TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
yangi usul maktabini tashkil etish maqsadida 30 ming g‘isht olib imorat qurilishini
boshlagani haqida xabar berilgan
18
.
Va ushbu imoratning 4 ta ravoqi, 2 ta sinf rashidiy va 4 ta sinfi esa ibtidoiy
(boshlang‘ich), 2 ta muallim, 2 ta o‘rinbosari bo‘lishi, o‘qituvchilari uchun maxsus
xona ajratilishi aytib o‘tilgan.
Gazetaning 1915-yil 10-yanvar sonida esa haqiqatdan ham maktab
Samarqandning Sharofxo‘ja mahallasida Sharofboyning tashabbusi bilan tashkil
etilganligi va u 1914-yil 12-dekabrda bir necha diniy ulamolar hamda muallimlar
jumladan, Eshon To‘ra, Abdujalil qori domla, Vasliy va boshqalar ishtirokida
ochilganligi ma’lum qilingan
19
.
Ammo o‘sha kuni eski ta’lim tarafdorlari ham yig‘ilishib, yangi usuldagi bunday
maktab mahallaga kerak emasligi va avvalgidek eski maktabni talab qilib Sharofboy
huzuriga borishganda u bu taklifni darhol qabul qilib maktab joyini o‘zgartirgan (o‘z
hovlisiga ko‘chirgan-Y.T.).
Bu holatga gazeta tahririyati tanqidiy yondashib, nahotki, necha yillardan beri
xalqqa o‘z so‘zini o‘tkazib kelgan tadbirkor bunday vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ysa, -
deb Sharofboydan ranjigan. Jumladan, “...janobi Sharofboyni ushbu qilgan ishlaridan
taajjub qilamizki, necha yillardan buyon hech kim qilmagan ishni qilib Samarqand
ahliga so‘zlarini o‘tkazmoqqa yurgan odam nechuk bu xatoga yo‘l qo‘yibdilar.
Malomat ekan bilmagan odamlarga tushuntirishga harakat qilsa bo‘lar edi”
20
.
Undan tashqari, Farg‘ona viloyatiga qarashli O‘sh uyezdida tadbikor Mirzo
Fozilning g‘ayrati bilan o‘z hovlisida bir yangi usul maktabi joriy etilib, vaqtlar
o‘tishi bilan o‘quvchi bolalar ko‘payib, joy torlik qilib qolganida yonidagi mahalla
masjidning uchta xonasi qo‘shib olingan
21
.
Biroq, yana joyning torligidan o‘qish jarayonida qiyinchiliklarni ko‘rgan
mahalliy mulkdorlardan Sodiqboy o‘z mablag‘idan g‘ishtli yangi imorat qurish
maqsadida tosh va yog‘ochlarini keltirib qo‘yganida ayrim kishilarining qarshiligi
bilan bu rejalashtirilgan ish amalga oshmay qolgan.
Xulosa qilib aytganda, XX asr boshlarida har qanday og‘ir sharoit va siyosiy
to‘siqlarga qaramasdan tadbirkorlar jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyatlariga
o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan. Ko‘rib o‘tilganidek, imkoni bo‘lsa alohida
bino yoki hovlilarida, bo‘lmasa masjid va madrasalar qoshida yangi usul maktablarini
ochishga sidqidildan xizmat qilgan.
18
Туркистон хабарлари. Мактаб.// Садои Фарғона, 1914, № 44, 21 июл.
19
Мухбир. Жаҳолатпарварлик.// Садои Фарғона, 1915, № 102,10 январ.
20
Мухбир. Жаҳолатпарварлик.// Садои Фарғона, 1915, № 102,10 январ.
21
Камол Жонов. Кимга фарёд этайлик.// Садои Туркистон, 1914, №33, 12 сентябр.
143
Do'stlaringiz bilan baham: |