O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Me’morchilik. 
XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan 
boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o‘rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari 
tugallandi. 
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 
1765-yilda Sherg‘ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. 
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon 
farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor hamda 1834-yilda Olloqulixon 
madrasasi qurilishi tugallandi. 
XIX asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga 
bo‘lingan. Ularning biri 
Dishan qal’a – 
Tashqi shahar (qal’a) deb, ikkinchisi esa 
Ichan qal’a 
– Ichki shahar (qal’a) deb atalgan. 
Malumki, Sharqda shaharning ichki qismi, ya’ni markazi Shahriston, tashqi qismi 
esa Rabod deb atalgan. 
Ichan qal’a. 
Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik va 
noyob me’moriy yodgorlikdir. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) 
qismidir. 
Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon, 
Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan. 
Xorazm o‘lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari – madrasa, masjid, xon 
saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qal’ada joylashgan. 
Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari 
davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bunyod korlik ishlari amalga oshirildi. 
Muhtasham saroy, madrasa va maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy 
qurilishi tugallandi. 
Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi Ko‘hna ark yoniga Kalta 
Minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi. Ichan qal’ani bunyod etishda 
Xiva me’morlari Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana – 
inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo‘sh“ deb 
ataladi. 
Bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal 
qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, 
toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. 
Noyob me’morchilik obidasi bo‘lgan Ichan qal’a 1961-yilda me’moriy yodgorlik 
sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo‘riqxonaga aylantirilgan. Uning 
maydoni 26 ga.ni tashkil etadi. Unda 54 ta tarixiy-me’moriy obida joylashgan. 1969-


109 
yildan muzey-qo‘riqxona Xiva „Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi“ deb ataladi. 1990-
yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish