O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Dashnoq - 1890-yilda Tiflisda 
tashkil etilgan «Dashnaktsutyun» («Ittifoq») arman milliy partiyasi a’zosi. 
Dashnoqlarning bir qismi 1915-yilgi turk-arman qrig’inida qo’chib Turkistonga 
kelgan edilar.
). Ayniqsa 19-21-fevral kunlari Qo’qon xalqi ustiga balo-kazo yog’ildi. 
Shahar o’t ichida yondi. Shu tariqa, Turkiston Muxtoriyati mag’lubiyatga uchradi. 
Eng dahshatliligi shuki, bu xunrezlik tagida hech bir gunohi bo’lmagan ming- 
minglab Qo’qon fuqarosi mislsiz jabr tortdi, behisob qurbonlar berdi. Qo’qonda 
sovetlar sodir etgan qonli fojiani sovet davlati arboblaridan biri D. Manjara keyinroq 
shunday deb e’tirof etgandi: “Milliy siyosatda yo’l qo’yilgan xatolarimiz tufayli 
Qo’qon muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo’qotish paytida yana bir xatoga yo’l 
qo’ydik. Qurol-yarog’i deyarli bo’lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni 
qamal qilish o’rniga, biz to’plardan o’qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli 
to’dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, nomusga tegish, qirg’in boshlandi. 
Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko’rdi”.
TASSRning tuzilishi. Sovet hokimiyati o’zining avvaldan rejalashtirgan 
sotsialistik yo’nalishdagi iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo’lini izchil amalga 
oshirishga kirishdi. Chunonchi, yer to’g’risidagi dekret asosida yerga bo’lgan xususiy 
mulkchilikni tugatish boshlandi. Shu maqsadda joylarda yer qo’mitalari tuzildi. 
Jumladan, 1918-yil kuzida Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, 
Yettisuvda 25 ta shunday qo’mitalar tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet 
ma’murlarining yer qo’mitalarini tuzish harakatini keskin norozilik bilan qarshi 


149 
oldilar. Shunga qaramasdan bolsheviklar bu yo’lni qat’iy amalga oshirishda davom 
etdilar. Buning natijasida o’lkadagi ko’plab miqdordagi yirik mulklar, xususiy yerlar 
musodara etildi va milliylashtirildi. 
Sovet hukmdorlarining yana bir hiylakorligi va ustamonligi shunda ko’rinadiki, 
ular Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda o’ziga 
xos sovet muxtor respublikasini tuzishga yo’l tutdilar. Bundan ko’zda tutilgan bosh 
maqsad - Turkistonning kelajakda mustaqil, suveren davlat bo’lib, ajralib chiqib 
ketishiga izn bermaslik edi. Sovetlar ishlab chiqqan rejaga ko’ra 1918-yilning 20-
aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo’lib o’tgan o’lka Sovetlarining V qurultoyida 
Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) tuzildi va RSFSR 
tarkibiga kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga asoslangan o’ziga xos davlat boshqaruvida 
hokimiyat funksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyorida edi. 
Qurultoyda respublikaning hokimiyat organlari: Markaziy Ijroiya Qo’mitasi (MIQ) 
va Xalq Komissarlari Soveti (XKS) saylandi. MIQning jami 36 a’zosidan atigi 9 
nafari mahalliy millat kishilari edi. Avtonom respublika MIQning raisi etib bolshevik 
P. A. Kobozev saylandi, bolshevik F. I. Kolesov boshchiligida 16 kishidan iborat 
tuzilgan XKS tarkibiga ham 3 nafar mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos. 
1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o’z safida birlashtirgan Turkiston 
Kompartiyasi tuzildi. 1919-yil-martida Turkiston Kompartiyasi huzurida Turor 
Risqulov raisligida O’lka musulmonlari byurosi tuziladi. Musbyuroning organi - 
«Ishtirokiyun» gazetasi nashr etila boshlandi, unda Turkiston ma’murlarining 
shovinistik siyosati fosh etila bordi. 
1918-yil oktabrida bo’lgan o’lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda Turkistonni RSFSRning “ajralmas, tarkibiy 
qismi” ekanligi, o’lka xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas’ulligida 
ekanligi qonunlashtirildi. 
Turkistonda 
sovet 
hokimiyatining 
tobora 
kuchayishi, 
uning 
yakkahukmronligining ortib borishi, o’lka hayotining hamma jabhalarining qattiq 
markazlashtirilishi, qattiqqo’l iqtisodiy tadbirlarning o’tkazilishi faqat mahalliy aholi 
qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo’lib qolmasdan, boshqa siyosiy 
muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi. 
1919-yil 19-yanvarida harbiy komissar K.Osipov uyushtirgan isyon natijasida 
Toshkentda 14 nafar Turkiston xalq komissarlarining otib o’ldirilishi ham buning 
aniq ifodasi bo’lgandi. Ammo tezlikda o’zlarini o’nglab olishga ulgirgan bolsheviklar 
vaziyatni o’z foydalariga o’zgartirib, sovet hokimiyatini yana saqlab qolishga 
muvaffaq bo’ldi, hokimiyat organlari yangi kadrlar bilan to’ldirildi. Rahbarlik 
lavozimlariga mahalliy millat vakillari ham jalb etila bordi. 
Moskva sovet Turkistoniga o’z ta’sirini kuchaytirish, uni har tomonlama o’ziga 
qaram qilish maqsadida 1919-yil kuzida Toshkentga alohida favqulodda vakolatlar 


150 
berilgan Turkkomissiya (Sh. Eliava - rais, V. Bokiy, F. Goloshchekin, V. Kuybishev, 
M. Frunze, Ya. Rudzutak)ni yubordi. Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya 
qurilishi ishlarini jadal sur’atlar bilan olib borish, yangi tuzumni chuqur ildiz ottirish 
edi. TASSR hayotida kechayotgan barcha ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
jarayonlar bilan bog’liq eng asosiy masalalarning birortasi ham Turkkomissiya 
a’zolarining izmisiz hal etilmas edi. 
Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qurilishida ancha 
tajriba ortirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To’raqulov, A. Rahimboyev, N. Xo’jayev, 
Q. Otaboyev, A. Ikromov, S. Segizboyev kabi yurt arboblari u yoki bu rahbariy 
mansablarda faoliyat yuritgan bo’lsalar-da, ammo ularning inon-ixtiyori moskvalik 
hukmdorlar tizginida bo’lgan. Xullas, Turkkomissiya siymosida TASSR hayotida 
zo’rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining asl mazmun-
mundarijasi mujassamlashgan edi. 
Rossiyada 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobiy o’zgarishi chorizmning yarim 
mustamlaka o’lkalari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham aks-sado 
bermay qolmadi. Avvalo, bu tobe davlatlarning Rossiya ta’siridan xalos bo’lishga 
intilishi ko’zga tashlansa, ikkinchi tomondan, mahalliy xalqning demokratik 
erkinliklar va huquqlarga ega bo’lish sari harakatlari faollashdi. 
Jumladan, Xorazmda Yosh xivaliklar harakati xonlikdagi siyosiy vaziyatni 
o’zgartirish va bir qator demokratik o’zgarishlarni yuzaga chiqarishga otlandilar. 
Yosh xivaliklar yetakchilari ishlab chiqqan manifestda konstitutsion monarxiya 
tuzish, xonning vakolatlarini cheklash, iqtisodiyot, ta’lim va madaniy xayot 
jabhalarini isloh qilish talablari ilgari surilgandi. Xivada ijtimoiy-siyosiy vaziyat 
keskin tus olayotganidan cho’chigan Isfandiyorxon (1910-1918) 1917-yil 5-aprel 
kuni manifestni imzolashga majbur bo’ldi. Manifest talablariga ko’ra xonlikda 
konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatildi. Ayni paytda tarkibi 30-50 kishidan iborat 
ruhoniylar va savdo-sanoat ahli vakillaridan saylangan Majlis va Nozirlar Kengashi 
tuziladi. Ular xalq vakilligi boshqaruvi organlari sifatida xon hokimiyati vakolatlarini 
ma’lum darajada chekladi. Manifestga muvofiq yosh xivaliklarning taniqli rahbari 
Bobooxun Salimov Majlis raisi, Matmurodov esa Nozirlar Kengashi raisi etib 
saylandilar. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan nazorat o’rnatildi. Xon temir 
yo’llar qurish, pochta-telegraf o’rnatish, yangi jadid maktablari ochish to’g’risida 
va’dalar berdi. Biroq Xiva xoni va uning atrofidagi mutaassib kuchlar bu demokratik 
o’zgarishlarni yo’qqa chiqarish, eski tartiblarni qayta tiklash payida bo’ldilar. 
1917-yil-iyuniga kelib Isfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumatining Xivadagi 
vakili, general Mirbadalov yordamiga tayanib, Matmurodov boshliq Yosh xivaliklar 
rahbarlarini qamoqqa oladi. Bu partiyaning faoliyati qonundan tashqari deb e’lon 
qilinadi. Yosh xivaliklarning ko’plari qo’lga olinib jazolanadi. Qolganlari xonlik 
hududini tark etadilar. 


151 
Xiva xonligining tugatilishi. 1917-yil kuzida Rossiyada ro’y byergan oktabr 
o’zgarishi, Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi davomida Xivada 
ham demokratik harakat yangi bosqichga qadam qo’yadi. Demokratik kuchlar, 
aholining kambag’al tabaqalari faol harakatga kela bordilar. Qo’ng’irot, Ko’hna 
Urganch, Xojayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholi qat’iy harakatlarga chiqdi. 
Buning ustiga mamlakatni boshqara olmay qolgan xonning 1918-yil yanvarida 
turkmanlar sardori Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni bosh qo’mondon etib 
tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Junaidxon tez orada 
Isfandiyorxonni qatl ettirib, o’rniga uning tog’asi, irodasiz Said Abdullani nomiga 
xon qilib ko’tarib, amalda yakka hukmdor bo’lib oldi. Junaidxonning harbiy 
diktaturasi zulmidan og’ir aziyat chekkan ko’plab aholi qo’shni Turkistonga qochib 
o’ta boshladi. Ularning ko’plari Sovetlar tayyorlagan qizil qo’shinlar safini to’ldirib 
bordi. Bularniig hammasi Sovetlarga qo’l keldi. Shu zaylda ularga qarashli 
Amudaryo bo’limida (Turtko’lda) N. A. Shaydakov va N. M. Shcherbakov 
boshchiligida shimoliy va janubiy harbiy dastalar tuzilib, xonlik tuzumini ag’darishga 
shay qilib qo’yildi. Darhaqiqat, Turkiston sovet rahnamolari yo’l-yo’riqlari asosida 
harakatga kelgan qizil qo’shinlar va shuningdek, o’zbek va turkman aholisidan 
tashkil topgan qo’zg’olon dastalari 1919-yil dekabri oxirlaridan Junaidxon rejimiga 
qarshi harbiy yurish boshlaydilar. Bu kuchlar Junaidga ketma-ket zarbalar berib, 
birin-ketin xonlik hududlarini qo’lga kiritib bordilar. 1920-yil 2-fevralda Xiva 
egallandi. 
Junaidxon qolgan-qutgan qo’shini bilan Qoraqum sahrosiga chekinadi. 
Qo’g’irchoq xon Said Abdullo taxtdan voz kechadi. Shu tariqa, sovetlar kuchi bilan 
Xiva xonligi ag’darildi va 5 kishidan iborat Inqilobiy qo’mita tuzildi. Uning tarkibiga 
Yosh xivaliklar va turkman urug’-qabilalaridan vakillar kiritildi. Inqilobiy qo’mita 
raisi etib Yosh xivaliklar rahbari D.Sultonmurodov saylandi. Tez orda Yosh 
xivaliklar ishlab chiqqan manifest e’lon qilinadi. 
1920-yilning 27-30-aprel kunlari Xivada bo’lib o’tgan xalq vakillari 
Butunxorazm qurultoyi xonlik tugatilganligi va yangidan Xorazm Xalq Sovet 
Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Qurultoy XXSRning muvaqqat 
Konstitutsiyasini qabul qildi. Qurultoy shuningdek 15 kishidan iborat hukumat - Xalq 
Nozirlar Kengashini sayladi. Yosh xivaliklar rahbarlaridan Polvonniyoz Yusupov 
uning birinchi raisi bo’ldi. Tez orada (iyunda) Rossiya bolshevik rahbarlari 
ko’magida Xorazm Kompartiyasi tashkil etilib, uning hukmronlik mavqei hayotda 
tayin etib borildi. Sovet Rossiyasi ayni paytda yangi tug’ilgan Xorazm Xalq Sovet 
Respublikasini o’z ta’sir doirasiga olish maqsadida 1920-yil 13-sentabrda XXSR 
bilan ittifoq shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma bilan birga ikkala respublika 
o’rtasida imzolangan xarbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar asosida Xorazm Xalq 
Sovet Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli harbiy, iqtisodiy va 


152 
madaniy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi. Biroq “katta og’a”ning bunday 
yordami zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining ichki ishlariga aralashish, 
uning siyosatini o’z manfaatlariga bo’ysundirish maqsadlari yotardi. Faqatgina 1921-
yil davomida Xorazm Xalq Sovet Respublikasida uch-marta (mart,-sentabr,-
noyabrda) hukumat o’zgarishi yasalib, Moskvaga ma’qul kelmagan uning tarkibi 
o’zgartirildi. O’z xalqining milliy manfaatlarini ko’zlab siyosat yuritgan Polvonniyoz 
Yusupov, M. Ibniyaminov, O. Muhammadrahimov bosh bo’lgan hukumat tarkiblari 
bekor qilindi, ularning rahbarlari asossiz qoralandi, so’ngra turli jazolarga giriftor 
etildi. 
1923-yil oktabrida bo’lib o’tgan IV Butunxorazm Sovetlari Qurultoyi Xorazm 
Xalq Sovet Respublikasini Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi va 
respublikaning yangi konstitutspyasini qabul qildi. Unda Xorazmda Sovetlar 
rahbarligida amalga oshirilgan jiddiy o’zgarishlar orqasida bu respublika endilikda 
o’z taraqqiyotining yangi, sotsialistik bosqichiga kirganligi alohida ta’kidlandi. 
Konstitutsiya yerga bo’lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi, barcha erlar umumxalq 
mulki deb e’lon etildi. Vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga olindi. Xorazm 
xalqlarining xohish-irodasiga zid tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng 
asosiysi, respublikani boshqarish jilovini tobora Sovetlar hukmronligi qo’l ostiga 
o’tib borishi, pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga 
sabab bo’ldi. 
Buxoro amirligining ag’darilishi. Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat 
Xiva xonligidagiga o’xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, vassal 
davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, 
bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu yerda 
ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga kela bordi. Mamlakatning 
ilg’or, taraqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu 
harakatlarga yetakchilik qildilar. O’z saflarida Abduvohid Burhonov, Fayzulla 
Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Muhitdin Mansurov, Po’latxo’ja 
Usmonxo’jayev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng 
xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o’zgarishlarni ro’yobga chiqarishga 
intilganlar. Ular ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion 
monarxiya tuzumi o’rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif ishini 
yaxshilash masalalariga alohida urg’u berilgandi. 
Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohiy talablari asosida amir 
1917-yil 7-aprelida ba’zi yon berishlarga borib manifest chiqarishga majbur bo’ladi. 
Manifestda soliqlarni tartibga solish, turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan iborat Majlis 
qilish, maorif, tibbiyot, sud tizimlarini yaxshilash, ma’muriy boshqarish ishlarini 
takomillashtirish kabi qator va’dalar berildi. 
Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga 


153 
qarshilik ko’rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar 
ko’chalarida qirg’in uyushtirdilar. Ko’plab islohotchilar Buxoroni tark etishga majbur 
bo’ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo’li baland keldi. 
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi Buxoro amirligi uchun 
ham jiddiy siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob g’oyasini 
boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o’z mo’ljaliga 
olgandilar. Xususan 1918-yil martida “Kolesov voqeasi” nomi bilan tarixga kirgan 
qonli voqea bunga aniq misol bo’la oladi. Turkiston sovet respublikasi hukumati raisi 
F. I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o’tkazib, 1918-yil 2-martida Kogon temir yo’li 
yoqalab qizil qo’shinlar interventsiyasini uyushtirdi. Bunga javoban Buxoro amiri 
xalqni g’azovotga chorlab, o’z qo’shinlari va g’azabga kelgan aholini urushga 
safarbar etdi. Oqibatida Kolesov xuruji sharmandalarcha mag’lub bo’ldi. Bu esa amir 
va uning arkoni davlatiga barcha demokratik kuchlardan qonli o’ch olishi uchun 
bahona bo’ldi. Ayniqsa Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg’in qilindi. Bolsheviklarinipg 
bu avantyurasi Yosh buxoroliklar uchun g’oyatda qimmatga tushdi. F.Xo’jayevning 
guvohlik berishicha, bu qirg’inda Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 
ming kishi qurbon bo’ladi. 
Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun’iy inqilob tayyorlash, 
buning uchun Turkistondan panoh topgan ko’p sonli buxorolik muhojirlarni ishga 
solish, ulardan ko’plab inqilobchi kuchlar etishtirish va ularni tashkillashtirish 
harakatida bo’ldilar. 1918-yil-sentabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari tomonidan 
Buxoro kompartiyasi va uning Markaziy Qo’mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, 
o’rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920-yil yanvarida Toshkentda F. Xo’jayev 
boshchiligida “Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining Turkiston Markaziy 
byurosi” tashkil etiladi va Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan e’tirof etiladi. 
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik 
tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq 
ommasining tub manfaatlarini ko’zlab ko’plab ijtimoiy-demokratik o’zgarishlarni 
amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. 
Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920-yil-iyundan Toshkentda chiqa boshlagan 
«Uchqun» gazetasida ham ilg’or demokratik g’oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi 
amirning hokimi mutlaq tuzumini ag’darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib 
borildi. 
Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag’darish edi. Uning rasmiy 
hujjatlari, ko’rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quyidan, mahalliy kuchlar 
tomonidan boshlanishi uqdirilgan edi. Shu bilan birga amirlikni ag’darish uchun zarur 
harbiy tayyorgarlik ham ko’rildi. M.Frunze boshliq Turkiston fronti qo’mondonligi 
tomonidan 1920-yil-iyun o’rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurollangan 
qizil qo’shinlar Buxoro chegaralariga keltirib qo’yilgan edi. Ayni paytda amirlikni 


154 
ag’darish uchun M.Frunze, V.Kuybishev, N.To’raqulov, N.Husainov, F.Xo’jayevlar 
tarkibida harbiy-inqilobiy byuro tashkil etiladi. 
1920-yil 29-avgustda Chorjuyda amir tuzumiga qarshi g’alayon boshlandi va 
Beshim Sardor boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgilangan kelishuvga binoan 
darhol sovet hukumatidan «yordam so’rab» murojaat qiladi. Bu sovet qo’shinlarining 
Buxoroga qarshi urush harakatlarini boshlashiga bahona bo’ladi. 
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sovet qo’shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil 
askar, 40 ta to’p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zixrli avtomobil, 5 ta zixrli poyezd va 
12 ta samolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo’shini bilan birga hujum 
harakatlarida 5 ming kishiga yaqin buxorolik “inqilobchi tuzilmalar” ham ishtirok 
etdilar. 
Amir lashkari son jihatidan ko’p bo’lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq uning 
qurollanish darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif holda edi. Hujumga tashlangan 
sovet qo’shinlari amirlikning Chorjuy, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa 
hududlarini egallab, Buxoroga tomon siljib bordilar. Buxoro va uning aholisi sovetlar 
hujumi chog’ida mislsiz zarar ko’rdi. Shahar ko’p bor havodan bombardimon qilindi. 
Uning ko’plab noyob osori atiqalari, tarixiy obidalari vayron etildi. 
Amir Olimxon 1920-yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo’ldi. Poytaxt 
sovet qo’shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro 
Inqilobiy qo’mitasi qo’liga o’tdi. 1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat 
Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasining birlashgan majlisi bo’ldi. Majlisda 
A.Muhitdinov boshchiligida qonun chiqaruvchi oliy organ - Butunbuxoro Inqilobiy 
qo’mitasi va Fayzulla Xo’jayev raisligida Xalq Nozirlar Kengashi (hukumat) tuzildi. 
O’sha yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. 
1921-yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o’rtasida Ittifoq shartnomasi va 
iqtisodiy bitim imzolandi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va uning Turkistondagi 
vakolatli namoyandalariga Buxoro Respublikasi ichki ishlariga bevosita aralashish, u 
yerdagi o’zgarishlarni nazorat etish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari yo’naltirish 
uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Shuningdek, Buxoro Xalq Sovet 
respublikasining asosiy rahbar tashkiloti - Buxoro Kompartiyasi RKP (b) ning viloyat 
tashkiloti maqomida faoliyat yuritardi. 
RKP (b) MQ 1922-yil mayida “Turkiston-Buxoro ishlari haqida” qaror qabul 
qildi. Unda O’rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik bilan “sotsialistik tuzumni 
mustahkamlash” qat’iy uqtirildi. Shuningdek, RKP (b) MQ ning 1923-yil 12-iyunda 
qabul qilgan Buxoro masalasiga doir maxsus qarori ham bu davlatning ichki ishlariga 
qo’pollik bilan aralashish edi. Negaki, unda Buxoroning rivojlanish jarayonini 
“sotsialistik izga” burib yuborish maqsadi ko’zda tutilgandi. Buxoro xalqining tub 
milliy manfaatlari yo’lida fidoyilik bilan faoliyat yuritgan, inqilobiy harakatlarning 


155 
faol ishtirokchilaridan bo’lgan 
A.Fitrat, M.Aminov, Otaxo’jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining 
talabi bilan respublika hukumati tarkibidan chetlatildi. Buxoro XSRning 1921-yil 
sentabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR Konstituttsiyasi andozasida 
tuzilgan edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida O’rta Osiyo 
Iqtisodiy Kengashining tuziliish va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb 
qilinishi bu uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo’ldan boy berib borilishiga 
sabab bo’ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik o’zgarishlar izchil amalga 
oshirilib borildi. 1924-yil 18-20-sentabrda bo’lib o’tgan V Butunbuxoro qurultoyi 
BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924-yilda 
o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida uning hududlari O’zbekiston va 
Turkmaniston Sovet sotsialistik respublikalari tarkibiga qo’shib yuborildi, Buxoro 
davlat sifatida tugatildi. 
Sovet hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan bu qurolli harakatning mazmun mohiyatini 
sovet mustamlakachilari muttasil buzib, soxtalashtirib keldilar. Uni sovet 
tarixshunosligida «bosmachilar harakati», «aksilinqilobiy kuchlar bosqini», «bir to’da 
yurt buzg’unchilari harakati» singari nomlarda ta’riflab kelindi. Biroq tarixiy haqiqat 
milliy istiqlol sharofati bilan to’liq tiklanib, o’z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu 
harakat sovetlar mafkurasi to’qib chiqargan shunchaki «bosmachilar» harakati emas, 
balki sovet hokimiyatining zo’ravonlikka asoslangan siyosati va amaliyotiga qarshilik 
ko’rsatish harakatidir. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish