Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Ushlab oluvchi refleks.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni kaftiga qo‘l yoki biror 
narsa tekizilsa va biroz bosilsa, chaqaloq mahkam ushlab oladi, uni qo‘yib 
yubormaydi, xatto uni shu holda yuqoriga ko‘tarsa ham bo‘ladi. (Robinzon 
refleksi). Bu refleks 3-4 oygacha saqlanadi, agar u keyin ham saqlanib qolsa, nerv 
tizimining zararlanganligidan darak beradi.
Galant refleksi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni umurtqa pog‘onasi atrofidagi 
terisi uzunasiga ta’sirlansa yoki qitiqlansa u holda chaqaloq ta’sirot tomonga yoy 
shaklida bukiladi. Bu refleks 5-6 kunlik chaqaloqlarda aniq ko‘rinadi va 3-4 
oygacha saqlanadi. Agar bu refleks (1-2) yoshgacha chaqirilsa, nerv tizimi 
zararlanganidan dalolat beradi. 
Perez refleksi.
Chaqaloqni umurtqa pog‘onasi qirrali o‘simtasi 
dumg‘azasidan to bo‘ynigacha bir oz bosilsa, u holda chaqaloq qichqiradi, boshini 
ko‘taradi, tanasini yozadi, oyoq-qo‘lini bukadi. Refleks salbiy emotsional ta’sir 
ko‘rsatadi va 3-4 oygacha saqlanadi. Agar chaqirilmasa yoki 4 oydan keyin 
saqlanib qolsa nerv tizimi zararlanganligidan dalolat beradi.
 Moro 
refleksi
turli usullar bilan tekshiriladi: chaqaloq yotgan holda uning 
boshidan 15 sm uzoqlikdagi masofada choyshabiga o‘rab ko‘riladi, yoki yozilgan 
oyoqlari va chanoq sohasini choyshabdan yuqoriga ko‘tariladi yoki to‘satdan 
oyoqlari yoziladi. U holda chaqaloq qo‘llarini o‘zidan uzoqlashtirib mushtini yozib 
yuboradi (I faza). Bir necha sekunddan so‘ng avvalgi holatiga qaytadi (II faza). Bu 
refleks bola tug‘ilishi bilan hosil bo‘ladi. Agar bolada miya jarohatlansa yoki 
akusherlik falaji bo‘lsa, u holda refleks chaqirilmaydi. Sog‘lom bolada mazkur 
refleks 4-5 oygacha bo‘lib, keyin so‘na boshlaydi. 
Segment usti pozotonik avtomotizmi. 
Yangi tug‘ilgan chpqploqning 
o‘sishi jarayonida harakat doirasining muhim davrlari–boshini ko‘tarish, o‘tirish, 


 84
turish, yurish kabilar mushak tonusi regulyatsiyasi takomillashib borishiga va 
tanasining fazoda adekvat holatda tutishiga bog‘liqdir. Mazkur holatni regulyatsiya 
qilishda uzunchoq miya, so‘ng o‘rta miya (mezensefal) markazlari muhim o‘rin 
tutadi.
Mieloensefal pozotonik avtomatizm reflekslarining markazi uzunchoq 
miyada joylashgan. Ularga bo‘yinning assimetrik, va simmetrik tonik refleksi, 
tonik labirint reflekslari kiradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish