Davlat boshqaruvi.
Qo‘qon xonligi
da quyidagi mansablar mavjud bo‘lgan:
mingboshi, otaliq, shayxulis lom,
qozikalon, q
ushbegi, mehtar, parvonachi, naqib,
dodxoh, eshik og’asi, inoq, shig’ovul, to‘qsoba, miroxur, qoravulbegi
va boshqalar.
Qo‘qon xonligida mavjud bo‘lgan harbiy unvonlar quyidagicha bo‘lgan:
mingboshi – odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin
ponsadboshi,
yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi,
zambarakchi va b. Bulardan tashqari, boshqa harbiy
mansablar ham bo‘lgan. Qo‘qonda yashagan sarboz va to‘pchilar faqat alohida
vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida bo‘lganlar. Urush davrida noib,
dodxoh o‘z qismiga harakatdagi qo‘shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga
vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan
amiri lashkar
(bosh
qo‘mondon)ga topshirardi.
XIX asrning 1-yarmida Qo‘qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi:
Sirdaryoning so‘l sohili bilan Qorategin oralig’idagi Qo‘qon viloyati; Sirdaryoning
o‘ng sohilidan to Olatovgacha bo‘lgan Namangan viloyati; Xo‘jand shahri; Xo‘jand
bilan Toshkent oralig’idagi Uratepa viloyati. Xonlikning eng shimoliy viloyati
Turkiston, Betpaqdala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga
Olay hududi, Balxash ko‘li bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oralig’idagi yerlar
kirardi. Billurtog’ning g’arbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Shug’non
singari bir qator tog’li tumanlar ham Qo‘qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni
113
qo‘qonliklar XIX asrning 30-yilllarida bo‘ysundirishgan bo‘lsa-da, ular tez-tez
qo‘ldan-qo‘lga, ko‘proq Buxoro amiri ixtiyoriga o‘tib turardi. Qo‘qon xonligi
aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Rossiya qo‘shinlari uning shimoliy- g’arbiy
viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Farg’ona vodiysi
bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib qoladi.
Qo‘qon xonligining aholisi, asosan, o‘zbeklar, tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar,
uyg’urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo‘qon xonligida ham yerga egalik qilish va
undan foydalanish turli xil bo‘lgan. Xonlikka qarashli bo‘lgan yerlar amlok yerlar,
vaqf yerlari, mulki xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar o‘rtasida yakka
dehqon xo‘jaligi ham rivojlangan. O‘z yerlaridan ajralgan kambag’al dehqonlarning
ko‘pchiligi yirik yer egalari qo‘lida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning
unumdorligi va qanchalik suv bilan ta’minlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar
sug’orish tarmoqlari katta daromad manbai bo‘lganligi sababli ma’lum darajada
ularni saqlashga, sug’orish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi e’tibor
berishgan. Qo‘qon xonligida ko‘plab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan,
bog’dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan
boy va serqirra bo‘lgan. Bular: misgarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, harbiy qurol ishlab
chiqarish, sopol va ko‘zagarlik, qog’ozgarlik, badiiy to‘qimachilik, do‘ppichilik,
kashtachilik, ko‘priksozlik, temirchilik va sh.k.
Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham ma’lum darajada qazib olingan.
Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi.
Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan
qimmatga tushardi. Qo‘qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga
ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha ma’lum
darajada rivojlana borgan.
Savdo-sotiq xonlik hayotida katta va muhim o‘rin egallagan. U ichki va tashqi
savdoga bo‘lingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qadimgi davrdan beri
o‘zaro ko‘chmanchi chorvador, o‘troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari
mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z xonligidagi
mahsulotlar bilan qondirishgan.
Xonlikning iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afg’oniston,
Eron va ayniqsa, Rossiya bilan bo‘lgan tashqi savdo katta o‘rinni egallagan. Rossiya
bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo‘qon xonligi qishloq xo‘jaligi ayrim
tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining ba’zi jihatlari aholi
turmush tarziga kira boshladi. Qo‘qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va
tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi
mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchrashiga
sabab bo‘ldi.
114
Qo‘qon, Marg’ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi,
beqasam, adras, chit, bo‘z va b.) to‘qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik
tarmoqlarida xo‘jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-
yaroqlar, zargarlik buyumlari, qog’oz va b. narsalar ishlab chiqarilgan. Yer osti
boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qo‘rg’oshin va b. ham ma’lum
miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan,
bog’dorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan.
Qo‘qon xonligi dan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam,
paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari,
metall buyumlar, qand va b. mahsulotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |