TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
ortiq 91 bitim imzolanganligi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganligidan
dalolat beradi
6
.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik
sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash
to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, “2017-2019-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy
hamkorlik strategiyasi”
7
hamda “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston
Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim istiqboldagi
hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi bilan birga, o‘zaro
aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosining sezilarli darajada mustahkamlanishiga
xizmat qiladi
8
. Xususan, yaqin qo‘shnichilik siyosati va ikki davlat o‘rtasidagi
hurmat, o‘zaro hamfikrlilik hamda doimiy muloqotlar – savdo-iqtisodiy
hamkorlikning poydevorini mustahkamlash, mintaqaning muhim muammolarini
muhokama qilish, shuningdek, hamkorlikning turli sohalaridagi mavjud salohiyatdan
samarali foydalanish imkonini bermoqda. 2019-yil 14-aprelda ikki davlat
rahbarlarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida turli
sohalarga oid 10 ga yaqin hujjatlarning imzolanishi hamkorlikning kelgusidagi
muhim istiqbolli loyihalarining hayotga tatbiq etilishiga xizmat qiladi.
Xususan, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish
to‘g‘risidagi memorandum, soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan
olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat
fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish, noqonuniy migratsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risidagi bitimlar hamda boshqa o‘zaro hamkorlikka doir bir qator
normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligining yangi
bosqichini rivojlantirish va mustahkamlashda muhim omil sanaladi. Natijada,
davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatda ham
ustuvor ahamiyat kasb etib, 2018-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayriboshlash
hajmi 3 milliard dollardan oshdi
9
. Albatta, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari
hamkorligining yangi bosqichida madaniy-gumanitar sohalar muhim yo‘nalish
hisoblanadi.
2018-yilda
Qozog‘istonda
O‘zbekiston yilini va 2019-yilda
O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazishga kelishib olindi. Mamlakatlar o‘rtasidagi
ushbu harakatlarning o‘ziyoq ikki xalq hamda davlatning bir-biriga bo‘lgan hurmati
cheksizligining ifodasidir
10
.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi
yildan-yilga yuksalib yangi bosqichga ko‘tarildi va davlatlararo munosabatlarning
6
Халқ сўзи. – 2017 йил – 15 сентябрь.
7
Народное слово. – 2017 йил – 24 март.
8
Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари тўплами. Т.:2017, № 3-4 сони, 43-46-бетлар.
9
Халқ сўзи. – 2019. – 17апрель.
10
Халқ сўзи. – 2017. – 17 сентябрь.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |