348
1. Nafas yo‘lining o‘tkazuvchanligini, yurak-qon tomirlarining holatini
baholash, shuningdek gemo, pnevmotoraksni, abdominal
qon ketishini inkor etish
uchun bemorni tezda umumiy ko‘rikdan o‘tkazish.
2. Bemor hushining sifati va miqdorini Glazgo shkalasi bo‘yicha aniqlash,
nevrologik statusini (ko‘z qorachiqlari holati, ko‘z olmalari va qo‘l-oyoqlarning
spontan va reflektor harakatiga, mushak tonusining va pay reflekslari
assimetrikligiga e’tibor berish) baholash. Meningeal simptomlar subaraxnoidal qon
ketishidan dalolat berishi mumkin. Birinchi kuni qat’iy ko‘rsatma bo‘lmasa
sedativ
preparatlar tavsiya etilmaydi. Chunki ular hushning dinamik holatini baholashga
to‘sqinlik qiladi. Bemor xushiga kelganda uning orientatsiyasi va diqqati tekshirib
ko‘riladi (20 gacha sanab ko‘rish, kun sanasi, oy, yil, qo‘llarini musht qilish
so‘raladi).
3. Bemor yoki uni keltirgan shaxslardan yaxshilab anamnez yig‘ish, jarohat
holati, xushdan ketish davomiyligi va travmadan keyingi anamnezini aniqlash.
4. Jarohatning tashqi belgilarini aniqlash (bosh
sohasidagi jarohatlar, lat
yeyishlar, qon quyilishlar). Peshona sohasi jarohatlanganda giperekstenziya va
umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismining jarohatlari bo‘lishi mumkinligini hisobga
olish kerak.
5. Kalla asosi sinishidan darak beruvchi belgilar:
- burun va quloqdan orqa miya suyuqligining oqishi.
- “ko‘z oynak” belgisi
- ko‘z kosasiga qon kirganidan darak beruvchi skleraning orqa qirrasigacha
tarqalgan kon’yuktivaga qon quyilishi.
- 24-48 soatdan keyin quloq orqasida qon quyilish.
- bosh miya nervlarining zararlanishi.
6. Kalla asosi va gumbazining sinishini bilish uchun boshni 2 ta
proyektsiyada rentgen qilish.
7. ExoEG kalla ichiga qon quyilganda miyaning o‘rta strukturalarining
siljiganini aniqlashga yordam beradi.
8. BMJ ning o‘tkir davrida lyumbal punktsiya o‘tkazilmaydi.
9. Laborator tekshirishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
qonning klinik tahlili
- elektrolitlar, glyukoza, alkogol miqdori
- buyraklar va jigarning funksiyalarini tekshirish, koagulogramma.
10. Bemor ahvolining og‘irlashishiga quyidagilar sabab bo‘lishi
mumkinligiga ahamiyat berish:
- kalla ichiga qon quyilishi
- miya so‘g‘onining
jarohatlanishi, nafas yo‘llarining bekilib qolishi, miya
yoki o‘pka shishi natijasida gipoksiya yoki giperkapniya.
- qon ketishi va yurak yetishmovchiligi tufayli miyaning gipoperfuziyasi.
- miyadan venoz qon ketishining qiyinlashishi (boshni keskin bukkanda, tor
yoqada va boshqalar).
- elektrolit buzilishlar (giponatriemiya)
- erta epileptik hurujlar
349
- sedativ preparatlarning ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: