Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Bosh miyaning diffuz aksonal jarohatlanishi



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Bosh miyaning diffuz aksonal jarohatlanishi
 
qo‘pol miya so‘g‘oni 
simptomatikasi bilan kechuvchi davomli komatoz holat, hayotiy funksiyalarning 
buzilishi bilan xarakterlanadi. Koma tana yoki oyoq-qo‘llarning patologik holatini 
shakllanishi bilan kechuvchi simmetrik va assimetrik detserebratsiya yoki 
dekortikatsiya bilan kechadi. Klinik kechishini xarakterli xususiyati bo‘lib, 
davomli komadan tranzitor yoki turg‘un vegetativ holatga o‘tish bilan 
xarakterlanadi. Bu ko‘zlarni har xil ta’sirlovchilarga nisbatan o‘z o‘zidan 
ochishidan dalolat beradi. Vegetativ holat bir necha kundan bir necha oygacha 
davom etib, bosh miya katta yarimsharlarini miya so‘g‘onidan ajralishi bilan 
xarakterlanadi. Dekortikatsiyada po‘stloq osti, miya so‘g‘oni va spinal 
mexanizmlari qo‘zg‘aladi. Vegetativ holatdan chiqayotganda ajralish simptomlari, 
tushib qolish simptomiga almashinadi. Ularni ichida ekstrapiramida tizimini 
(parkinsonizm, giperkinezlar) zararlanish sindromlari va dementsiya ustunlik 
qiladi.
KTda miya hajmi kattalashishi (shishishi va bo‘kish), qorinchalarning (yon 
va uchinchi), subaraxnoidal bo‘shliq va miya asosi sisternalarining torayishi yoki 
butunlay ezilishi, bu fonda mayda o‘choqli qon quyilishlar paydo bo‘lishi 
kuzatiladi.
Bosh miyaning ezilishi
Bosh miyaning ezilishi 5% jabrlanuvchilarda kuzatilib, kalla ichi 
gematomasi, kalla gumbazi suyaklarining ezilib sinishi, majaqlanish o‘choqlari, 
subdural gidromalar, pnevmotsefaliyalar sabab bo‘lishi mumkin. Kalla ichi 
travmatik gematomalari joylashishiga qarab: subdural, epidural va miya ichida 
mumkin.
Epidural gematoma – miya qattiq pardasi arteriyalarining zararlanishi, miya 
qattiq pardasi hamda kalla suyaklarining ichki plastinkasi orasida qonning 
to‘planishi oqibatida kelib chiqadi, o‘rta meningeal arteriyaning zararlanishi tufayli 
epidural gematoma ko‘proq chakka sohasida joylashadi. Nevrologik belgilari 
kuchayib boruvchi bosh og‘rig‘i, xushning buzilishi, harakat buzilishlari, qorachiq 
nuqsonlari bilan xarakterlanadi va bir necha soat mobaynida rivojlanishi mumkin. 
Yorug‘liq oralig‘i – bu travmadan keyin nevrologik buzilishlarning bo‘lmasligi 
yoki xushning vaqtinchalik qaytishi va keyinchalik yomonlashishi, bu 
gematomaning klassik belgisi bo‘lib hisoblanadi. KT da miya yuzasiga tegib 
turuvchi va chegaralangan yuqori zichlashgan o‘choq aniqlanadi. Epidural 
gematomaning diagnostikasi katta ahamiyatga ega, chunki u bosh miyaning siljishi 


 352
va ezilishini keltirib chiqaradi va tezda o‘limga yoki qaytmas o‘zgarishlarga olib 
kelishi mumkin.
Subdural gematoma – venalarning yorilishi natijasida kelib chiqishi 
mumkin, bunda qon miyaning qattiq va yumshoq pardalari orasida to‘planadi. 
Ko‘pincha simptomatika asta-sekin oshib boradi, lekin epidural gematomaga ham 
o‘xshab ketishi mumkin. KTda subdural gematoma bosh miya yarim sharlarning 
butun yuzasi bo‘ylab tarqalgan yuqori zichlashgan o‘choq sifatida ko‘rinadi. 10-20 
kundan so‘ng uning zichligi pasayadi.
Miya ichi gematomasi – miya moddasida chegaralangan bo‘shliqlarning 
hosil bo‘lishi bilan kechadigan qonning to‘planishi, bu holat ko‘pincha chakka 
yoki peshona sohalarida paydo bo‘ladi. Orqa kalla chuqurchasida qon quyilishi 
kamdan-kam holda paydo bo‘ladi, lekin u miya so‘g‘oni va 4-qorinchaning tez 
ezilishi bilan xavfli. Miya ichi gematomasi travmadan so‘ng, ko‘pincha 1 sutkadan 
so‘ng rivojlanadi. Bunda qon laxtasini shoshilinch ravishda olib tashlash zarur.
Surunkali subdural gematoma – travmadan so‘ng bir necha hafta yoki oylar 
davomida belgisiz kechishi va ko‘pincha 60 yoshdan katta odamlarda paydo 
bo‘lishi mumkin. O‘tkazgan jarohat yengil kechgani uchun bemorlar bunga e’tibor 
bermasligi mumkin. Odatda kuchayib boruvchi doimiy bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, 
xushning o‘zgarib turishi, xushning xiralashishi va o‘choqli simptomatika paydo 
bo‘ladi. KT yoki MRT katta diagnostik ahamiyatga ega. Travmatik epilepsiya bosh 
miya jarohatlanishidan bir necha yildan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin.
Gidroma – bu miya qattiq pardasi ostida likvorning chegaralangan (lokal) 
to‘planishi.
Pnevmotsefaliya – bu kalla ichida havoning aloxidalangan to‘planishi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish