Soliq tizimi va majburiyatlar.
Amirlikda asosiy soliq
xiroj
deb atalgan U hosil
ulushidan, asosan, mahsulot bilan to‘lanardi. XIX asrda xirojning bir qismi pul bilan
ham yig‘iladigan bo‘lgan. To‘lanadigan xiroj miqdorini aniqlashda amlokdor o‘z
104
odamlari bilan dehqonchilik dalasiga chiqib, qishloq oqsoqoli ishtirokida hosil
miqdorini ko‘z bilan chamalab aniqlab chiqqan.
Xirojdan tashqari bog‘, poliz, ekilgan yerlardan
tanobona
deb atalgan soliq ham
olingan. Bu soliqning miqdori ekinzoming bozorga uzoq-yaqinligiga qarab
belgilangan.
Keyinchalik polizlarga yangi soliq –
qo‘sh puli
solinadigan bo‘ldi. Uning miqdori
yer haydashga yaroqli har bir juft ho‘kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan.
Soliq tizimi orasida
zakot
deb atalgan soliq ham bo‘lgan. Uning miqdori soliq
solinadigan narsa qiymatining 2,5% ini tashkil etgan.
Zakot solig‘iga, asosan, chorva mollari egalari va savdogarlar tortilgan.
Tanobona, zakot, qo‘sh puli soliqlari esa faqat pul shaklida olingan.
Kanallar, inshoot, qal’a, ko‘priklar, yo‘llar ta’miri hashar yo‘li bilan amalga
oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. XVIII asrdan boshlab
hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo‘lgan.
Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi.
Xonlik mutlaq monarxiya bo‘lib, oliy
hukmdor - xon davlat boshligi edi.
Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga
(Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘shko‘pir, G‘azovat, Qiyot, Shohabbos,
Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Chumanoy va
Qo‘ng‘irot) va 2 ta noiblikka bo‘lingan. Viloyatlar shahar va masjid qavmlarini
(qismlarni) o‘z ichiga olgan. Masjid qavmlari obro‘li oqsoqollar, qozilar va miroblar
tomonidan boshqarilgan.
Davlat boshlig‘i
– xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o‘tgan. Muhammad
Rahimxon I o‘z hukmdorligi davrida davlat boshqaruvi tizimida islohot o‘lkazgan.
Unga ko‘ra xon huzurida yuqori ma’muriy organ – Oliy Kengash ta’sis etilgan. Oliy
Kengash davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini
bajargan. Oliy Kengashga xonning o‘zi rahbarlik qilgan. Oliy Kengash ishida
xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom,
bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Ohy Kengash majlisi haftada bir
marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim
masalalar muhokama etilgan.
Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalarni hal etish uchun Kichik
Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, qo‘shbegi,
devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar.
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan paytlarda
xonlikni idora qilgan. Mehtar va qo‘shbegi mamlakat miqyosida soliqlar yig‘ilishiga
javobgar bo‘lganlar.
Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-
siyosiy va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning faoliyatiga
105
devonbegi rahbarlik qilgan. Xonlikning qo‘shiniga yasovulboshi qo‘mondonlik
qilgan.
Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa
ularning vakili tomonidan boshqarilgan. Ularning lavozimlari nasldan naslga meros
bo‘lib o‘tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |