Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Gemorragik insult 
Gemorragik insultlarda quyidagi qon quyilish turlari kuzatiladi:
1.
Parenximatoz 
2.
Pardalar orasidagi bo‘shliqqa: (subaraxnoidal, subdural, epidural). 
3.
Parenximatoz – pardalar oralig‘iga. 
Parenximatoz qon quyilishlar ko‘proq gipertoniya kasalligida va buyrak va 
ichki sekretsiya bezlari kasalligi natijasida kelib chiquvchi ikkilamchi 
gipertenziyada rivojlanadi. Ayrim hollarda parenximatoz qon quyilishlar 
tugunchali periarteriitlarda, biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida (qizil volchanka), 
sepsisda, bosh miya jaroxatidan so‘ng, gemorragik diatezda, Verlgof kasalligida, 
leykozda, uremiyada rivojlanadi. Miyaga qon quyilishi ko‘proq qon tomir yorilishi 
natijasida va ba’zida qon tomir devorining o‘tkazuvchanligi oshib ketishi natijasida 
kuzatiladi. Qon quyilishlarning gematoma va gemorragik singish turlari farqlanadi. 
Gematomalar bu–suyuq qon va uning laxtalar bilan to‘lgan bo‘shliqlar bo‘lib, ular 
atrof to‘qimadan aniq ajralib turadi. Gemorragik singish esa notekis konturli 
gemorragiya.
Bosh miyaga qon quyilishi, odatda, o‘tkir rivojlanib, kunduzi, bemorning 
aktiv faoliyati davrida birdaniga boshlanadi. Gemorragiyalar uchun umumiy miya 
va o‘choq belgilari birga kelishi xos. Birdaniga bosh og‘rig‘i, qusish, es-xushning 
buzilishi, tezlashgan baland nafas, taxikardiya, gemiparez yoki gemiplegiya paydo 
bo‘ladi. Arterial bosim oshgan, puls taranglashgan. Bosh miya katta yarim 
sharlariga qon quyilgan bemorning tashqi ko‘rinishi: ko‘zlari yumuq, teri 
qoplamlari giperemiyalangan, ko‘p terlaydi, anizokoriya kuzatiladi, bunda o‘choq 
tomonda ko‘z qorachig‘i kengaygan. Parenximatoz qon quyilishlarida birinchi 
sutkaning oxiriga borib, meningial belgilar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha, 
falajlanmagan tarafda Kernig belgisi kuzatilib, ensa mushaklari rigidligi 
kuzatilmasligi mumkin. Miyasiga qon quyilgan bemorlarda tana xarorati 38-39
0

gacha, ba’zida esa 41
0
C gacha ko‘tarilishi mumkin, leykotsitoz paydo bo‘ladi va 
trombotsitlar agregatsiyasi pasayadi. Miya yarim sharlarining chuqur bo‘limlariga 
katta bo‘lmagan qon quyilishlarning klinikasi ishemik insultlar yoki hatto, bosh 
miyada qon aylanishining o‘tib ketuvchi buzilishlarini eslatadi. Bu holda to‘g‘ri 
tashhisni bosh miyani MRT yoki KT qilish bilangina aniqlash mumkin.
Gemorragik insultdan o‘lim hollari juda yuqori va 75-95% ni tashkil qiladi. 
Ko‘pincha bemorlar 1 sutka davomida yoki 5-8-sutkada xalok bo‘ladilar. O‘lim 
hollarining ko‘p uchraydigan sababi miya bosh miya bo‘kishi natijasida ustunning 
siqilishidir.
Subaraxnoidal qon quyilishning ko‘p uchraydigan sababi kalla ichi 
anevrizmasining, ayrim hollarda – uremiya, gipertoniya yoki arterosklerotik 
o‘zgarishlar sababli tomirlar yorilishidir. Subaraxnoidal qon quyilishi to‘satdan 
jismoniy yoki emotsional zo‘riqishdan keyin rivojlanadi. Subaraxnoidal qon 
quyilishning birinchi belgilari – birdaniga yuzaga keluvchi qattiq bosh og‘rig‘i, 


 313
boshda qaynoq suyuqlik tarqalish xissi bo‘lib, keyinchalik bo‘yin, orqa va ba’zida 
oyoqlarda og‘riq paydo bo‘ladi Bosh og‘rig‘i bilan deyarli bir vaqtda ko‘p marta 
qusish kuzatiladi, keyinchalik bemor xushdan ketadi. Epileptik talvasalar 
kuzatilishi mumkin.
Subaraxnoidal anevrizmaning yorilishi uchun meningial simptomo-
komplekslarni tez rivojlanishi xarakterlidir. Bemorlarni ko‘ruvdan o‘tkazilganda 
ensa mushaklarining rigidligi, Brudzinskiy, Kernig belgilari, yorug‘likdan 
qo‘rqish, umumiy giperesteziya kuzatiladi. Har xil darajada namoyon bo‘luvchi 
psixomotor qo‘zg‘alish eng ko‘p uchraydigan belgilardan hisoblanadi. 
Kasallikning o‘tkir davrlarida haroratni 38-39
0
C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Bir 
qator belgilar kalla ichi bosimini oshishi bilan bog‘liq, bu o‘z navbatida venoz qon 
oqishini qiyinlashtiradi va ko‘z tubida dimlanish belgilarini paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Bundan tashqari subaraxnoidal qon quyilishda, o‘choqli simptomatika 
oyoq-qo‘llar falaji, sezuvchanlik, nutqni buzilishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi 
mumkin bo‘lib, bu anevrizmaning spazmi yoki uni tromb bilan tiqilishi natijasida 
kelib chiquvchi miya ishemiyasi bilan bog‘liq. Retsidivlarning asosiy qismi 2-4-
haftaga to‘g‘ri keladi.
Subaraxnoidal qon quyilishni meningit bilan taqqoslash (orqa miya 
punktsiyasi yordamida) kerak, bunda orqa miya suyuqligida qon aniqlanadi (ko‘p 
miqdorda eritrotsitlar). Likvor rangi unga tushgan qon miqdoriga va qon 
quyilishdan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq. Vaqt o‘tishi bilan likvor ksantoxram 
ko‘rinishiga kiradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish