябрь. // Ўзбекистон Республикаси
Олий Мажлиси палаталарининг ахборотномаси. № 9/1. 2012. – Б. 12.
3
Қаранг. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида /Расмий нашр/ Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. –Тошкент: «Адолат», 2017. –
112 б.
4
Халқ сўзи. – 2017. – 20 май.
5
“Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги тизимини тубдан такомиллаштириш ҳамда ташқи сиёсий ва ташқи
иқтисодий фаолиятнинг устувор йўналишларини амалга оширишда унинг масъулиятини кучайтириш чора-тадбирлари
тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони// https://lex.uz/docs/3611072