Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Bosh miya jarohatining og‘irlik mezonlari



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Bosh miya jarohatining og‘irlik mezonlari
Belgilari
Yengil BMJ 
O‘rta og‘ir BMJ 
Og‘ir BMJ 
Hushni yo‘qotish 
davomiyligi
0-10 min 
1 soatgacha
1 soatdan ko‘p
Birlamchi 
ko‘rikda hushning 
holati
Hushni saqlanishi, 
hiralashuvi yoki 
karaxtlik
Karaxtlik, sopor
Koma
Glazgo shkalasi 
bo‘yicha baholash 
(ball.) 
13-15 9-12 3-8 
Amneziyaning 
davomiyligi
1 soatgacha
24 soatgacha
1 sutkadan oshiq
Boshqa belgilar
Kalla 
gumbazining 
chiziqli sinishi 
bo‘lishi mumkin 
Kalla gumbazi va 
asosining sinishi, 
subaraxnoidal qon 
quyilishi holatlari
Miya so‘g‘oni 
belgilari va 
epileptik xurujlar 
bo‘lishi mumkin.
Bosh miya jarohatlarining klinik-patogenetik turlari
Diffuz 
jarohatlanish
Bosh miya 
chayqalishi
Diffuz aksonal jarohatlanish
O‘choqli 
shikastlanish
Bosh miyani engil 
darajadagi lat 
yeyishi
Bosh miyani o‘rta 
og‘ir darajadagi lat 
yeyishi
Bosh miya og‘ir lat 
eyishi, bosh miyani 
ezilishi
Dinamikada BMJ ning o‘tkir, oraliq va kech davrlari farqlanadi. Bu 
davrlarning davomiyligi BMJ ning og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Bosh miya jarohatini olgan bemorni quyidagicha tekshiriladi:


 348
1. Nafas yo‘lining o‘tkazuvchanligini, yurak-qon tomirlarining holatini 
baholash, shuningdek gemo, pnevmotoraksni, abdominal qon ketishini inkor etish 
uchun bemorni tezda umumiy ko‘rikdan o‘tkazish.
2. Bemor hushining sifati va miqdorini Glazgo shkalasi bo‘yicha aniqlash, 
nevrologik statusini (ko‘z qorachiqlari holati, ko‘z olmalari va qo‘l-oyoqlarning 
spontan va reflektor harakatiga, mushak tonusining va pay reflekslari 
assimetrikligiga e’tibor berish) baholash. Meningeal simptomlar subaraxnoidal qon 
ketishidan dalolat berishi mumkin. Birinchi kuni qat’iy ko‘rsatma bo‘lmasa sedativ 
preparatlar tavsiya etilmaydi. Chunki ular hushning dinamik holatini baholashga 
to‘sqinlik qiladi. Bemor xushiga kelganda uning orientatsiyasi va diqqati tekshirib 
ko‘riladi (20 gacha sanab ko‘rish, kun sanasi, oy, yil, qo‘llarini musht qilish 
so‘raladi).
3. Bemor yoki uni keltirgan shaxslardan yaxshilab anamnez yig‘ish, jarohat 
holati, xushdan ketish davomiyligi va travmadan keyingi anamnezini aniqlash.
4. Jarohatning tashqi belgilarini aniqlash (bosh sohasidagi jarohatlar, lat 
yeyishlar, qon quyilishlar). Peshona sohasi jarohatlanganda giperekstenziya va 
umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismining jarohatlari bo‘lishi mumkinligini hisobga 
olish kerak.
5. Kalla asosi sinishidan darak beruvchi belgilar: 
- burun va quloqdan orqa miya suyuqligining oqishi. 
- “ko‘z oynak” belgisi 
- ko‘z kosasiga qon kirganidan darak beruvchi skleraning orqa qirrasigacha 
tarqalgan kon’yuktivaga qon quyilishi. 
- 24-48 soatdan keyin quloq orqasida qon quyilish. 
- bosh miya nervlarining zararlanishi.
6. Kalla asosi va gumbazining sinishini bilish uchun boshni 2 ta 
proyektsiyada rentgen qilish. 
7. ExoEG kalla ichiga qon quyilganda miyaning o‘rta strukturalarining 
siljiganini aniqlashga yordam beradi.
8. BMJ ning o‘tkir davrida lyumbal punktsiya o‘tkazilmaydi. 
9. Laborator tekshirishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qonning klinik tahlili
- elektrolitlar, glyukoza, alkogol miqdori 
- buyraklar va jigarning funksiyalarini tekshirish, koagulogramma. 
10. Bemor ahvolining og‘irlashishiga quyidagilar sabab bo‘lishi 
mumkinligiga ahamiyat berish:
- kalla ichiga qon quyilishi
- miya so‘g‘onining jarohatlanishi, nafas yo‘llarining bekilib qolishi, miya 
yoki o‘pka shishi natijasida gipoksiya yoki giperkapniya. 
- qon ketishi va yurak yetishmovchiligi tufayli miyaning gipoperfuziyasi.
- miyadan venoz qon ketishining qiyinlashishi (boshni keskin bukkanda, tor 
yoqada va boshqalar). 
- elektrolit buzilishlar (giponatriemiya)
- erta epileptik hurujlar


 349
- sedativ preparatlarning ta’siri.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish