Bosh miyani chayqalishi
BMJ ning eng ko‘p uchraydigan shakli bo‘lib, kattalarda ham, bolalarda ham
uchrab turadi. BMCh bosh miya funksiyalarining ortga qaytar buzilishlarning
ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu zararlanishning asosiy ko‘rinishlari umumiy
miya belgilari va o‘tib ketuvchi tarqoq o‘choqli mikrosimptomatika sifatida
bo‘ladi. Umumiy miya belgilariga bosh og‘rishi, tizimli bo‘lmagan bosh aylanishi,
boshda shovqin bo‘lishi, hamda xushdan ketish, qusish va retrograd amneziya
ko‘rinishida belgilar uchligi kiradi. Bolalarda bu klassik belgilar uchligi kamdan
kam hollarda to‘liq hajmda uchraydi. Boshqa belgilarga nisbatan ko‘ngil aynashi
va qusish ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Xushdan ketish odatda bir necha sekunddan bir necha minutgacha davom
etadi. Xushdan ketishning uzoqroq davom etishi miyaning chayqalishdan ko‘ra
og‘irroq jarohatlanganligidan dalolat beradi. Xushdan ketish alomatlarining
yo‘qolib borishi bilan xotiraning buzilishlari aniqlanadi. BMCh jarohat paytidan
to xushga kelguncha bo‘lgan davrda xotiraning yo‘qolishi (anterograd amneziya)
va kam miqdorda jarohatdan oldin bo‘lgan voqea-hodisalarga nisbatan xotirasining
yo‘qolishi bilan xarakterlanadi (retrograd amneziya) bilan xarakterlanadi.
Ko‘p uchraydigan belgilardan biri bosh og‘rig‘i hisoblanib, u diffuz
xarakterga ega bo‘lib (aniq lokalizatsiyasiyasiz) tana holatini o‘zgartirganda
kuchayadi. Vaqt o‘tgan sari qusishning takrorlanishi og‘ir BMJdan dalolat beradi.
Har doim diffuz xarakterdagi mushak gipotoniyasini aniqlash mumkin. BMCh bor
odamlarda pay reflekslarning bir xil emasligi (oshishi yoki pasayishi) aniqlanadi.
Teri reflekslarining susayishi aniqlanadi. Ba’zan birinchi sutka davomida patologik
reflekslar (Rossolimo, Bexterev), oral avtomatizm reflekslari (xartumcha,
so‘ruvchi, kaft-jag‘ osti), til uchini bir oz og‘ishi, burun-lab burmasini
assimetriyasi aniqlanadi. BMCh ni olgan bemorlarning 94% da noturg‘un va
doimiy bo‘lmagan nistagm aniqlaniladi. Korneal reflekslar odatda pasaygan.
Meningeal simptomlar ham kuzatilishi mumkin, lekin ular noturg‘un va bir necha
kundan keyin yo‘qoladi.
BMCh da vegetativ buzilishlar AB va pulsni noturg‘unligi, teri qoplamlarini
oqarishi yoki giperemiyasi bilan birga kechadi. Birinchi kunlarda tana harorati
subfebril darajagacha ko‘tariladi. Likvor bosim oshishi, hamda pasayishi ham
mumkin.
Exo-ES ko‘rsatkichlari bo‘yicha kalla ichi bosimini oshishi natijasida exo-
komplekslar pulsatsiyaning amplitudasini oshishini, hamda keskin bo‘lmagan 3
qorinchani diltatsiyasini aniqlash mumkin. EEG da asosiy ritmni
desinxronizatsiyasi aniqlanadi.
BMCh bir vaqtda alkogol yoki dorilar bilan zaharlanganda tashhislash qiyin.
Tashhisni alkogolning toksik ta’siri yo‘qolganda nevrologik belgilarni
dinamikasiga va qonda, likvordagi alkogolni miqdoriga qarab asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |