O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Dishan qal’a. 
Dishan qal’a – Tashqi qal’a Xiva shahrining rabod qismi 
hisoblanadi. Unda savdo va hunarmandchilik do‘konlari, mahallalar joylashgan. 
1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan 
saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, qalinligi esa 5-6 
metr bo‘lgan devor bilan o‘ratgan. 
Ichan qal’a 4 darvozali bo‘lsa, Dishan qal’a 10 darvozali bo‘lgan. 
XVI-XVII asrlarda Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tarkibida edi. XVIII asr 
boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan 
foydalangan jung‘orlar Farg‘ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila 
boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga 
undamoqda edi. Dastlab 1710-yilda Chust yaqinidagi Chodak qishlog‘i xo‘jalar 
jamoasi o‘z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. Vodiydagi o‘zbeklarning 
ming
urug‘i oqsoqollari yig‘ilishib, o‘z yo‘lboshchisi Shohruxbiy boshchiligida Buxoro 
xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. Shu tariqa 1710-yilda uchinch 
xonlik – Qo‘qon xonligi tashkil topdi. Qo‘qon xonligida quyidagi xonlar ketma-ket 
hukmronlik qildilar: 
Shohruxbiy (1710-1721), Abduraximbiy (1721-1733), Abdukarimbiy (1733-
1750), Abduraximxon (1750), Erdona (1751-1762), Bobobek* (1752-1753), 
Sulaymon* (1762-1763), Norbo‘tabek (1763-1798), Olimxon* (1798-1810), 
Umarxon (1810-1822), Muhammad Alixon* (1822-1842), Sheralixon* (1842-1845), 
Murod (1845), Xudoyorxon (1845-1858, 1863 may-iyin, 1865-1875), Mallaxon* 
(1858-1862), Shohmurodxon (1862-1863), Sulton Saidxon (1863-1865). (*Saroy 
fitnasi natijasida o‘ldirilgan xonlar). 
Shohruxbiy
davrida poytaxt Tepaqo‘rg’on qal’asi edi. Xonlik tarkibiga dastlab 
Qo‘qon, Namangan. Marg’ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar 
kirgan. Shohruxbiyning o‘g‘li 
Abdurahimbiy
davrida Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari 
qo‘shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo‘shin tortib bordi va uning hokimi bilan 
Qo‘qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin 1732-yilda Samarqandni va 
Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo‘jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo‘lib, 
vafot etadi. Qo‘qon xonligi taxtiga uning inisi 
Abdukarimbiy
o‘tiradi. U o‘z 
poytaxtini Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qon shahriga ko‘chiradi. Shahar atroflni devor bilan 
o‘ratadi. 
Abdulkarimbiy
davrida 1746 yil qalmoqlar
 
Fargona vodiysiga hujum qilib, 
O‘sh, Andijon, Marg’ilon shaharlarini egallab, Qo‘qonni qamal qilgan. Qo‘qonliklar 
yordamga kelgan O‘ratepa hokimi Fozilbiy qo‘shinlari bilan birgalikda ularni 
Farg’ona vodiysidan quvib chiqarishgan. 
Norbo‘tabiy
davrida Chust va Namangan 
beklarining mustaqillik uchun ko‘targan g’alayonlari bostirilgan. Mamlakatda 


110 
sug’orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi 
birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo‘ladi. 
Norbo‘tabiyning o‘g’li 
Olimbek
hukmronligi davrida Qo‘qonning siyosiy mavqei 
yanada kuchaygan, harbiy islohot o‘tkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, 
Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham e’tibor kuchaytirilgan. 1805-
yil davlat rasman Qo‘qon xonligi deb e’lon qilinib, Olimbek «xon» unvonini olgan. 
Olimxonning
markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari 
ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. 
Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810-yil Qo‘qonda «Olimxon 
Toshkentda o‘ldi», degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj 
kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo‘qonga yo‘l oladi, biroq u Oltiqush 
mavzeida otib o‘ldirilgan. 
Umarxon
davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari 
ko‘rilgan. 1815-yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817-yilda esa O‘ratepa 
bosib olingan. Sirdaryo bo‘yida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; 
sug’orish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga 
e’tibor berilgan. Xususan, Qo‘qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, 
Avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga 
solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo‘qon xonligida fan, adabiyot, san’at 
nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini, mashhur o‘zbek shoirasi 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish