117
Afiika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash
yanada kuchayadi.
XIX asr o’rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya - Buyuk Britaniya va
Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnashdi. Ikkala davlat bir-biridan
yashirin ravishda O’rta
Osiyoga kirish, xonliklardagi hukmron sulolalar bilan til
topish yo’llarini qidirardi, shu maqsadda harbiy missiyalar yuborar edi. Angliya
Hindiston tomondan,
Rossiya qozoq cho’llari va Sibir tomondan harakat qilardi, o’zbek xonliklarini o’z
ta’sir doirasiga olish, o’z manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklari, tabiiy
resurslaridan
foydalanish, o’z mustamlakasiga aylantirishga intilardi. Shu boisdan
ingliz-rus raqobati kundan-kunga kuchayib bordi.
Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik
aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib
kelayotganidan xavfsiramoqda edi. Rossiyaning Turkistonni bosib olish rejalaridan
xabardor bo’lgan Angliya hukumati Rossiya rejalarini barbod qilish podshoalarini
ko’rdi. Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan josuslik ma’lumotlari to’plash maqsadida
yuborilgan E.K.Meyendorf 1824-yildayoq Buxoroda bo’lgan,
ammo maqsadiga
erishaolmay shu yerda halok bo’lgan edi. 1831-1833-yillarda mazkur kompaniya
leytenanti Aleksandr Berns Hindistondan Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo
sayyoh sifatida keladi. U yig’ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik
«Buxoroga sayohat» nomli kitob yozib, unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim
ekanimni bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib
bozordagi ahvol haqida ham tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi.
Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini
Rossiyaga qarshi
ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842-yillarda Angliya hukumati-mayor
Konollini Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi.
Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish
uchun uchchala Xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni,
ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo’shinlariga qarshi kurashish uchun qo’shin bilan
yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari bo’lmagani sababli
amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. Bularni qutqarish uchun Angliya tomonidan
Turkiya homiyligida-mayor
Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning 1843-1845-
yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi, zindondagilar qatl etiladi,
Volfning o’zi zo’rg’a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843-yilda Xivaga kelgan kapitan
Ebbot ham Angliya manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum.
Ingilizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit
berardi. Shu boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni ishlab chiqib, Afg’oniston
amirini bo’ysundirish, Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda
harbiy kuchlarni joylashtirishni rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va
118
1878-1880-yillarda Afg’onistonga ikki-marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq
Afg’onistonni bo’ysundira olmadi.
Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish,
bozorlarda ingliz tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga
zo’r berdi. Bu borada ular hind va fors savdogarlaridan keng foydalandi.
Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga
intilishi Rossiya
imperiyasini tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan
foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi.
Xonliklarning
shimoliy-g’arbiy
hududida Orenburg general-gubernatori
V.A.Perovskiy katta qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834-yilda Kaspiy
dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo-
Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845-yilda Orenburg va Yoyiq, 1847-yilda
Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Oral) harbiy istehkomlari qurildi.
Perovskiy qo’shinlari 1853-yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga molik
bo’lgan Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u yerda mustahkam o’rnashadi.
Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonida esa G’arbiy
Sibir general-gubernatori
G.Gosford hujumga tayyorlanish uchun 1847-yilda Yettisuvdagi Ulutov yaqinida
ikkita harbiy istehkom, 1848-yilda Qorabuloq qal’asini, 1854-yilda Olmati ovuli
yonida Verniy istehkomini qurib, harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860-yilda Qo’qon
xonligi hududiga qarashli harbiy istehkomlarga hujum qilib, To’qmoq, Pishpak va
boshqa qal’alarni birin-ketin bosib ola boshladi.
Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiyaning O’rta
Osiyoga e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi.
Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksand II tomonidan 1859 va 1861-
yillarda o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi
va birinchi navbatda
Qo’qon xonligini bir yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror
qilinadi. O’rta Osiyo xususidagi raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya
Rossiyaning harbiy kuch bilan O’rta Osiyoni egallashga qaratilgan harakatlarini
to’xtatib qololmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: