Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Bosh miyani lat yeyishi



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 


 350
Bosh miyani lat yeyishi 
Miyani lat yeyishi chayqalishdan miya moddasini makroskopik zararlanishi 
mavjudligi bilan farqlanadi.
Yengil darajasidagi miyani lat yeyishi umum miya va o‘choqli belgilar bilan 
xarakterlanadi: travmadan keyin bir necha minutga xushdan ketish, qo‘pol 
bo‘lmagan va bir hafta davomida yo‘qolmaydigan o‘choqli nevrologik 
simptomatika va subaraxnoidal qon quyilish va kalla suyagini zararlanishi bo‘lishi 
mumkin, vital funksiyalarning buzilmasligi bilan kechuvchi yengil darajali lat 
yeyishda KTda miya moddasini yuqori zichlashgan sohasi aniqlanadi. Miya 
shishishi nafaqat lokal, balki yarim sharda bo‘lishi mumkin. Bu likvor 
bo‘shliqlarini torayishi bilan namoyon bo‘ladi.
O‘rtacha darajali miyani lat yeyishida xushni 10 minutdan bir soatgacha 
yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Xushni yo‘qolishini davomiyligi bemorning 
yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Erta yoshli bolalarda xushni yo‘qotish kamdan-kam va 
qisqa vaqtli bo‘ladi. Patomorfologiyasida mayda o‘choqli qon quyilishlar, 
gemorragik to‘yingan sohalar, uncha katta bo‘lmagan yumshash o‘choqlari 
aniqlanadi. Yengil darajali lat yeyishdan farqli o‘laroq o‘rta darajali miya lat 
eyishda o‘choqli nevrologik belgilar qo‘polroq, vital funksiyalarning o‘tkinchi 
buzilishi bilan kechadi. KTda jarohatlanish sohasi va unga qarama-qarshi bo‘lgan 
sohada zichligi pasaygan o‘choqlar paydo bo‘ladi. Lat yeyish o‘choqlari 
po‘stloqdan miyaning oq moddasiga tarqaladi, chegaralari notekis. Bundan 
tashqari miya shishishi va qorinchalarning torayishi kuzatiladi.
Og‘ir darajadagi lat yeyish davomli xushdan ketish, xotirani yo‘qotish, 
turg‘un kognitiv buzilishlar va o‘choqli nevrologik belgilar bilan xarakterlanadi. 
Belgilar kontuzion o‘choqlar, diffuz aksonal jarohatlanish, kalla ichi 
gipertenziyasi, miya so‘g‘onining birlamchi yoki ikkilamchi jarohatlanishi bilan 
belgilanadi. Gematoma va ko‘p sonli kontuzion o‘choqlarning bo‘lmasligi (KT 
bo‘yicha) bilan uzoq vaqt davom etuvchi komaning rivojlanishi – diffuz aksonal 
jaroxatlanishdan dalolat beradi.
Qo‘pol o‘choqli nevrologik simptomatika yarim sharlar, po‘stloq osti 
tuzilmalar va miya so‘g‘onining zararlanganidan darak beradi, bunda hayotiy 
funksiyalarning og‘ir buzilishlari kuzatiladi. Harakat va psixomotor 
qo‘zg‘aluvchanlik xos. O‘choqli nevrologik belgilar jarohatdan so‘ng 3-kuni avjiga 
chiqadi. Ko‘pchilik bemorlarda 2-3 hafta o‘tgandan so‘ng xushning yaxshi 
tomonga o‘zgarishi kuzatiladi. Og‘ir bosh miya jarohatlanishida miya ichi 
gematomasining rivojlanish xavfi yuqori. Ahvolning og‘irlashishi miya shishishi, 
miya arteriyalarining trombozlari va emboliyalari hamda venoz sinuslarining 
trombozlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yog‘ emboliyasi ko‘pincha uzun 
naysimon suyaklari singan bemorlarda singan bo‘laklar siljiganda va ularni 
repozitsiya qilish paytida bir necha kundan keyin paydo bo‘lishi mumkin. 
Travmadan keyingi meningit ochiq bosh miya jarohati mavjud bemorlarda, 
ayniqsa, kalla asosi singanda bir necha kundan keyin, subaraxnoidal bo‘shliq va 
burun yondosh bo‘shliqlari yoki o‘rta quloq o‘rtasida bog‘liqlik shakllanganligi 
sababli rivojlanadi. Bu holat kamdan-kam uchraydi, chunki likvoreyada nuqson 


 351
o‘zidan-o‘zi berkiladi. Gipofiz oyoqchalarining jarohatlanishi oqibatida qandsiz 
diabet belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Miya so‘g‘onining birlamchi jarohatlanish 
belgilari (koma, nafas ritmini buzilishi, qorachiqlarni yorug‘likka reaksiyasi 
yo‘qolishi, diffuz mushak gipotoniyasi) og‘ir BMJ dan dalolat beradi va yomon 
oqibatga olib keladi. Ko‘pincha nevrologik simptomatika o‘pka shishishi, 
gipoksiya va gemodinamikaning noturg‘unligi bilan asoratlanadi.
Og‘ir BMJ mavjud bo‘lgan bemorlarning deyarli yarmi vafot etadilar, 
bemorlarning 20%ida esa og‘ir nevrologik nuqson va surunkali vegetativ holat 
rivojlanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish