Davolash.
Ko‘pincha epileptik bemorlar, nevrologik kasallar hisoblanadi,
nevropatologda davolanishi kerak. Psixik nuqson ayrim bemorlarda (25-30%
hollarda) turli darajada yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
Davolashni boshlanishida, shifokor serebral jarayonlar (o‘sma, ensefalit va
boshqa) yoki ekstratserebral kasalliklar (insuloma, gipoparatireoz) yo‘qligiga
ishonch hosil qilishi kerak.
Epilepsiyani davolash kompleks, individual, uzluksiz va uzoq davom etishi
kerak. Davolashni uzluksizligini ta’minlash va ko‘rsatmalarga ko‘ra xirurgik
aralashuvlarni belgilash.
Davolash epileptik tutqanoq turini hisobga olgan holda preparatdan
(monoterapiyadan) boshlanadi.
Toniko-klonik, tonik, klonik, mioklonik, generallashgan tutqanoqlarda
quyidagi preparatlar: fenobarbital, benzonal, glyuferal, difenin (fenitoin),
karbomazepin (finlepsin, tegretol, stazepin), geksomidin (primidon), volproat
natriy (depakin, konvuleks, atsediprol) qo‘llaniladi.
Absanslarda suksilep (etosuksemid) volproat natriy, klonazepam (antelepsin)
qo‘llaniladi.
Mioklonik, akinetik absanslarda klonazepam, volproat natriy, etosuksemid,
nitrazepam (radedorm), diazepam (sibazon), fenobarbital qo‘llaniladi.
Og‘ir giperkinetik absanslarda klonazepam, volproat natriy, etosuksemid,
nitrazepam, diazepam, fenobarbital qo‘llaniladi.
Oddiy portsial tutqanoqlar va murakkab tutqanoqlarda engil xushning
xiralashishi «ko‘rib bo‘lgan» yoki «umuman ko‘rib bo‘lmagan» hissiyot epileptik
dorilarga rezistent hisoblanadi. Bunda korbamazepin, difenin, fenobarbital,
benzonal, volproat natriy preparatlari qo‘llaniladi.
Preparatning dozasi tutqanoqlarni so‘ndirishi va nojo‘ya ko‘rinishlar
chaqirmasligi kerak. Preparat dozasi empirik tanlaniladi, uning qondagi
kontsentratsiyasi 2-3 soatdan keyin cho‘qqiga etadi.
Bolalarda sutkalik doza tana massasiga kattalarga qaraganda nisbatan yuqori
bo‘ladi, bu metabolizmni intensiv kechishi bilan bog‘liq ayniqsa 6 oydan 3
yoshgacha bo‘lgan bolalarda. Yosh o‘tgan sari metobolizm sekinlashadi va katta
yoshli odamlar uchun preparat dozasi kamaytiriladi: 60 yoshdan keyin – 20-25%
ga, 70 yoshdan keyin – 30-50% ga. Homiladorlik paytining ikkinchi yarmida dori
dozasi oshiriladi. Davo effektiv bo‘lmaganda preparat boshqa preparatga
almashtiriladi yoki bir nechta preparatlar kombinatsiyasi qo‘llaniladi.
Generallashgan talvasa xurujlari eng birinchi qo‘llaniladigan preparat
fenabarbital yoki boshqa barbiturat kislota unumlari: geksamidin, benzonal
hisoblanadi. Fenobarbital porsial tutqanoqlarda ham qo‘llaniladi (kattalarda 2-4
mg/kg/sut, bolalarda- 3-8 mg/kg/sut ).
Fenobarbital effektivligi yetishmovchiligida karbomazepin (finlepsin,
tegretol) unumlari qo‘llaniladi. Quyidagi preparatlar portsial va ikkilamchi
generallashgan talvasa tutqanoqlarda qo‘llaniladi. Absans mavjud bo‘lgan
bemorlarda karbomazepin effekti taxminan 2/3 hollarda kuzatiladi. Monoterapiya
342
o‘tkazilganda preparatni va dori vositasini 2 marotaba qo‘llash mumkin (ertalab va
kechqurun) va effekt bo‘lmaganda 3 va hatto 4-marobata tavsiya etish mumkin.
Karbomazepin 15-20 mg/kg/sutkasiga qo‘llaniladi. Agar effekt yetarli bo‘lmasa,
bir vaqtda geksomidin yoki fenobarbital qo‘llaniladi.
Gidantolen unumlari: difenin, metoin, deltoin, etotoin, albutoin
generallashgan tutqanoqlarda qo‘llaniladi. Ular sedativ va uyquchanlik ta’sirga ega
emas, kam hollarda miokloniya va absanslarda yordam beradi.
Difenin 5-10 mg/kg/sutkasiga beriladi, gipertrixoz, yuz qirralarining
dag‘allashishi, milklarning giperplaziyasi uzoq qabul qilganda kuzatiladi.
Generallashgan (kloniko-tonik va absanslarda) tutqanoqlarda, tepa
absanslarda, absansli miokloniyalarda, mioklonusli-epilepsiyalarda volproat
kislotaning unumlari (depakin, konvuleks) qo‘llaniladi. Ular bosh miyada GAMK
miqdorini oshiradi.
Absanslarni davolashda birinchi navbatda etosuksemid, dozasi 15-25
mg/kg/sutkasiga qo‘llaniladi. Lekin yuqorida berilgan preparat katta talvasali
tutqanoqni keltirib chiqaradi, unda fenobarbital qo‘llaniladi. Uni effekti
bo‘lmaganda, volproat natriy, diakarb tavsiya etiladi. Volproat kislota atipik
absanslarda yaxshi yordam beradi, ba’zida etosuksemid yoki lamiktal qo‘shimcha
berish mumkin.
Mioklonik tutqanoqlarni davolashda volproat natriy (10-50 mg/kg/sut)
qo‘llaniladi. Uni effektivligi bo‘lmaganda klonazepam (0,05-01 mg/kg/sut) va
sibazon (2-4 mg/sut bolalarga va kattalarga 5-10 mg/sut) qo‘shiladi. Agar
davolashda ijobiy effekt bo‘lmasa difenin va fenobarbital qo‘llash mumkin.
Chaqaloqlardagi spazmni davolashda birinchi navbatda volproat kislota,
lamiktal, kortikosteroidlar, nitrozepam, diakarb, AKTG preparatlari (sinokten-1mg
yoshga m/ichiga
№
10-15) qo‘llaniladi.
Klonozepam uzoq qo‘llanganda preparatga tolerantlik rivojlanadi, bu esa
preparatni tanaffus bilan qabul qilishni talab qiladi.
Diakarb – epileptik tutqanoqlar, gidrotsefaliyada, menstrual epilepsiyada,
giperventilyatsiya tavsiya etiladi. Diakarb organizmdan kaliyni chiqarishini
nazarda tutib, albatta kaliy tutuvchi preparat bilan birga tavsiya etiladi.
Preparatning dozasi–0,25×1 dan 0,3×2 marta va unga tolerantlik tezda
rivojlanmasligi uchun kurslar orasida tanaffuslar buyuriladi.
Oxirgi yillarda epilepsiyaga qarshi yangi preparat qatoridan – lamiktal
(lamo-tridjin) keng qo‘llanilayapti. Oddiy va murakkab portsial tutqanoqlarda,
absanslarda, ikkilamchi – generallashgan, toniko-klonik tutqanoqlarni to‘xtatadi.
Lamiktal 50 mg kuniga (2 haftaga) keyin dozani asta-sekin 200 mg gacha
sutkasiga oshirish mumkin.
Qo‘shimcha terapiya sifatida kattalarda turli xil tutqanoqlarda neyrotin
(gabapentin) 100 mg dan 1000 mggacha kuniga, GAMK (pantogam, natriy
oksibutirat, progagib, vigabatrin) preparatlari qo‘llaniladi. Ayrim hollarda kalsiy
kanallarini blokatorlari (nimodipin, nifedipin, flukarizon) qo‘llaniladi. Davolashni
har doim bitta preparatdan boshlab, dozani asta-sekinlik bilan oshirish kerak. Agar
tutqanoqlar tezligi o‘zgarmasa, preparat o‘zgartiriladi va boshqa preparatlar tavsiya
343
etiladi. Preparatlarni almashtirganda vitaminoterapiya kursi tavsiya etiladi
(polivitaminlar).
Agar qisman terapevtik effektga ega bo‘lganda, unda birinchi preparatga 2-
chisi qo‘shiladi.
Nojuya effektlari epilepsiya qarshi preparatlarni uzoq qabul qilganda – katta
bo‘lmagan nistagmdan to yaqqol ensefalopatiya bo‘lishi mumkin, bu esa har doim
vrach nazorati ostida bo‘lishni talab qiladi. Bundan tashqari, anemiya va buyrak
jarohatlanishi rivojlanmasligi uchun bemorni siydigi va qoni doimo (1 oyda 1
marta) tekshiriladi.
Davolashni kompensatsiya vaqtida uzilishi va tartibni buzilishi (davolash
to‘xtatilganda, alkogol qabul qilganda, ko‘p charchaganda, giperinsolyatsiya, uyqu
etishmovchiligi), preparatni dozasi kamaytirilishi, qayta travmalarda, infeksiya,
somatik kasalliklarda, endokrin o‘zgarishlarda (homiladorlik vaqtida yoki pubertat
davrda) psixik travmalar kasallikning qaytalanishiga olib keladi. Homiladorlikning
2-yarmida preparatning dozasi oshiriladi (difenin, volproat kislota, geksomidindan
tashqari). Rezidual epileptogen jarohatlanishning dekompensatsiya belgilarida
kursdan tashqari degidratatsion, so‘rdiruvchi, qon tomir davosi olib boriladi.
EEG natijasi va terapevtik remissiya klinikasining ko‘zda tutib epilepsiyaga
qarshi davoni 3 yildan kam bo‘lmagan holda to‘xtatish mumkin. Preparatni
to‘xtatilishi 1-2 yil ichida asta-sekinlik bilan olib boriladi. Agar tutqanoq
davolanmasa va tez-tez qaytarilsa, unda bemor neyroxirurgik tekshirish va
davolashga yotqiziladi. Xirurgik davoni metodlari epileptik o‘choqni olib tashlash,
epileptik (razryadli) tarqalgan razryadli yo‘llarni buzish yoki tormozlanishni
aktivlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |