TDTU 32-19 guruh talabasi Bekturov Komilning
O’zbekiston tarixi fa’nidan nazorat ishi.
O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, uning sabablari va oqibatlari.
Reja:
1 Rossiya imperiyasining O’rta osiyo hududlarini egallashga intilishi.
2. O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.
3. Milliy ozodlik xarakati.
1 Rossiya imperiyasining O’rta osiyo hududlarini egallashga intilishi.
Turkiy xalqlar yashovchi bepoyon hududlarni bosib ol'ish Rossiya podshohiarining azaliy orzusi edi. Bu boradagi amaliy harakat Ivan Grozniy zamonidan boshiangan edi. U Qozon (1552), Ashtarxon (1556), Sibir (1581-1590) xonliklarini bosib oladi va endi Turkiston to'g'risida ma'lumotlar to'plashga kirishadi. Shu maqsadda, 1558-1559 yillarda Antoni Jcnkinson boshliq eichilarni Buxoroga yuborilib, josuslik ma'lumotlari to'plangani ma'lum. Rusiya hukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib, Buxoro va Xiva xonliklarining iqtisodiy va harbiy ahvolini o'rganadi.
«Sharqm egalla» siyosati; Rossiya podshoni Pyotr 1 zamomda «Sharqni egalla» siyosati yuritildi. Bu siyosatning tarkibiy qismlaridan biri Turkistonni egallash edi. Turkistonni bosib olish rejasi tuzildi. Xiva, Buxoro, Qo'qon xonliklarining g'arbiy, shimoliy va sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, xonliklarni Rossiya tobeligiga olish maqsadida katta harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. 1715— yilda sharqiy chegaralarda Buxgolts rahbarligida, 1716-1717 yillarda Xiva xonligida Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida harbiy ekspeditsiyalar tajovuzkorona harakat qildilar. 1721-1724 yillarda Florio Beneveni boshliq elchilar Buxoroda josuslik faoliyatini yuritdi. XVIII asr davomida Rus davlati qozoq va qirg'izlarning Kichik Juz, O'rta Juz, Katta Juz hududlarini o'ziga bo'ysundirib, ularning hududida o'zbek xonliklariga bostirib borishda foydalanish maqsadida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal'a va istehkomlar qurdiradi. ularga qo'shinlarini joylashtiradi.
1721-1724 yillarda Florio Beneveni boshliq elchilar Buxoroda josuslik faoliyatini yuritdi. XVIII asr davomida Rus davlati qozoq va qirg'izlarning Kichik Juz, O'rta Juz, Katta Juz hududlarini o'ziga bo'ysundirib, ularning hududida o'zbek xonliklariga bostirib borishda foydalanish maqsadida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal'a va istehkomlar qurdiradi. ularga qo'shinlarini joylashtiradi. Buyuk Britaniyaning O'rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi Rossiyani tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo'lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Xonliklarning shimoli-g'arbiy hududida Orenburg general-gubernatori V.A. Perovskiy katta qo'shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834— yilda Kaspiy dengizi qirg'og'idagi Mang'ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo-Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845— yilda Orenburg va Yoyiq, 1847— yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qityilish joyida Raim (Oral) harbiy istehkomlari quriidi.
Perovskiy qo'shinlari 1853— yilda Qo'qon xonligining strategik ahamiyatga molik bo'lgan Oqmasjid qal'asini bosib oladi va u yerda mustahkam o'rnashadi. Xonliklarning shimoli-sharqiy tomonida esa G'arbiy Sibir general-gubernatori G.Gosford hujumga tayyorlanish uchun 1847— yilda Yettisuvdagi Ulutov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 1848— yilda Qorabuloq qal'asini. 1854— yilda Olmati ovuli yonida Verniy istehkomini qurib, harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860— yilda Qo'qon xonligi hududiga qarashli harbiy istehkomlarga hujum qilib, To'qmoq, Pishpak va boshqa qal'alarni birin-ketin bosib ola boshladi.
2. O’zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.
1864 -yil may oyida Qo'qon xonligi hududiga Sharq tomondan polkovnik Chernyayev qo'mondonligidagi Rossiya qo'shinlari, G'arbdan polkovnik Verevkin qo'shinlari bostirib kirdi. Ular tomonidan Qo'qon xonligining muhim va tayanch shaharlari-Avliyoota, So'zak, Turkiston shaharlari egallandi. Bosqinchlar 1864— yil 14- iyulda Chimkentga yurish boshladilar. Bu orada Qo'qon xoni Sayyidxon va lashkarboshi Mulla Alimqul bor kuchlarini to'plab, Chimkent atrofida jangga tayyorlandiiar. Jangda Mulla Alimqul qo'shinlari g'olib chiqdi, Chernyayev qo'shinlari jangda yengilib orqaga chekinishga majbur bo'ldi, bu paytda esa Buxoro amiri Muzaffarning Qo'qon xonligi hududlariga bostirib kirganligi to'g'risida xabar olindi. Mulla Alimqul o'z qo'shinlari bilan Qo'qon himoyasiga otlanishga majbur bo'ldi. Vaziyat Chernyayevga qo'l keldi, uning qo'shinlari Orenburg otryadlari bilan Sayramda qo'shilib, 1864 yil 14 sentabrda Chimkentga yangidan yurish uyushtirdi va shaharni bosib oldi.
Chernyayev 1864— yil 2-oktabr kuni Toshkentga hujum boshladi. Toshkent mudofaachilarining mardona harakati tufayli Chernyayev qattiq mag'lubiyatga uchradi, 72 zobit va askarni yo'qotdi. Chimkentga qaytishga majbur bo'ldi. Chernyayev 1864-1865— yil qishini harbiy tayyorgarlik bilan o'tkazdi, uning qo'shinlari Sibir va Orenburgdan yetib kelgan qurol-yarog', yangi batalonlar, sapyorlar rotalari bilan to'ldiriidi. Lekin Abdurahmonbek, Saidazimboy, Soatboy kabi sotqinlar Toshkentni egatlashda Chernyayevga ko'maklashdilar. 1865— yil bahoridan Chernyayevning yangi hujumi boshlandi. 28-aprel kuni Chirchiq daryosi qirg'og'idagi Niyozbek qal'asini egailab, Toshkentni suv bilan ta'minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq daryosidan suv chiqarib beruvchi to'g'onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradi. Amirlashkar Alimqul katta qo'shin bilan Qo'qondan Toshkentga yetib keladi. Toshkent uchun shiddatli janglar bo'ldi. 9-may kuni Salar arig'i bo'yida katta jang bo'ldi. Alimqul og'ir yarador bo'ladi va halok bo'ladi. Nihoyat shahar himoyachilarining qarshiligi sindirildi, 15-iyun kuni Chernyayev Toshkentni zabt etdi. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning harbiy gubernalori etib M.Chernyayev tayinlanadi.
Chernyayev 1866— yil yanvarda Jizzaxga hujum qiladi va mag'lubiyatga uchraydi. O'zboshimchaligi uchun Chernyayev Sankt-Peterburgga chaqirib olinadi. Uning o'rniga general D.Romanovskiy tayinlanadi. Romanovskiy Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga qarshi yurish boshladi. 1866— yil may oyida Erjarda bo'lgan jangda amir Muzaffar qo'shinlari yengildi, amir Jizzaxga qochdi. Romanovskiy yurishni Xo'jand tomonga yo'naltirdi, 1866— yil 19-22- may kunlari bo'lgan qattiq janglar natijasida Xo'jandni egalladi. 1866— yil avgustda Orenburgdan general-gubernator Krijanovskiy Toshkentga keldi va Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini boshlashdi. Katta qo'shin tortib 1866— yil oktabrda O'ratepa viloyati, Zomin qal'asini bosib oldi. Jizzax uchun qattiq jang bo'ldi. 1866-yil 11-18- oktabr kunlari bo'lgan jang natijasida bosqinchilar Jizzaxni egalladi. «Xo'jand, O'ratepa, Jizzaxda qonli janglar bo'layotgan bir paytda Qo'qon xoni, Buxoro amiri qayerda edi, ular nima karomat ko'rsatdi?»,- degan tabiiy savol tug'iladi. Rossiya imperatori Aleksandr II ning 1867- yil 11- iyuldagi farmoniga binoan Turkiston general-gubernatorligi va uning tarkibida Turkiston harbiy okrugi tuzildi. General-gubernator va okrug qo'-mondoni etib general-adyutant K.P. fon Kaufman tayinlandi.
Fon Kaufman Samarqand tomon yurish boshladi. 1868— yil 1-may kuni shahar yaqinidagi Cho'ponota tepaligida Buxoro amiri qo'shinlari bilan jang qilib, ularni osongina mag'lubiyatga uchratdi, bir paytlar dovrug'i olamni tutgan Samarqand 2- may kuniyoq deyarli jangsiz dushmanga taslim bo'ldi. Buxoro amiri o'z qo'shinlarini to'plab dushmanni daf etish uchun Samarqand tomon yurdi. Fon Kaufman bu xabarni eshitib Buxoro tomon yurdi. Ikki tomon qo'shinlari Zirabuloqda 1868- yil 2- iyunda to'qnashdi, qattiq jang bo'ldi, amir qo'shinlari tor-mor etildi. Bu orada istilochilarga qarshi Samarqandda qo'zg'olon ko'tarildi. Shahrisabz, Kitob beklari Jo'rabek va Bobobek hamda amirning o'g'li Abdumalik To'ra 27-may kuni Samarqandga qo'shin bilan yetib kelib, qo'zg'olonchilar bilan birgalikda fon Kaufman tomonidan Samarqandda qoldirilgan polkovnik Nazarov va mayor Shtempel boshliq harbiy qismiar bilan qattiq jang qildilar. Jang 8 kun davom etdi. 500 kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 tasi o'ldirildi va yarador qilindi. Samarqanddagi voqealardan xabar topgan fon Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib keldi va 8 -iyun kuni shaharni yondirishga buyruq beradi. Aholi qirg'in qilindi, masjidlar va tarixiy yodgorliklar yondirildi, qadimiy noyob moddiy va ma'naviy obidalar Peterburgga olib ketildi. 1868— yil 23-iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar o'rtasida sulh bitimi imzolandi. Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi.
Xiva xonligiga yurish. Fon Kaufman 1873— yil bahorida Xiva xonligiga yurish boshladi. Ayni paytda Xivaga qarshi Orenburg, Mang'ishloq, Krasnovodsk, shuningdek, Kavkaz okrugi qo'shinlari ham yurishga kirishgan edi Xiva xoni Muhammad Rahimxon bosqinchilarga qarshi o'z qo'shinlarining Muhammadmurod devon-begi boshchiligidagi bir qismini Chorjo'y tomonga, yana bir qismini Eltuzar inoq boshchiligida Qo'ng'irot tomonga, yana bir qismini amir To'ra boshchiligida Xazoraspga, Inoqbek boshchiligidagi qismni Xo'jayliga safarbar etdi. Xon Rossiya qo'shinlariga bas kelolmasligini anglab yetgan edi. Amudaryo bo'ylarida qirg'inbarot janglar bo'ldi. 1873— yil 18-may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan o'tib Xazoraspni egalladi. Istilochi qo'shinlar Xivaga yaqinlashib qolganda Muhammad Rahimxon poytaxtni tashlab chiqadi va Izmiqsho'r tarafdagi turkman ovuliga yashirinadi. Kaufman shaharni zabt etib, xon xazinasini, moddiy-ma'naviy boyliklarni qo'lga kiritadi. 1873— yil 12-avgustda Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog'ida Kaufman bilan Rahimxon uchrashuvi bo'ladi va tarixda Gandimiyon shartnomasi deb nom olgan shartnoma imzolanadi. Shartnomaga muvofiq Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi. Xon o'zini Rossiya podshosining itoatkor xizmatkori deb tan olishga majbur bo’ldi.
Qo'qon xonligining tugatilishi. 1868— yil 13 -fevralda Kaufman va Qo'qon xoni Xudoyorxon o'rtasida shartnoma imzolangan bo'lib, xonlikning istilochilar bosib olgan hududlari Rossiya tasarrufiga o'tganligi e'tirof etilgan edi. Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni batamom bosib olish uchun 1875— yil avgustda katta qo'shinlarni urushga safarbar etdi. Nasriddinbek, lashkarboshi Abdurahmon oftobachi bosqinchilarga taslim bo'lib, ular tomonga o'tdilar. Po'latxon 1876- yil 1 –mart kuni dorga osildi, uning safdoshlari ayovsiz jazolandi. 1876— yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus farmoni bilan Qo'qon xonligi tugatildi, uning o'rniga Farg'ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga M.D.Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-guber-natorligining ma'muriy markazi etib tanlashdi. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko'chirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, ko'chalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi Yangi shahar deb ataldi.
3. Milliy ozodlik xarakati.
Turkiston o'lkasida imperiya ma'murlarining mustamlaka siyosatiga qarshi harakatlar (turli ko'rinish va miqѐslarda) Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoni bosib olayotgan paytlardayoq boshlangan bo'lsada, ular shafqatsizlarcha bostirilib borildi. 1873-1876 yillar Qo'qon xonligidagi Po'latxon boshchiligidagi qo'zg'olondan so'ng o'lkaning bir qancha hududlarida xalq ommasining norozilik harakatlari bo'lib o'tdi.
Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi hozirgi O'zbekiston va Qirg'iziston respublikalarining tog'li hududlarida ―Oloy malikasi nomi bilan mashhur bo'lgan Qurbonjon dodxox 1876- yilning oxiriga qadar bosqinchilarga qarshi kurashib kelgan. Uning qo'shinlariga qarshi yuborilgan general Skobelev boshliq rus qo'shinlari qo'zg'olonchilarga qarshi harakatlarda yengilganligi bois, mustamlakachi ma'murlar Qurbonjon dodxox bilan sulh tuzishga majbur bo'ldilar. Ana shunday harakatlardan yana biri 1878 -yilda Mingtepa (Andijon) da Yetimxon boshchiligida bo'lib o'tgan isyondir. Bu isyondan so'ng Farg'ona viloyati general-gubernatori viloyatdagi mahalliy aholidan g'ayriqonuniy soliq undiruvchilarni ishdan olib tashlashga majbur bo'lgan. 1885-90 yillarda Andijonning Qo'rg'ontepa uyezdida Darveshxon to'ra boshchiligidagi xalq harakatlari bo'lib o'tdi. Ammo, bu harakatlar rus ma'murlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi.
―Vabo isyoni‖ nomini olgan 1892 yilgi Toshkent qo'zg'oloni XIX asr oxiridagi muhim harakatlardan biri bo'ldi. Bu qo'zg'olon ko'plab tarixiy adabiyotlarda o'lkada vabo kasali tarqalishi oldini olish uchun bo'lgan harakat deb ta'riflangan bo'lsa-da, aslida bu qo'zg'olon Rossiya imperiyasining o'lkadagi mustamlakachilik siѐsatiga qarshi qaratilgan harakat bo'lib, mustamlakachilik zulmiga qarshi qaratilgan milliy ozodlik kurashining bir bosqichi edi.
1898 yil may oyida Andijonda mustamlakachi ma'murlarning zulmiga qarshi yana bir ozodlik harakati bo'lib o'tdi. Andijonning Mingtepa qishlog'ida boshlangan bu qo'zg'olon tarixda ―Andijon qo'zg'oloni‖ deb nom olgan bo'lib, unga Muhammadali Eshon – Dukchi Eshon‖ boshchilik qildi. Mustamlakachilar qo'zg'olonni shafqatsizlarcha bostirib, uning rahbarini dorga osgan bo'lsalarda, Farg'ona vodiysining Asaka, Quva, Shahrixon, O'sh, Marg'ilon kabi shahar va qishloqlarida norozilik harakatlari keng yoyildi. Ammo, rus qo'shinlari barcha harakatlarni vahshiylarcha bostirdilar.
XX asrning boshlariga kelib o'lkadagi xalq harakatlari yangi bosqichga ko'tarildi. Ayniqsa, 1900-1903 yildagi iqtisodiy inqirozlar o'lkadagi mahalliy aholining ahvoliga salbiy ta'sir etishi dehqonlarning ommaviy noroziliklariga sabab bo'ldi. Ana shunday norozilik harakatlaridan biri 1904-1907 yillarda Samarqand viloyatida bo'lib o'tdi. Bu harakatga rus mustamlakachilari orasida ―Namoz o'g'ri, xalq orasida ―Namoz botir deb nom olgan Namoz Pirimqulov boshchilik qilgan. Bu harakat Samarqand viloyatining Samarqand, Kattaqo'rg'on, Jizzax va Xo'jand uyezdlarida keng tarqalib, general-gubernator mahkamasi Namoz botir operatsiyasi uchun maxsus qo'shimcha mablag' ajratganligi bu harakat rus ma'murlarini ancha tashvishga solganligidan dalolat beradi.
Birinchi jahon urushining iqtisodiy asoratlari mehnatkash aholi bo'ynida og'ir yuk bo'lib turgan vaqtda 1916 yil 25 iyunda Nikolay II ning ―Imperiyadagi rus bo'lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonlarida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo'llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo'lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida farmoni (mardikorlikka olish) e'lon qilindi. Ushbu farmonga ko'ra Sibirь, O'rta Osiѐ, Qozog'iston va Kavkazorti xalqlaridan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan 400 ming kishi safarbar qilinishi rejalashtirilgan edi.
Turkiston general-gubernatoriga ushbu farmonni zudlik bilan amalga oshirilish buyurilib, erkak aholini yig'ish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Natijada 1916 yilning 4 iyulida savdo va hunarmandchilik markazi bo'lgan Xo'jand shahrida, undan keyin Samarqand, Jizzax, Kattaqo'rg'on, Toshkent, Qo'qon, Andijon uyezdlarida norozilik harakatlari avj oldi. Bu harakatlarning eng yirigi Jizzaxda bo'lib o'tdi. Tarixda ―Jizzax qo'zg'oloni‖ deb nom olgan bu harakatga Nazirxo'ja Eshon boshchilik qilgan. Dahshatli tus olgan ushbu qo'zg'olonni bostirish uchun Turkiston general-gubernatori Jizzaxga ikki yarim ming kishilik jazo otryadini yubordi. Ayovsiz qirg'inlar evaziga qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirildi. Xullas, Rossiya imperiyasi mustamlakachilari O'rta Osiyo hududlarini bosib olganlaridan so'ng ular zulmiga qarshi norozilik harakatlari doimiy davom etib turdi. Milliy ozodlik harakatlari dastavval mahalliy xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotidagi tengsizlik va adolatsizlikka qarshi stixiyali noroziligi sifatida shakllanib bordi. Keyinroq esa, bunday harakatlar imperiya mustamlakachiligiga butunlay barham berish, yangi mustaqil Turkiston davlatini barpo etish g'oyalari bilan bog'landiki, bunday g'oyalarning shakllanishi va yoyilishida jadidlar alohida jonbozlik ko'rsatgan edilar. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri O'rta Osiyo davlatlarining hayoti, siyosati, iqtisodiyoti, ijtimoiy tuzumi va davlatchiligidagi muayyan o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir:
1. Rossiya imperiyasining harbiy istilosi oqibatida Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari zabt etildi.
2. Hokimiyatning mustamlakachilikka asoslangan tuzilmasini o'rnatilishi oqibatida Qo'qon xonligi butunlay tugatildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi yarim mustamlakaga aylandi.
3. Imperiyaning iqtisodiy va siѐsiy hukmronligini mustahkamlashga xizmat qiladigan qonunchilik tashkilotlari paydo bo'lib, Rossiya savdo, sanoat va moliya kapitali hukmronligi o'rnatildi.
4. O'rta Osiyo va Rossiya o'rtasidagi mahsulot ayirboshlashni kengaytirish, mustamlakachilik munosabatlarini mustahkamlash hamda mintaqaning iqtisodiy tuzilmasida aniq o'zgarishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan yangi iqtisodiy sharoitlarning yaratilishi oqibatida o'lka Rossiyaning arzon xom ashyo bazasiga aylantirildi.
5. Mintaqa xalqlarining milliy-ma'naviy manfaatlari hamda qadriyatlari poymol etildi, ularning hatto, eng oddiy haq-huquqlariga ham mensimaslik kayfiyati bilan qaralib, ular ommaviy ravishda asoratga solindi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- O’zbekiston tarixi II 2015-yil
- O’zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi Akademiya 2010
- O’zbekistonning yangi ta’rixi. Turkiston Rossiya mustamlakachiligi davrida. Sharq 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |