O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Yer egaligi. 
Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug‘oriladigan 
(axya) va sug‘orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko‘ra, Xiva 
xonligining yerlari ham uchga bo‘lingan:
 
1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari. 
Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli amaldorlar, ruhoniylar, 
savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. 
Amaldorlarning yerlari 2-3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari 
undan ham katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar davlat 
ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida va xususiy mulk 
yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar. 
Davlat yerini ijaraga oluvchilar 
bevatan,
xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar 
koranda,
vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar esa 
vaqfchi
deb atalgan. 
Xonning qarindoshlari o‘z xususiy yerlaridan davlatga soliq to‘lamas edilar. 
Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, tarxon yer olganlar ham ozod etilgan 
edilar. Biroq soliqni bu yerlarda ishlovchi ijaradorlar, ya’ni mehnatkashlar 
to‘lashgan. 
Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi. Shu bois 
Amudaryodan suv chiqarishga e’tibor berildi. XVIII asrning 70-yillarida Davkor 
ko‘li yonida kanal, XIX asr boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta Xonobod 
kanallari qurildi. Bu tadbirlar yerlarni sug‘orish holatini yaxshilashga ko‘maklashdi. 
Qishloq xo‘jaligi. 
Xonlik aholisi, asosan, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan. 
Dehqonchilik va u bilan bog‘liq bo‘lgan chorvachilik qishloq xo‘jaligining ikki 
asosiy sohasi edi.
 
Dehqonchilikda g‘alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o‘rin 
egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig‘ida g‘alla yetishtirilgan. G‘allachilikda 
kuzgi bug‘doy ekish yetakchi o‘rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo‘l 
hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh. 
Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so‘zlar 
manbalarda saqlanib qolgan: 
“Men Germaniyaning o‘zida dalada ishlovchilarning 
Xivadagidek mirishkorligini ko‘rmaganman“.
Don ekinlari ichida jo‘xori ekish 
bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinda turgan. Sholi esa, asosan, suv ko‘p hududlarda 
yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtirilgan. 


106 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish