Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Davolash. 
BMJ olgan barcha bemorlarni gospitalizatsiya qilish zarur. Yotoq 
rejimi quyidagicha tayinlanadi: engil BMJ 7-10 kun, o‘rtacha og‘ir BMJ 2-3 hafta, 
og‘ir BMJ da 3-6 hafta. Bemor boshiga muz qo‘yiladi hamda quyidagi amallar 
bajarilishi lozim:
1. Umurtqalar yoki boshqa suyaklar bo‘laklarini siljib, qon tomirlar, bosh va 
orqa miyani jarohatiga olib kelmaslik uchun travma olgan bemorlarni bir xarakat 
bilan olib o‘tish zarur. Tez yordamning boshlang‘ich etaplarida MNTni 
so‘ndiruvchi morfin va boshqa vositalarni qo‘llash qat’iyan man etiladi.
2. Gipoksiyaning oldini olish. Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini va 
etarlicha oksigenatsiyani ta’minlash zarur. Yengil xushsizlikda nafas buzilishlari 
bo‘lmaganda nazal kateter orqali kislorod tavsiya etiladi. Xushning og‘ir 
buzilishlarida va o‘pkalar jarohatlanganda, nafas markazi zararlanganda 
intubatsiya va IVL qilish zarur.
3. Qon aylanishini turg‘unlashtirish. Gipergidratatsiya va miya shishishiga 
yo‘l qo‘ymasdan turib, qon ketish yoki qusish bilan bog‘liq gipovolemiyani 
korrektsiya qilish zarur. Bunda 1,5-2 litr NaCL izotonik eritmasi (Ringer eritmasi) 
yoki kolloid eritmalar yuboriladi. Glyukozani yuborish mumkin emas. AB 
oshganda gipotenziv vositalar (
β
-blokatorlar, diuretiklar va boshqalar) qo‘llaniladi. 
Kalla ichi bosimini oshishiga olib keluvchi tomirlarni kengaytiruvchi vositalar iloji 


 353
boricha kamroq qo‘llash kerak. AB pasaygan bo‘lsa, vazopressor va 
kortikosteroidlar beriladi.
4. Kalla ichi gipertenziyasining oldini olish nafas yetishmovchiligi, arterial 
gipertenziya, gipertermiyani o‘z vaqtida korrektsiya qilish bilan bog‘liq. 
Gematoma inkor etilmaguncha mannitol va boshqa osmotik diuretiklarni qo‘llash 
xavfli, chunki katta ensa teshigiga miya so‘g‘oni tiqilib qolishi mumkin.
5. O‘ta qo‘zg‘aluvchanlikda relanium (10 mg v/i yoki m/o), natriy 
oksibutirat (2 g v/i), galoperidol (5 mg) qilinadi. Shuni yodda tutish kerakki, 
qo‘zg‘aluvchanlik gematoma oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchun dorilarni yuborishdan oldin qon quyilishini inkor etish kerak.
6. Epileptik tutqanoqlarda relanium (10 mg v/i) keyinchalik esa 1-2 hafta 
mobaynida epilepsiyaga qarshi vositalar (finlepsin) tayinlanadi.
7. Og‘ir BMJ da neyroprotektor ta’sirga ega bo‘lgan (Sa kanallarining 
blokatorlari – nimodipin 120 mg/sut), erkin – radikal oksidlanish jarayonlarini 
tormozlovchi preparatlar (antioksidantlar), qo‘zg‘atuvchi aminokislotalarning 
antogonistlari, nootrop vositalar (piratsetam – 4-12 g/sut v/i, serebrolizin 10-20 mg 
v/i, sitikolin 0,5-1,0 g/sut) qo‘llaniladi. Og‘ir BMJ da 1-2 ampula instenon fiz. 
eritmada yoki 5% glyukozada eritib vena ichiga tomchilab 1 kunda 2-3 mahal 5-7 
kun davomida bemor ahvolining klinik yaxshilanishigacha yoki aktovegin 2000 
mg dan 1 kun 2 marta 3-5 kun mobaynida qilinadi. Reabilitatsiya davrida 400-800 
mg aktovegin v/i yoki m/o 10-14 kun, keyin 1 darajadan 3 mahal 1 oy davomida 
ichish tavsiya etiladi.
8. Gematoma, subdural gidroma bilan bosh miyaning ezilishi, kalla gumbazi 
suyaklarining bosilishi jarrohlik aralashuviga ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish